Mavzu : Marketingning xorijiy tajribalari va undan O‟zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari Malayziya misolida 924-20 guruh talabasi: Xuddiyev e qabul qildi: Muxtorov B


Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati


Download 301.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1402246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI Erkin

 


6. Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati 
 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish 
tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing 
sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan.Uning yuzaga 
kelishiga o‟tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti,ishlab chiqarish 
sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste‟molqilishning 
chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo‟ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa 
marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), 
shuningdek, ko‟pchilikka ma‟lum bo‟lgan Amerika marketing assosiasiyasi 
(American Marketing Association – AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat 
ko‟rsatmoqda. Xalqaro marketing ko‟pincha mamlakatlar chegarasidan 
tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki 
undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya 
tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta‟riflanadi. Xalqaro marketing 
konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo‟nalishlari tovar va xizmatlar 
jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog‟liq bo‟ladi. Bu aloqalarni 
quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:1. Korxona mahsulot eksportchisi ham
importchisi ham bo‟lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday 
shakllarida ishtirok etmaydi. 2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni 
eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi. 3. Korxona 
xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni 
iste‟mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va 
yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi. 
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo‟shma korxona shaklida 
xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi. Xorijiy bozorga 
chiqish yoki chiqmaslik uchun o‟z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim 
ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi 
mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro‟yxatini ishlab chiqish va taqsimlash 
korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan 
maqsadlarini aniqlashga imkon beradi. Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro 
biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi 
uchta asosiy jihatni ajratib ko‟rsatish mumkin: sotuvni kengaytirish; resurslarni 
sotib olish; ta‟minot manbalarini diversifikasiyalash. Xalqaro sotuv milliy 
kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi 
hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy 
sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hatti- harakatlaridan iborat emas. Jahon 
iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida 
marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir. Baynalminallashtirishning 


boshlang‟ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan 
avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik 
kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. O‟sish 
bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo‟lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab 
chiqarish 
korxonalarining 
mavjud 
bo‟lishini 
nazarja 
tutadi. 
Baynalminallashtirishning ko‟p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab 
chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko‟zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy 
korporatsiyalar uchun xosdir). Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‟liq 
tovar va xizmatlarning jahon xarakteri ko‟zga tashlanib turibdi. Biroq axborot 
texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan deyarli 
barcha bozorlar global bozorga aylanmoqda. Mamlakatlar o‟z hududlari bilan 
cheklanib qolmay, birgalikda jahon bozori segmentlarini tashkil etmoqda. Iqtisodiy 
agentlar endi faqat sotuvchi, xaridor yoki savdo vositachisi sifatidagina ishtirok eta 
olmaydilar. O‟zaro aloqalar omili xalqaro marketingning muhim jihatlaridan biriga 
aylanib bormoqda. «Ichki» (mamlakatning ichki bozorida faoliyat ko‟rsatuvchi) va 
xalqaro marketing o‟rtasida katta farq mavjud emas. Ikkala holda ham marketing 
faoliyatining bir xil tamoyillari qo‟llanadi. SHu bilan birga, tashqi bozorlarning 
faoliyat ko‟rsatishi va ularda ishlar sharoitlari yuzaga keltiruvchi o‟ziga xos 
xususiyatlar xalqaro marketingga alohida e‟tiborga olish zarur bo‟lgan jihatlarni 
baxsh 
etadi. 
Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi 
vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul 
qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni 
belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-
xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu 
bozorda iste‟molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi 
yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste‟molchilarni 
qanday toppish va ularga o‟z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga 
importchi yoki 25 eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa 
tajribali hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot etkazish 
kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo‟yilgan 
maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini 
ishlab chiqish zarur? Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval 
korxona o‟zining xalqaro marketing konsepsiyasining hech bo‟lmasa umumiy 
qoidalarini ishlab chiqishi lozim . 



Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling