Mavzu : Marketingning xorijiy tajribalari va undan O‟zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari Malayziya misolida 924-20 guruh talabasi: Xuddiyev e qabul qildi: Muxtorov B


Download 301.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1402246
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI Erkin

5. Axborot to’plash usullari 
Ko‟p hollarda tadqiqotlar tanlab olish yordamida amalga oshiriladi. Tanlab 
olish rejasini tuzish jarayoni uchta vazifani ketma-ketlikda echishdan iborat: 
1. Tadqiqot ob‟yektini aniqlash 
2. Tanlab olish tuzilmasini aniqlash 
3. Tanlab olish hajmini aniqlash. 
Qoidaga ko‟ra, tadqiqot ob‟yekti kuzatuv ob‟yektlari yig‟indisidan iborat bo‟lib, 
bu qatorga iste‟molyailar, kompaniya xodimlari, vositachilar va shu kabilarni 
kiritish mumkin. Sploshnoy tadqiqotlar - tadqiqot va tanlab olish yordamidagi 
tadqiqot turlariga taqsimlanadi. Odatda, yalpi tadqiqotni amalga oshirishning 
imkoni doim ham bo‟lavermaydi. Bunga bir qator sabablarni ko‟rsatish mumkin: 
- ayrim elementlar bilan aloqa o‟rnatish imkoniyatining yo‟qligi; 
- umumiy tadqiqot o‟tkazish uchun sarflanuvchi xarajalarning juda kattaligi va 
o‟zini oqlamasligi; - tadqiqot o‟tkazish uchun ajratilgan muddatning juda qisqaligi. 
Tanlab olish strukutrasiga ikki xil yondashuv - ehtimolli va determinasiyalangan 
yondashuv mavjud. Ehtimolli yondashuvda ob‟yektlar yig‟indisining har bir 
elementi ma‟lum bir ehtimollilik bilan tanlab olinishi mumkinligi nazarda tutiladi. 
Determinasiyalangan yondashuvda esa ob‟yektlar yig‟indisining elementlari yo 
qulaylik nuqtai nazaridan, yo tadqiqotchining qaroriga ko‟ra, yo guruh 
kontingentlariga asoslangan usullar yordamida tanlab olinishi nazarda tutiladi. 
Qulaylik nuqtai nazaridan tanlab olishni shakllantirish usuli ular bilan aloqa 
o‟rnatishning oddiyligidan kelib chiqqan holda istalgan elementlarni tanlab 
olishdan iborat. Tadqiqotchining qaroriga asoslangan usul uning fikriga ko‟ra 
xarakterli bo‟lgan elementlarni tanlab olishdan iborat. Kontingent guruhlariga 
asoslangan usul ilgari olingan tavsifnomalarga mos ravishda xarakterli 
elementlarni tanlab olishdan iborat. Tanlab olish strukturasi tanlab olingandan 
so‟ng tanlab olish hajmi, ya‟ni tanlangan elementlar soni aniqlanadi. Bunda tanlab 
olish hajmi qanchalik katta bo‟lsa, uning aniqligi va uni tadqiq etish uchun 
sarflanuvchi xarajatlar ham shunchalik katta bo‟ladi. Ehtimoliy yondashuvda 
tanlab 
olish 
hajmi 
statistika 
formulalari 
yordamida 
aniqlanadi, 
determinasiyalangan yondashuvda hisob-kitob yo‟li bilan aniqlashning imoni 
bo‟lmaydi va bu holatda tanlab olish hajmi empiric yo‟l bilan aniqlanadi. 
Axborot to‟plashning to‟rt xil asosiy turi mavjud: Kuzatuv; Tajriba; O‟xshatish- 
Imitasiya; So‟rov. Kuzatuv ob‟yekt faoliyatini u bilan muloqotga kirishmasdan 
hamda uning xulq- atvoriga ta‟sir ko‟rsatishi mumkin bo‟lgan omillarni nazorat 
qilmasdan qayd qilib borish vositasida axborot to‟plash usulini ifodalaydi. Kuzatuv 
ochiq va yashirin tarzda olib borilishi mumkin. Bunda tadqiqot quroli sifatida 
yashirin kamera yoki maxsus ko‟zgulardan foydalaniladi. Ushbu usulning 


afzalliklari quyidagilardan iborat: oddiylik, nisbatan arzonlik, noto‟g‟ri 
tasvirlashga yo‟l qo‟ymaslik. Bu usulning asosiy kamchiligi esa u kuzatuv 
ob‟yektlarining ichki xulq-atvor motivlari va ular tomonidan qaror qabul qilish 
jarayonlarini 
uzil-kesil 
belgilashga 
imkon 
bermasligidan 
iborat. 
Tajriba usuli o‟rganiluvchi ob‟yektlar xulq-atvori haqidagi ma‟lumotlarni 
to‟plash usuli bo‟lib, tadqiqotchilarning ushbu fob‟yektlar faoliyatiga ta‟sir 
ko‟rsatishi mumkin bo‟lgan barcha omillar ustidan nazorat o‟rnatishini nazarda 
tutadi. Tajribadan maqsad – marketing omillari va o‟rganiluvchi ob‟yektlar xulq- 
atvori o‟rtasidagi sabab-oqibatli aloqalar o‟rnatishdir. Mazkur usulning afzalliklari 
qatorida quyidagilarni sanab o‟tish mumkin: ob‟yektiv xarakter hamda marketing 
omillari va o‟rganiluvchi ob‟yektlar xulq-atvori o‟rtasidagi sabab-oqibatli aloqalar 
o‟rnatish imkoniyati. Bu usulning kamchiligi esa barcha marketing omillarini 
nazorat 
qilishning 
qiyinligi, 
laboratoriya 
sharoitlarida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ob‟yektning normal xulq-atvorini takror ishlab chiqarishning murakkabligi va 
xarajatlarning kattaligi hisoblanadi. O‟xshatish-Imitasiya usuli EHM yordamida 
oldindan ishlab chiqilgan, tadqiqot olb‟ektining xulq-atvorini to‟g‟ri aks etitruvchi 
matematik model yordamida generasianuvchi ma‟lumotlar to‟plash usulini 
ifodalaydi. Uning afzalligi marketing xatti-harakatlari ko‟plab variantlarini 
operativ tahlil qilish va shu asosda ularning orasidan eng yaxshisini tanlash 
imkoniyatidan iborat. Uning asosiy kamchiligi esa modelning o‟zini tuzishning 
qiyin va ko‟p mehnat talab qilishi hisoblanadi. So‟rov usuli deganda tadqiqot 
ob‟yektalri bilan muloqot o‟rnatish yo‟li bilan ma‟lumotlar to‟plash usuli 
tushuniladi. Tadqiqot quroli sifatida bir qator savollardan tuzilgan so‟rovnoma-
anketadan foydalaniladi. ushbu usulning afzalligi uni qo‟llash msohasining amalda 
deyarli cheklanmaganligi bilan asoslanadi. Asosiy kamchiligi esa ko‟p mehnat 
talab qilishi, so‟rovlarni o‟tkazish uchun sarflanuvchi xarajatlarning kattaligi, 
shuningdek, noto‟g‟ri yoki xolisona bo‟lmagan javoblar tufayli olingan 
axborotlarning aniqlik darajasi pasayish ehtimoli hisoblanadi. So‟rov orqali 
axborot 
to‟plashga 
tayyorgarlik 
ko‟rish 
quyidagi 
vazifalarning 
hal 
qilinishini nazarda tutadi: - muloqot qiluvchilar bilan aloqa qilish usulini tanlash. 
Tadqiqotchining ob‟yekt bilan aloqa qilishi uchun uchta usuldan foydalaniladi: 
telefon orqali, pochta orqali va shaxsan intervyu orqali; - anketa so‟rovnomasini 
tayyorlash. Anketadagi savollar puxta o‟ylab chiqilgan va juda sodda bo‟lishi 
lozim; - test o‟tkazish va anketani qayta ishlash. Marketing tadqiqotlarini 
o‟tkazishning keyingi bosqichi birlamchi axborotlarni tizimlashtirish va va tahlil 
qilish hisoblanadi. U javob variantlarini tasniflash, ularni kodlash va tahlil qilish 
uchun qulay shaklga keltirishdan iborat. Axborotni tahlil qilish tizimlashtirlgan 
axborotlarni statistik usullar yordamida baholashgdag iborat.Tahlilning yakuniy 
natijalari ko‟pincha firmaning kelajakdagi faoliyatiga oid tavsiyalar shaklida 


bo‟ladi. Tadqiqotning yakuniy bosqichida tadqiqot natijalari bo‟yicha hisobot 
taqdim etiladi va u ikki xil variantda – batafsil va qisqartirilgan shaklda beriladi. 
Hozirgi paytda marketing tadqiqotlari mahalliy kompaniyalar tomonidan 
kamdan-kam o‟tkaziladi. Buning sababi birinchidan, respublikadagi iqtisodiy va 
siyosiy vaziyat rivojlanishining barqaror emasligi va oldindan aytib berish 
imkonining yo‟qligi, natijada ko‟plab korxonalarning joriy foydaga asosiy 
e‟tiborni qaratishlarida bo‟lsa, ikkinchi tomondan, bunday tadqiqotlarni 
o‟tkazishga doir ijobiy tajribalarning yo‟qligi va mahalliy korxonalar tomonidan 
ular keltiruvchi foydaning to‟g‟ri baholanmasligi hisoblana 

Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling