Mavzu – Miliy tarbiyaning falsafiy metodik asoslari esse
Download 19.07 Kb.
|
Документ 24 (3)
MAVZU – Miliy tarbiyaning falsafiy metodik asoslari ESSE KIRISH Sizdan boshlanadi asli tafakkur, Munis muallimlar, sizga tashakkur! SHarq, hususan, o’zbeklar milliy tarbiyasining falsafiy, metodologik asoslarini SHarq falsafasi—dunyoni idrok qilishning sharqona «ruhi», uslubini tushunmasdan aniqlab bo’lmaydi. Dunyoni idrok qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha ijtimoiy fanlarda etakchilik qilib kelgan bir yoqlamalik ~ evropotsentrizm oqimiga barham beradi. G’arb kishisining ongidagi personalistik qarash hristianlikning, sharq kishisi ongidagi antipersonalistik qarash esa islomning bevosita ta’sirida yuzaga keldi. Ana shuning uchun ham ovrupolik shahs mohiyatini hristianliksiz («Hristian dini — Ovruponing o’qituvchisidir». N. S. Trubetskoy), sharq kishisining mohiyatini esa islom dinining ahloqiy qarashlarisiz tadqiq qilish yanglish hulosalarga olib keladi. Jumladan, to shu paytgacha SHarq ahloqining qomusi — Qur’oni karim, hadisi shariflar, shariat pedagogik e’tibordan chetda qoldirilib kelinayotgan edi. Biz imkon darajasida ana shu nazariy-pedagogik kamchilikni to’ldirishga harakat qilamiz.Milliy tarbiyaning metodologik asoslarida, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fanining bu yo’nalishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg’otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi — inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo’lgan yangi — omuhta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq — eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar CH. Lamzden va E. Uilson. Eydilonlar—organik mashinalar bo’lib, ulardagi tafakkur va hulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv tahtasiga monand. Ularning tafakkurida irsiy determinatsiyaning izlari ham yo’q, ya’ni ksinedrinlar tafakkuri, hulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo’li madaniyat ta’sirida kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo’lga egadir. Bu yo’lning mohiyati, sotsiobiologlarning fik-richa, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha bo’lib o’tadigan doimiy o’zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi — ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoiy hatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo’lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo’lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo’ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo’qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy qimmatga ega bo’lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», — deb hisoblaydi «inson haqidagi yangi fan» — sotsiobiologiya. Ko’rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o’quvchilarimizda milliy g’oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik talablaridan biri — aniq fanlarda erishilgan yutuqlarni o’rganish, ularning mazkur tadqiqot predmetiga munosabatini umumlashtirishdir. Ana shunday fanlardan biri bo’lmish oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va pedagogika orasida uzviy bog’liqlik mavjud. Zero, «har qanday ta’-lim va tarbiya o’zining fiziologik mehanizmiga ko’ra, shartli reaktsiya (organizmning tashqi ta’siriga javobi), ko’nikma va taassurotlarni hosil qilish jarayonidir».Ma’lumki, birinchi signallar sistemasi inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, insonning ikkinchi signallar sistemasi uchun tabiiy manba bo’lib hizmat qiladi. Ikkinchi signallar sistemasi esa — bu biz eshitayotgan, so’zlayotgan, o’qiyotgan so’zlarimizdir. YA’ni so’z bizga birinchi signallar sistemasining obrazlari, siymolari, hususiyatlari haqida mujassamlashgan habar beradi. Masalan, o’quvchilar sohibqiron Amir Temurning ismi shariflarini eshitganlarida u kishiga hurmat hissini tuyadilar, «Orol» so’zi esa «Orol muammosi»ni eslatib ularda achinish, uni saqlab qolishda ishtirok etish istagini paydo qiladi va h.k. Hullas, o’quvchilar so’z orqali birinchi signallar haqida ma’lumot olgach, ularda hurmat, achinish, rahm-shafqat yoki, aksincha, «hizbut-tahrir», «vahdobiylik», «aqidaparastlik» degan so’zlarni eshitganida ularda nafrat kechinmalari paydo bo’ladi. Demak, birinchi signallar sistemasi orqali hosil qilish mumkin bo’lgan hatti-harakat, his-tuyg’ularni ikkinchi signallar sistemasi — so’zlar orqali ham hosil qilish mumkin.So’z esa milliy hususiyatga ega. Eshitilgan, o’qilgan so’z ma’nosi tinglovchi, o’quvchi tushunadigan tilda bo’lsagina u hatti-harakatga, tuyg’ularga ta’sir qilib, milliy madaniy muhitni tushunishga, unga moslashishga hizmat qiladi. Agar so’z va uning milliy ma’nosi, mohiyati tushunarsiz bo’lsa, u o’quvchiga birinchi signal sifatida ham, ikkinchi signal sifatida ham ta’sir qo’rsata olmaydi. O’quvchi uchun ma’nosiz tovush bo’lib qolaveradi. Demak, ikkinchi signallar sistemasining so’zlar orqali namoyon bo’lishini, inson milliyligining bosh belgisi — til, til esa so’zlardan iboratligini, shuningdek, yuqorida keltirilgan etnopsihologik yutuklarni umumlashtirish nkkinchi signallar sistemasi milliy hususiyatga ega, degan ilmiy hulosani hosil qiladi. Bu esa milliy tarbiyaning aniq fan - oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tayanuvchi nazariy asosini belgilaydi.Halqlar, millatlar o’zlari istiqomat qilayotgan jug’rofiy hudud, tabiat, jonzot va insoniy fazilatlarga hos va mos nomlar berganlar. Ular so’zda ifodalanadi, ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasining milliy, hususiy jihatini belgi-lab kelgan, Ana shuning uchun ham tilda talaffuz qilingan so’z faqatgina shu tilni tushunuvchi kishi uchun ikkinchi signallar sistemasi sifatida ta’sir qiladi. Bola, odam o’zi tushunmaydigan so’zdan ta’sirlanmaydi, harakatga kelmaydi, o’z hatti-harakatini o’zgartirmaydi. Islomova Dildora Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling