Mavzu : Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari
Download 84 Kb.
|
Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning paramet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz parametrlari.
- Dalton qonuni.
M=mmol birligi –Istalgan miqdoridagi moddaning massasi m ni topish uchun uning molekulyar massasi M va undagi modda miqdori (mollar soni) n ni ko`paytirish kerak. Loshmidt soni. 3. Molekulyar fizikada ideallashtirilgan model-ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gazda qu`yidagi shartlar bajarariladi: 1) gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e’tiborga olmaydigan darajada kichik; 2) gaz molekulalari orasida o`zaro ta’sir kuchlari mavjud emas; 3) gaz molekulalarining o`zaro va idish devorlari bilan urilishi absolyut elastik. Shuni ta’kidlash kerakki, real gazlar ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda (kislorod, geliy) va yuqori harorat, past bosimda o`z xossalari bilan ideal gazlarga juda o`xshab ketadi. Bundan tashqari molekulalarning xususiy hajmlari va o`zaro ta’sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin. Gaz parametrlari. Gazning holati bir-biriga bog’liq bo`lgan va holat parametrlari deyiladigan qu`yidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi: bular hajm V, bosim P va harorat T. Betartib harakatda bo`lgan gaz molekulalari idish devorlariga uriladi va juda kichik vaqt davomida devorga ma’lum kuch bilan ta’sir ko`rsatadi. Molekulalarning betartib urilishlari natijasida birlik yuzaga ma’lum bir bosim ko`rsatiladi. Bosimni o`lchaydigan asboblarga manometrlar va barometrlar deyiladi. O`z vazifalariga qarab manometrlar turli-tuman bo`ladi. Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar partsial bosimlarining yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni bu yerda - partsial bosimlar deyilib, agar har bir gazning o`zi aralashma egallagan hajmni egallaganda idish devorlariga ko`rsatishi mumkin bo`lgan bosim bilan aniqlanadi. Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan foydalaniladi. Agar qizitilgan jism qizitilmagan jismga tegizilsa ular orasida issiqlik almashuvi ro`y beradi. Energiya harorati yuqoriroq jismdan harorati pastroq jismga o`tadi. Bu jarayon jismlarning haroratlari tenglashguncha, ya’ni issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Shuning uchun ham haroratga sistemaning issiqlik muvozanatini xarakterlovchi kattalik deyiladi. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling