Mavzu : Molyaviy natijalar hisobi Reja: Moliyaviy natijalar hisobi tushunchasi
Daromadlarni tan olish va baholash
Download 21.58 Kb.
|
Molyaviy natijalar hisobi
Daromadlarni tan olish va baholash.
Daromadni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan bitimlarning nihoyasiga yetishi bosqichlarini belgilash uchun qabul qilingan usullar. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: - olingan royaltilar va sarmoya transferti; - O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; - mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish); - valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari; - sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. Daromadni tan olish ko’rsatiladigan xizmatlarning tavsifiga bog’liq. Agar badallik to’lovlari faqat a’zolikni nazarda tavka a barcha boshqa xizmatlar yoki mahsulotlar uchun alohida to’lansa yoxud alohida yillik obuna bo’lish mavjud bo’lsa, badallar ularni olishda ahamiyatli noaniqliklar bo’lmaganda daromad sifatida tan olinadi. Agar badallar a’zolarga turli xizmatlar ko’rsatilishi yoki a’zolik davri mobaynida nashr qilish huquqini bersa yoxud a’zo bo’lmaganlarga sotilayotgan tovarlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun undiriladigan to’lovlarga nisbatan pastroq narxlarda to’lash huquqini bersa, ular beriladigan chegirmalarning kelib tushish vaqti, mohiyati va qiymatini aks ettirish asosida tan olinadi. Daromadlarning to‘liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda tan olinadi: * korxona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega; * daromadlar summasi aniqlangan bo‘lishi mumkin; * muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko‘- payishiga ishonch bo‘lganida. Korxonaning moliyaviy qo‘yilmalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo‘linadi: * umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar); * maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - korxonaga tegishli va bu qimmatli qog‘ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo‘yicha olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog‘ozlari; O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo‘shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz tavka bo‘yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to‘lash manbalaridan to‘lanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi: – olingan royaltilar va kapital transferti; – O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; – mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish); – valuta schyotlari, shuningdek, chet el valutalaridagi muomalalar bo‘- yicha ijobiy kurs tafovutlari; – sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, korxonalarga va hoka-zolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar; – moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o‘rganib, ularning qonuniyligini va schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlaydi. Daromadlarning operatsiyaning tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan olinishi, ko’pincha, tugallanish darajasi (foizi) usuli deb yuritiladi. Bu usul bo’yicha, daromad xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davrlarida tan olinadi. Daromadning ushbu usul bo’yicha tan olinishi davr davomida ko’rsatilgan xizmatlarning hajmi va faoliyat natijalari to’g’risida foydali ma’lumot beradi. BHXS 11 ham daromadlarning ushbu usul bo’yicha tan olinishini talab etadi. BHXS 11ning talablari odatda xizmatlarni ko’rsatishni qamrab oladigan operatsiya bo’yicha daromadlarni va ular bilan bog’liq xarajatlarni tan olishda qo’llanilishi mumkin. Daromad operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan summaning undirib olinishi to’g’risida shubha (noaniqlik) tug’ilganida, undirib olib bo’lmaydigan yoki qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad summasinining tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. Download 21.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling