Mavzu : Molyaviy natijalar hisobi Reja: Moliyaviy natijalar hisobi tushunchasi


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish


Download 21.58 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1376977
1   2   3   4   5
Bog'liq
Molyaviy natijalar hisobi

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish.

Asosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi — bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan e’tirof etilgan har xil jarimalar va vaqtida to‘lanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi, da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: - undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda; - ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar; - da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; - tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash; - davlat subsidiyalaridan daromadlar; - xolisona moliyaviy yordam; - boshqa muomala daromadlari. Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF=AFF+MD-MX, bunda: UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari; Soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF=UF+FP-FZ, bunda: STF — soliq to‘langungacha olingan foyda; FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: - undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda; - ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; - xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar; - da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; - tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash; - davlat subsidiyalaridan daromadlar; - xolisona moliyaviy yordam; - boshqa muomala daromadlari. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9310-“Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”; 9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”; 9330-“Undirilgan jarima, penya va ustamalar”; 9340-“O‘tgan yillar foydalari”; 9350-“Operativ ijaradan daromadlar”; 9360-“Kreditor va deponentk qarzlarini hisobdan chiqarishdan daromadlar”; 9370-“Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”; 9380-“Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”; 9390-“Boshqa operatsion daromadlar”. Ushbu hisobvaraqlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar» 9340-«O‘tgan yil foydasi» 9350-«Operativ lizingdan olingan daromad» 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar» 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari» 9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».



  1. Download 21.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling