Mavzu : Nitrat kislota va uning xossalari reja: kirish asosiy qism i-bob nitrat kislotaning eng muhim xossalari
Download 77.19 Kb.
|
Mavzu Nitrat kislota va uning xossalari reja kirish asosiy qi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2НNSО 5 QН 2 О (б) =2Н 2 SО 4 QN 2 О 3
НNО3*(Н2О)nQН2SО4=НNО3(б)QН2SО4*(Н2О)n (11)
Nitrat kislotani bunday quyultirish jarayonida, uning bir qismi parchalanib, azot oksidlari hosil qiladi, ular esa sulfat kislota bilan nitrozil sulfat kislotasi NНSО5ni hosil qiladi va uni suv bug‘i bilan parchalab, sulfat kislota va azot oksidlari hosil bo‘ladi: 2НNSО5QН2О(б)=2Н2SО4QN2О3-Q (2.) Sanoatda azot kislotasining kuchsiz eritmasini sulfat kislota bilan quyultirish barbotaj tarelkali ustunsimon minoralarda amalga oshirilida. Bu minoraning yuqorisidan chiqayotgan nitrat kislota bug‘lari suvli sovutgichlarida suyultirilib, 98%li nitrat kislotasi olinadi, 68%gacha suyulib qolgan sulfat kislota eritmasi denitratsiya jarayonidan keyin bug‘latilib, 92-93%li sulfat kislota olinadi va u qayta nitrat kislotani quyultirishda yopiq sikl ravishda ishlatiladi va bu jarayonda sulfat kislotani bir ozgina qismi parchalanib, yuqolishi mumkin. Kuchsiz nitsrat kislotani 72%li magniy nitrati bilan quyultirishda sulfat kislota qullashga qaraganda 30-40% kapital chiqimlar, kundalik chiqimlar ham kamayadi va tarkibida sulfat kislota umuman bulmagan nitrat kislota olinadi. NaNO3-chili selitrasi yoki natriyli selitra Na2CO3+NO2=NaNO3+NaNO2+CO2 KNO3-Hind selitrasi. Yoki kaliyli selitra. KCl+NaNO3=KNO3+NaCl NH4NO3-Amiakli selitra. NH3+HNO3=NH4NO3 Azot (IV) oksidi kuchli oksidlovchi. Sulfat kislota olishda SO2 ni SO3 ga aylantirishda NO2 gazidan oksidlovchi sifatida foydalaniladi. Nitrat kislota sintezida asosiy modda sifatida ishlatiladi. Ammiakning suvdagi eritmasi, kabamid CO (NH2)2, natriy, nitrat, kaliy nitrat, kaltsiy nitrat, ammoniy nitrat, ammoniy sulfat – azotli o’g’itlar sifatida ihlatiladi. O’zbekistonning yirik kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari. “Navoiy – Zazot”, Chirchiq “Elektrokimyoviysanoat” kombinatlarida azotli o’g’itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Azot va uning brikmalari texnikada portlovchi moddalar tayyorlashda, elektr lampalarni va tibbiyotda dori-darmon tayyorlashda ishlatiladi. Nitrat kislota va azotning boshqa brikmalari kimyo sanoatida keng ko’lamda ishlatiladi. Fosfor (P, Z = 15) Fosfor V gruppaning azotdan keyin turuvchi elementi bo’lib, uning metalmaslik xossasi azotga nisbatan kuchsizroq namoyon bo’ladi. Lekin fosfor atomining electron tuzilishiga ko’ra tashqi electron qavatida 3s2 3p3 3d0 bo’sh d- orbitalarning bo’lishi bu elementning ayrim jixatlari azot elementidan farqli bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat: Birinchidan azotning umumiy ionlanish energiyasi yig’indisi (266,8 Ev) fosfornikidan (176,7 Ev) katta bo’lib, fosforning +5 oksidlanish darajasidan past brikmalari qaytaruvchilar, lekin P (5 +) holidagi birikmalari oksidlovchilar emas. Shu bilan birgalikda fosforning kislorodli birikmalari ancha barqaror, vodorodli brikmasi esa barqarordir. Ikkinchidan fosfor atomida 1s22s22p63s23p33d03d0 bo’sh orbitalarning bo’lishi natijasida tashqi qavatdagi 5 ta elektronning toqlashuvi va ularning o’zaro gibridlanishi sababli sp3d (k.s. = 6) bo’lgan valent imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bunga qo’shimcha 3d-orbitallar akseptor vazifasini bajarishi sabab bo’ladi. Shu boisdan fosforning turli polimer tuzilishli brikmalar, asosan, kremniy va oltingugurt singari (gorizontal o’xshashlik) kislorod va ftor bilan brikmalar hosil qilishga moyilligi kuchli. Fosforning tabiatda tarqalishi. Fosfor tabiatda rrkin xolda uchramardi. Uning asosiy qismi fosforli apatitlar 3 Ca3 (PO4)2 ∙ CaF2, fosforit Ca3 (PO4)2 holida, ko’pchilik oqsil, nuklein kislota, fosfolipidlar hamda suyak va tishlarda uchraydi. Fosforning allatropik shakl o’zgarishlari 3 xil bo’lib ulardan oq fosfor (P4) – zichligi 1,82 g/sm3 bo’lgan mumsimon modda. Qizil fosfar: zichligi 2,2g/sm3 bo’lgan zararsiz, 2600 C da yonadigan modda. Qizil fosfor qizdirilsa 5900 C da suyuqlanadi, bug’lari kondetsantlanib, oq fosforga o’tadi. Lekin temperatura o’zgarishi bilan to’q – jigarrangdan binafsha rangga o’zgaradi. Qora fosfor: qizil fosforni 10-12 ming atmosfera bosimida 2200 C da qizdirganda xosil bo’ladigan qoramtir – kulrang massa (grafitga o’xshash) zichligi 2,7g / sm3 elektr o’tkazuvchan, 4900 C da alangalanadigan qizdirganda asta-sekin qizil fosfarga aylanadigan modda. Atom kristall oanjaraga ega. r =2,18 A Poq → P qora - ∆H = -42 k J/ mol yarimo’tkazgich (∆E = 0,33 ev) xossaga ega. Ammoniy nitrat issiqlik tasirida parchalanganda ham katta hajmda gazlar ajralib chiqadi.Shu sababli bu tuz ham ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi.ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat,25% alumeniy nitrat kukuni,3 % ko`mir bo`ladi. Ammoniy nitrat issiqlik tasirida parchalanganda ham katta hajmda gazlar ajralib chiqadi.Shu sababli bu tuz ham ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi.ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat,25% alumeniy nitrat kukuni,3 % ko`mir bo`ladi. Ca(NO3)2-Kalsiyli selitra Bu azotli o`g`it sifatida ham ishlatiladi.Bu o`g`itga 5% ammoniy gidroksid qo`shish yo`li bilan uning sifatini ancha yaxshilash mumkin. Nitrat kislota, asosiy xom ashyolar, ishlab chikarishning asosiy boskichlari, ishlatilish soxalari. Toza NHO3 rangsiz suyuklik; solishtirma ogirligi 1,526 g/sm3 (15°S da); uning katish temperaturasi 41,3°S; u 86°S da kaynaydi; suv bilan xar kanday nisbatda aralashadi. Tarkibida 68% NHO3 bulgan nitrat kislota eritmasi (dk1,4g/sm3) uz tarkibini uzgartmay 120,5°Sda kaynaydi. Kontsentrlangan nitrat kislota (ayniksa yoruglik ta`siridan) kisman parchalanadi. 4NHO3 2H2O+4NO2+O2 Xosil buladigan azot (IV) -oksid kislotaga sarik tus beradi. Uzida NO2 ni eritgan HNO3 tutovchi nitrat kislota nomi bilan yuritiladi. XIX asrda XX asrning boshlariga kadar nitrat kislota chili selitrasiga H2SO4 ta`sir ettirish yuli bilan olinir edi: NaNO3 + H2SO4 NaHSO4 HNO3 Xozirgi vaktda bu metoddan nixoyatda kam foydalaniladi. 1905 yildan boshlab Norvegiyada sanoatda HNO3 olishning elektr yoy usuli joriy etildi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, avval xavo orkali elektr yoyi utkaziladi, bunda azot bilan kislorod uzaro reaktsiyaga kirishib NO ni xosil kiladi. NO xavoda tez soviganda xavo kislorodi va suv bilan birikib nitrat kislotaga aylanadi : N2 + O2 2NO; 2NO + O2 2NO2 3NO2 + H2O 2HNO3 + NO Ortib kolgan NO yana xavo kislorodi bilan birikib NO2 ga aylanadi, yana suv bilan birikib HNO3 xosil kiladi. Agar azot oksidlaridan iborat gazlar aralashmasi kal`tsiy gidroksidga yutdirilsa, kal`tsiy nitrat (Norvegiya selitrasi) xosil buladi. Yoy usulida elektr energiya kup sarf buladi. Masalan, 1 kg kislota tayyorlash uchun 70 kvt energiya ketadi. Shuning uchun bu usul kam kullaniladi. Xozirgi vaktda sanoatda HNO3 asosan ammiakni katalizator ishtirokida oksidlash yuli bilan olinadi. Ammiak bilan xavo aralashmasi 600-800°S da platinada yasalgan tur (katalizator) orkali utkazilganda NO xosil buladi va bu gaz xavo kislorodi bilan darxol birikib NO2 ga aylanadi. Azot (IV) - oksid esa suv va xavo kislorodi bilan uzaro ta`sirlanib HNO3 ni xosil kiladi: 4HN3 + 5O2 6H2O + 4NO +216 kkal 2NO + O2 2 NO 3 NO2 + H2O 2HNO3 + NO HNO3 ishlab chikarishda NO ni mumkin kadar kuprok darajaga HNO3 ga aylantirish nixoyatda muxim masala xisoblanadi. 2NO +O2 2NO2 reaktsiyasining sust borishi va HNO3 kontsentratsiyasi ortgan sayin NO2 ruvchanligining kamayishi bu problemani xal kilishni ancha kiyinlashtiradi. HNO3 zavodlarida NO2 dan kuprok foydalanish maksadida ketma-ket joylashtirilgan katta xajmli bir necha yutuvchi ustanovkalardan foydalaniladi. Bu ustanovkalarda xosil buladigan HNO3 ning kontsentratsiyasi 50% ga yakin buladi. Bosimni oshirish yuli bilan 2NO + O2 2NO2 reaktsiyaning tezligi va NO2 ning suvga yutilishi oshiriladi; bosim 10 atmosferaga etganda xosil buladigan nitrat kislotaning kontsentratsiyasi 65% gacha kutariladi. 50 atmosfera bosimi va 70S da suyuk N2O4 kislorod suvda eritilsa, 98% li HNO3 xosil buladi: 2N2O4 + O2 + 2H2 O 4HNO3 Bu usul «nitrat kislotaning bevosita sintezi» nomi bilan yuritiladi. Xosil kilingan HNO3 alyuminiydan yasalgan tsisternalarda saklanadi. Nitrat kislotaning sanoatda ishlatilishi uning oksidlash va nitrolash xossalarigaasoslanadi. Bundan tashkari HNO3 nitratlar, mineral ugitlar, ayniksa ammiakli selitra olishda juda kup ishlatiladi. HNO3 tuzlari sanoat va xalk xujaligining turli soxalari uchun nixoyatda katta axamiyatga ega. Masalan kaliy nitrat ugit sifatida ixlatilishidash tashkari kora porox tayyorlash uchun ketadi. Kora porox tarkibida 68% KNO3 , 15%S va 17% S buladi. Kora porox yonganda: 2KNO3 + 3C + S K2S + 3CO2 + N2 reaktsiyasi sodir bulib, kup mikdorda gazlar ajralib chikadi. Ammoniy nitrat NH4NO3 parchalanganda katta xajmli gazlar (O2 va N2 ) ajralib chikadi, shu sababli bu tuz xam ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi. Ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat, 25% alyuminiy kukuni va 3% kumir buladi. Xozirgi vaktda «Ammoniyli selitra» deb ataluvchi ammoniy nitrat muxim azotli ugit xisoblanadi. Uning tarkibida 34% N bor. Azotli ugit sifatida kal`tsiy nitrat- kal`tsiyli selitra Ca2(NO3)2 xam ishlatiladi. Uning tarkibida 17% N bor. Bu ugitga 5% NH4OH kushish yuli bilan uning sifati ancha yaxshilanadi. Nitrat kislota – kuchli oksidlovchi. Konsentrlangan nitrat kislota metallarning ko‘p qismini ularga muvofiq keladigan oksidlar va nitratlarga aylantiradi. Ayrim metallar, masalan Al, Fe, Cr nitrat kislota bilan ta’sirlashganda metall sirtida kislotaning ta’siriga chidamli oksid qatlamlari hosil qiladi. Ko‘pgina organik birikmalar nitrat kislota ta’sirida parchalanadi, ulardan ayrimlari konsentrlangan nitrat kislotada yonishi ham mumkin. Konsentrlangan nitrat kislota siklik organik birikmalar bilan ta’sirlashganda ulardagi vodorod atomlari o‘rnini nitroguruh oladi va nitroorganik birikmalar hosil qiladi. Gidroksil guruhli organik birikmalar bilan HNO3 efirlar hosil qiladi. Nitrat kislota sanoatda ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning ko‘p qismi o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, raketa yoqilg‘ilari ishlab chiqarishga sarflanadi. Bundan tashqari u sulfat kislota (nitroza usuli), sintetik bo‘yoqlar, turli xil plastmassalar, nitrosellyuloza, sintetik tolalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sanoatda uch xil navdagi suyultirilgan (kuchsiz – 45-55% HNO3) va ikki navdagi konsentrlangan (97-98% HNO3) nitrat kislota ishlab chiqariladi. Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olish jarayoni quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 1) Ammiakning azot(II)-oksidgacha kontaktli oksidlanishi: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O2) Azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidgacha oksidlanishi: 2NO + O2 ⇄ 2NO2 3) Azot(IV)-oksidning suvga absorbsiyasi: 3NO2 + H2O → 2HNO3 + NO Ammiakning kontaktli oksidlanishi. Ammiakning kontaktli oksidlanishi – ekzotermik jarayon bo‘lib, jarayonni o‘tkazish sharoitiga bog‘liq holda ammiak va kislorod orasida quyidagi parallel reaksiyalar sodir bo‘ladi: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O + 907,3 kj 4NH3 + 4O2 → 2H2O + 6H2O + 1104,9 kj 4NH3 + 3O2 → 4N2 + 6H2O + 1269,1 kj Oksidlanish jarayoni faqat yuqori haroratda sodir bo‘ladi, lekin ortiqcha (800-900OC dan) yuqori harorat ammiak va hosil bo‘ladigan NO ning qisman parchalanishiga olib keladi: 2NH3 ⇄ N2 + 3H2 2NO ⇄ N2 + O2 Yuqori haroratda (900OC gacha) ammiakning azot(II)-oksidga aylanishi alohida reaksiyalar tezliklari nisbati orqali aniqlanadi. Katalizator bo‘lmaganda ammiakning oksidlanishi asosan azot hosil bo‘lish bilan sodir bo‘ladi. Nitrat kislota ishlab chiqarish uchun ammiakni NO ga nisbatan to‘la oksidlanishini ta’minlash kerak, shuning uchun reaksiyani nisbatan yuqori tezlikda amalga oshishini ta’minlaydigan katalizatorlar ishlatiladi. Amalda ammiakning kislorod bilan NO gacha oksidlanish darajasi 98% gacha yetadi. Ammiakning azot(II)-oksidga oksidlash jarayonini tezlashtiruvchi katalizatorlar sifatida platina va uning platina oilasi metallari bilan qotishmalari, temir, marganes, kobalt va boshqa metallarning oksidlari ishlatiladi. Platina katalizatorlari yupqa 0,06-0,09 mm diametrli simdan tayyorlangan to‘r shaklida bo‘lib, 1 sm 2 yuzada 1024 yacheyka bo‘ladi. Atmosfera bosimi ostida ammiakni aksidlash jarayonini o‘tkazish uchun: Pt+4% Pd + 3,5% Rh tarkibli, bosim ostida jarayonni o‘tkazish uchun esa: Pt+7,5% Rh tarkibli platina qotishmalaridan tayyorlangan 149 to‘rlar ishlatiladi. Platinaga palladiy va rodiyning qo‘shilishi katalizator to‘ri mustahkamligini oshiradi va platina xarajatlarini kamaytiradi. Ammiakni platina katalizatorida oksidlash – murakkab geterogen katalitik jarayon bo‘lib, birin-ketin bir necha bosqichda sodir bo‘ladi: 1)katalizator sirtiga ta’sirlashuvchi reagentlar diffuziyasi; 2)kislorodning faollangan adsorbsiyasi; 3)katalizator sirtida molekulalarning kimyoviy ta’sirlashishi; 4)katalizator sirtidan reaksiya mahsulotlarining desorbsiyasi. Jarayonning nisbatan sekin sodir bo‘ladigan bosqichi oksidlanish tezligini belgilab beradi va u katalizator sirtiga ammiakning diffuziyasi hisoblanadi. Harorat, bosim va gazlar aralashmasining tarkibi o‘zgarmas bo‘lganda azot oksidi unumining atmosfera bosimida (platina-rodiy katalizatori) kontaktlanish vaqtiga bog‘liqligi 2.15-rasmda tasvirlangan. Gazning katalizator bilan to‘qnaish vaqti ortishi bilan dastlab azot(II)- oksidning unumi ortadi, so‘ngra pasayadi, bu qo‘shimcha reaksiyalar sodir bo‘lishi bilan izohlanadi. Kontaktlanishning optimal vaqti 0,001- 0,002 sek chegarasida o‘zgaradi. Havo-ammiak aralashmasining katalizator yuzasi bilan ma’lum vaqt to‘qnashuvini ta’minlash uchun kontakt jihoziga taxlam tarzida bir necha to‘r joylanadi, ulardan gazlar aralashmasi birin-ketin o‘tadi. Atmosfera bosimda ishlaydigan qurilmalarda taxlamlarga odatda 3-4 ta to‘r kiradi, yuqori bosim ishlatilganda taxlamda 15-20 ta to‘r ishlatiladi. Platinali katalizatorlar kontakt jihoziga ammiak-havo aralashmasi bilan kiradigan qo‘shimchalarga ta’sirchandir. Ayniqsa kuchli zahar – 150 vodorod ftorid platina katalizatorini xattoki gazlar aralashmasida 0,00001% miqdorda bo‘lganda ham qaytmas zaharlaydi. Tarkibida oltingugurt bo‘lgan birikmalar katalizatorni qaytar zaharlaydi. Katalizator sirtiga chang, yelim va kompressorning surkov moylarini yopishib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun havo odatda yaxshilab tozalanadi. Ko‘rilgan choralarga qaramay, oz miqdorda bo‘lsa ham zararli qo‘shimchalar kontakt jihoziga kiradi, natijada katalizator aktiligi sekin-asta pasayadi. Katalizator to‘ri faolligini tiklash uchun xlorid va nitrat kislotalarning kuchsiz eritmalari bilan yuviladi. Ammiak oksidlanish jarayoni sharoitida platinali katalizator sekinasta mo‘rt bo‘lib boradi, boshlang‘ich mustahkamligini yo‘qotadi va uning mayda zarrachalari gaz oqimi bilan chiqib ketadi. 800OC haroratda atmosfera bosimida ishlaydigan qurilmalarda 1 t HNO3 hisobiga platina katalizatorining yo‘qotilishi 0,04-0,06 g ni tashkil etadi. Bosim va haroratning ortishi bilan katalizatorning yo‘qotilishi ortadi. Masalan, 7 atm bosim va 900OC haroratda ishlaydigan qurilmalarda 1 t HNO3 hisobiga platina katalizatorining yo‘qotilishi 0,3-0,4 g ga yetadi. Nitroza gazlari bilan yo‘qotiladigan platinaning bir qismi tutib qolinadi, ammo uning ko‘p qismi qaytarilmasdan yo‘qotiladi. Yo‘qotilgan massa taxminan 30% ga yetganda to‘r qayta quyishga yuboriladi. Atmosfera bosimi ostida ishlaydigan qurilmalarda platina-rodiy katalizatorlari 12- 14 oy, yuqori bosim ostida esa anchagina kam xizmat qiladi. Platina katalizatorlarining ko‘p miqdorda yo‘qotilishi faol va arzon platinasiz katalizatorlar topishni va ishlatishni talab etadi. Ammiakning oksidlanishi uchun stexiometrik tenglama bo‘yicha 1 mol azotga 1,25 mol kislorod to‘g‘ri keladigan tarkibdagi azot-vodorod aralashmasi talab etiladi. Atmosfera bosimida ishlaydigan platina katalizatori uchun azot(II)-oksid unumining boshlang‘ich ammiak-havo aralashmasidagi kislorod va ammiak konsentratsiyalari nisbatiga bog‘liqligi 2.16-rasmda ko‘rsatilgan. Amalda azot(II)-oksid unumi va jarayon tezligini oshirish uchun O2:NH3 nisbat 1,7-2,0 ga teng deb qabul qilinadi: NH3 + 2O2 = HNO3 + H2O Bu havo-ammiak aralashmasida 9,5-11,5% NH3 bo‘lishini bildiradi. Ammiak va havo ma’lum nisbatda bo‘lgan ammiak-havo aralashmasi portlash havfi mavjuddir. 2.17-rasmda atmosfera bosimida ammiak-havo aralashmasidagi NH3 miqdorining portlash havfi chegarasi 151 ko‘rsatilgan. Ishlab chiqarish sharoitida ammiak va havo nisbati portlash havfi chegarasidan tashqarida bo‘ladigan ammiak-havo aralashmasi bilan ishlanadi. Xulosa Kimyo sanoati ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 yilda Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 yilda Fransiyada (Ruan), 1805 yilda Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 yilda Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan. Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 yilda (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 yilda (Liverpul), Germaniyada 1843 yilda (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 yilda (Barnaul)da qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi. Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-yillarigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-yillarda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan. Zamonaviy K.s.ning shakllanishi 1932 y. qadimdan oltingugurt qazib olingan Shoʻrsuv oltingugurt koni (Fargʻona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Itti-foqning oltingugurt mustaqilligini taʼminlashda muhim rol oʻynadi. K.s.ning eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kti 1940 y. oktabrdan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 yilda respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida K.s. hissasi 0,8% ni, K.s.da band boʻlgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat i.ch. fondining 7,4% K.s. hissasiga toʻgʻri kelgan. Urushdan keyingi yillarda 1946 yilda Qoʻqon, 1957 yilda Samarqand superfosfat zavodlari ishga tushirildi va bu zavodlar respublika qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qildi. Buxoro viloyatida Gazli gaz koni ishga tushirilishi bilan tabiiy gazdan foydalanish asosida 1963 yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, 1964 yilda Navoiyda kimyo kombinati ishlay boshladi. 1958—65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyoʻl gidroliz zavodi qurildi. 1965 yilda respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 yilda Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi. 20-asrning 90-yillari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan K.s. barpo etildi. 1990 yilda 1762 ming t mineral oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi. 1991 yilda respublika K.s. korxonalari negizida „Oʻzkimyosanoat“ konserni tashkil etildi. 1994 y. yanvarda konsern „Oʻzkimyosanoat“ uyushmasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 13-martdagi „Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaroriga muvofiq, „Oʻzkimyosanoat“ ochiq aksionerlik jamiyati (AJ) shaklidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan Oʻzbekiston K.s. korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investitsiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va maʼqullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. „Oʻzkimyosanoat“ kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qoʻshma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan koʻprogʻi yirik zamonaviy korxonalardir. Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. „Elektrkimyosanoat“ AJ (Chirchiq), Fargʻona „Azot“ i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq „Ammofos“ AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi. Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq „Ammofos“ AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan. Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona boʻlgan korxonasi — Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 yilda ishga tushiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, foʻngitsidlar) Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasida (1965 yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy „Elektrokimyo zavodi“ AJ (1960 yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda koʻllaniladigan oltingugurt kukuni Shoʻrsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Shoʻrtan gaz komplekslarada ishlab chiqariladi. Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq „Elektrkimyosanoat“ AJda kaprolaktam (1980 yildan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, „Navoiyazot“ AJda akril tolalari (1974 yildan; yillik quvvati 23 ming t dan koʻproq), Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor. K.s.da gidroliz korxonalari Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Fargʻona furan birikmalari (1946), Yangiyoʻl biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) zavodlarida asosiy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-yillar boshidan bu korxonalarda gʻalladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. oʻzlashtirildi: „Andijon biokimyo zavodi“ AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), „Qoʻqonspirt“ AJda 1800 ming dal (1995) va „Yangiyoʻl biokimyo zavodi“ AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. „Andijon biokimyo zavodi“ AJda 1992 yildan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga qoʻyilgan. Rezina mahsulotlari Angren „Rezinatexnika“ AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan „Rezinatexnika“ AJ 1987 yildan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 1992 yildan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi. Respublikada plastmassa va propilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron „Santexlit“, „Jizzaxplastmassa“ AJ), turli markadagilok – boʻyoq mahsulotlari („Toshkent lok-boʻyoq zavodi“ AJ, 1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargʻona furan birikmalari zavodi), maishiy kimyo tovarlari ["Maishiy kimyo" AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo zavodi, 1971 (hoz. Rossiyadagi „Kalina“ konsernining „Pallada-Vostok“ shoʻʼba korxonasi); Toshkent yogʻ-moy kti tarkibida sintetik yuvish vositalari zavodi, 1971] ishlab chikaradigan korxonalar ishlaydi. 2000 yilda respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida K.s. (neft kimyosi sanoati bilan birga) hissasi 6,1% ni tashkil etdi. 832 ming t mineral oʻgʻitlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik ammiak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya, Rossiya kimyoviy mahsulotlar i.ch. boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Jahon boʻyicha K.s. ishlab chiqarishning 3/4 qismi shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 60-yillardan boshlab Yaponiya va Germaniya K.s. jadal rivojlandi. Download 77.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling