Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фарғона давлат университети


Download 26.54 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi26.54 Kb.
#163503
Bog'liq
Komilaopa


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ФАРҒОНА ДАВЛАТ

УНИВЕРСИТЕТИ

ФИЗИКА-МАТЕМАТИКА ФАКУЛЬТЕТИ

МЕҲНАТ ТАЪЛИМИ ЙЎНАЛИШИ

17.12-ГУРУҲ ТАЛАБАСИ

ИКРОМОВА КОМИЛАНИНГ

КАСБ ХУНАРГА ЙЎНАЛТИРИШ ФАНИДАН



Мустақил иши

ҚАБУЛ ҚИЛДИ: Н.БОЛТАБОЕВА

ФАРҒОНА-2020



Kasb hunarga yo`naltirish ishlarining ijtimoiy asoslari.

Reja:

1. Kasbga yo`naltirish ishlarida ijtimoiy asoslari.

2. Kasbga yunaltirish ishlarida psixolgik asoslari.

3. Kasbga yo`naltirish ishlarida fiziologik asoslari.

Ongli ravishda kasb tanlash uchun o`quvchilarning bir kator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning kishini o`ziga jalb kiladigan tomonlarini emas, balki kiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, uzining shaxsiy sifatlariga kura tanlangan kasbini muvaffakiyatli egallay olishi va keyingi ish jaraѐnida uz malakasini takomillashtirishi talab kilinadi. Xozirgi vaktga kadar kasbga yo`naltirish ishlari yetarlicha yuqori saviyada olib borilmadi, ko`pincha rasmiy tusda buldi. Natijada maktabni tamomlaganlarning kasb tanlashi tasodifiy bo`ladi. Yoshlarning ko`pchiligi u ѐki bu kasbni nimadan iborat ekanligini anik tasavvuf kilmas edi. Xunar-texnika bilim yurtlarining besh mingga yakin o`quvchilari bilan savol-javob kilinganda shu narsa aniklandiki, ularning fakat 5% i kasbini maktabning tavsiyasiga binoan, 30% i o`rtoklarining maslaxatiga ko`ra, 15% i ro`znoma, radio, televideniye orkali berilgan e’lonlarga, ko`shnilar, tanish-bilishlarning maslaxatlariga muvofik 15% i otaonalarning maslaxati, 12% i xunar-texnika bilim yurtlari xodimlarining tavsiyalari bo`yicha tanlanganlar. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintakalarda ob’yektiv xolda turlicha, ammo shu narsa ravshanki, o`quvchilarning aksariyat ko`pchilik kasblarni tasodifiy ravishda tanlaydilar. «Siz nima uchun shu kasbni tanladingiz?, - degan savolga 41,1% o`quvchi:» Bu xakda o`ylab ko`rganim yo`k», - deb javob bergan. Kasbni anglamay turib, tasodifiy anglash shunda namoѐn bo`ladiki, o`kishning dastlabki paytlarida o`quvchi kandaydir qiziqish bilan karaydi. Keyinchalik esa bu qiziqish sunib boradi. Xunar-texnika bilim yurtida birinchi yil o`kiѐtgan o`quvchilardan so`raganda ularning 14,9% i, ikkinchi yil o`kiѐtganlardan so`ralganda esa 10,7% i tanlagan kasbidan mamnunligini aytgan. Xozirgi vaktda ѐshlarni kasbga yo`naltirish masalalari bilan davlat, jamoat va ѐshlar tashkilotlari.sanoat korxonalari shugullanadilar. Birok bu ishda maktab asosiy o`rin egallaydi.

Xozirgi kunda bozor munosabatlarini va uzluksiz ta’limga o`tish munosabati bilan maktab ѐshlarni ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo`lgan muayyan mexnat faoliyatiga tayѐrlashda yana ham katta rolь o`ynaydi. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish ularning har biriga aloxida-aloxida ѐndashishni talab etadi bunda shaxsning temperamenti, irodasi, dikkati, belgilangan maksadga erishishda kat’iylik, tashabbuskorlik, uyushkoklik, intizomlik, topgairilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo`lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashkari, kasbga yo`naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini; kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va xavas, kasbga tayѐrgarlik, oila an’analari, ota-onalar, pedagoglar, o`rtoklarining maslaxatini xisobga olish lozim. O`quvchilarni uzok vakt o`rganish natijasida sinf raxbarlari ularning har biriga tavsifnoma tuzadilar. Bunday tavsifnoma kasb tanlash va o`quvchiga u ѐki bu kasbni tanlagani taklif kilish uchun asos bo`ladi. Kasbga laѐkatlikni tanlash maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Unga o`kituvchilar, psixologlar, ishlab chikarishdagi muxandis ѐki boshka mutaxassislar, sotsiologlar, vrachlar kiradi. Ular har bir o`quvchiga kanday kasb tanlash kerakligini aytadilar va buning sababini asoslab beradilar. Masalan, xolerik temperamentli bola yaxshi andoza yasovchi usta slesarь bo`la olmaydi, chunki unga mikronning o`ndan bir ulitigacha aniklikka erisha borib, uzok vakt o`lov asboblarini ishlash kiyinlik kiladi, ѐki melanxolik tez javob berishni talab kiladigan mashinalarni boshkarishni muvaffakiyatli egallab ololmaydi. Sezgi a’zolarida biron-bir nuksoni bo`lgan bolalarga bu kasblarni tavsiya kilib bo`lmaydi. Masalan, ba’zi rang-tuslarni fark kila olmaydigan (dalьtonik) bolani har kanday transport turini boshkarishga ko`yib bo`lmaydi. Ko`rishida shunday kamchiligi bo`lganlar metallurg bo`lib ishlashi mumkin emas. Vestibo`lyar apparati buzilgan o`quvchilar uchuvchi, dengizchi, yuqori inshootlar montajchisi bo`la olmaydilar. Kasb xususiyatlarini va ularning tavsiyanomalarini o`rganish o`chun, har bir kasb uchun professiogramma tuziladi. Malaka tavsiyanomalari professiogrammaga ko`shimcha bo`lib xizmat kiladi. Professiogramma mazmuniga taxminan kuydagilar kirish kerak: 1. Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilaѐtgan xalk xo`jaligi soxasi tavsifnomasi, soxaning kadrlarga bo`lgan extiѐji, avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning rivojlanish istikbollari.

2. Ixtisoslik tavsiyanomasida tavsiya kilingan kasbning mazmuni, mexnat ob’yektlari, vositalari. 3. Ishchiga ko`yiladigan talablar (ma’suliyat darajasi, tashabbus va mexnatning ijodiy elementlari, ishning gigiyenik sharoitlari, tibbiy va psixofiziologik ko`rsatkiyalar ѐki to`gri kelmasligini ko`rsato`vchi belgilar, aѐllar mexnatini ko`llash mumkinligini va boshkalar). 4. Boshlangich ixtisoslik razryadi doirasida o`quvchining muvaffakiyatli ishlashi uchun umumiy ma’lumoti va kasbiy tayѐrgarligiga ko`yiladigan talablar (ishlab chikarish malakasini yanada oshirish xisobga olgan xolda). 5. Mexnatni tashkil etishning iktisodiy sharoitlari, mexnatga xak to`lash sistemasi. 6. Mazkur kasb vakillari (ishlab chikarish novatorlaori, ilgorlari, mexnat kaxramonlari)ning biografik ma’lumotlari. O`ta ma’suliyatli va ish sharoitlari xafli deb ta’riflanadigan ishlar uchun professiogramma kator talablar bilan tuldiriladi. Ular uzok vakt mobaynida tez ishlash malakasini, kul barmoklarining kuchini, oѐklar kuchini, barmoklarning xrakatchanligini; ko`z, ko`l va oѐklar muvofikligini, har ikkala ko`lning ixtiѐriy harakatlarini talab etadi. Professiogrammalar korxonalar ѐki maxsus muassasalar (kabinetlar, laboratoriyalar) tomonidan tuziladi. Ularni ishlab chikishda muxandislar, psixologlar, vrachlar, ukituvchilar ishtirok etishi kerak. Suxbatlar o`tkazish yo`li bilan o`quvchilar professiogramma bilan batafsil tanishtiriladi. Ukuvchining aloxida talablar ko`yiladigan kasblarni egallab olishga uzil-kesil imkoniyat yaraladi. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustaxkam alakasi katta ahamiyatga ega. O`quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bo`lishi va rivojlanishidagi muvaffakiyat kup jihamtdan maktab va ota-onalarning birgalikdagi samarali ishlariga boglikdir. Ishchilar sulolasi an’analrini har tomonlama ko`llab-kuvvatlash, ommalashtirish va targib kilish kerak. Tegishli adabiѐtlarni o`kish ham ko`pgina kasblar bilan tanishishda jiddiy ѐrdam beradi. Bunday adabiѐtlar maktab kutubxonasida bo`lishi kerak, albatta. O`quvchining o`zligini tushunishi, o`z kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan o`z kobiliyatlarini to`gri baxolay bilishi, keyin esa shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlari kasb talablari bilan solishtirib ko`rishi kasbni muvaffakiyatli tanlash shartlaridan biridir.

Vatanimizdagi va chet eldagi psixologik adabiѐtda o`quvchini shaxsining turli tomonlarini MUSTAQIL baxolash, shu jumladan kasb tanlashda o`z yo`lini belgilash jaraѐnida kobiliyatlarini va kasbga laѐkatliligini MUSTAQIL baxolashni taxlil kilishga urinish xollari uchrab turadi. O`quvchilarning kobiliyatlari va kasbga laѐkatliligini MUSTAQIL baxolashning shuningdek mikromuxitni baxolashning o`ziga xos xususiyatlarini aniklash uchun kuyidagilar zarur: 1. O`quvchilarning bu fazilatlari o`kituvchilar, ota-onalar, o`rtoklari tomonidan taxlil kilinishi; 2. Mexnat faoliyatining u ѐki bu soxaga laѐkatlilikni MUSTAQIL baxolash bilan o`quvchilarning kasbga oid niyatlarini ana shu MUSTAQIL baxolashning shakllanish sharoitlari urtasidagi nisbatini aniklash; 3. O`quvchilarning MUSTAQIL baxolashi bilan tashkaridan bergan baxolarni takkoslash asosida o`kituvchilar, ota-onalar, o`rtoklari baxolarining o`xshashlik darajasini aniklash. Bunday kobiliyatlarni, MUSTAQIL berilgan baxo darajalarini (birinchi, ikkinchi, uchinchi) xisobga olgan xolda MUSTAQIL baxolashning kuyidagi parametrlari (yetarli baxolamaslik, ortikcha baxo berish, baxolarning mosligi) bo`yicha karab chikish kerak. Reyting va muayyan koidalarni kullagan xolda anketalar orkali so`rash hamda o`quvchilar faoliyatida natijalarni o`rganish metodlari bilan xuddi shunday taxlil ugkazish zarur. Kobiliyatlarni, keyinchalik esa kasbga laѐkatlilik MUSTAQIL baxolashning shakllanish sharoitlarini o`rganish uchun uch tiidagi maktablarni: tabakalashtirilgan ta’lim va kasbga yo`naltirish ishlari bo`lmagan makgablarni, tabakalashtirilgan ta’lim elementlari va kasbga keltirish ishlari bo`lgan maktablarni, maxsus kasbga yo`naltirish tadbirlari bo`lmagan xolda fizika-matematika yo`nalishidagi maktablarni olish darkor.



ADABIYOTLAR RO`YXATI:

  1. Kadrlar tayѐrlash bo`yicha milliy dastur. Toshkent, 1997 y.

  2. Davlatov. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. Toshkent «O`kituvchi» 1992 yil.

  3. «Uzliksiz ta’lim tizimida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent, 2002 y (15-16 noyabrь)

  4. Davlatov. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. Toshkent «O`kituvchi» 1992 yil.

  5. Studentlarga o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llash ishlarini o`rgatish. N. Shodiyev. Toshkent, « O`qituvchi» 1987 yil.

  6. S. A. Boltaboyev, U. Tolipov. Umumiy o`rta ta’lim maktablari kasbga yo`naltirish o`quv metodika kabineti faoliyatini tashkil kilish bo`yicha metodik tavsiyanoma. Toshkent, 2000 y.

  7. X. Rashidov, Sh. Sharipov, S. A. Boltaboyev. O`quvchilarni kasbiy yo`nalganligini aniqlash. O`quv qo`llanma. Toshkent, 2002 y.

  8. A. P. Chernyavskaya. Psixologicheskiye konsultirovaniye po professionalnoy oriyentatsii - 2001goda.








Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling