Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-Mavzu : Publitsistik uslub
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
2-Mavzu : Publitsistik uslub
Reja:
1. OAV tili maqsadi, ifoda va uslubiy xususiyatlari, janrlari, turlari. 2. Gazetani o’qish turlari Tayanch so’z va iboralar: OAV tili, publitsistik uslub, ommabop uslub. Publitsistik uslub. Bu uslubning ommaviy uslub, aralash uslub degan nomlari ham bor. Ommaviy deyilishiga sabab unda davrning ijtimoiy-siyosiy , ma’naviy-madaniy , mafkuraviy masalalari jo’shqinlik bilan yoritiladi. Unda ko’tarilgan muammo ko’pchilikka tegishli bo’ladi. Aralash deyilishiga sabab esa bu uslub ommaviy axborot vositalarining tili ekanligida. Gazeta, jurnal, televideniya va targ’ibot-tashviqot ishlarida shu uslubdan foydalaniladi. Unda o’rni bilan badiiy uslub ham bir matnda keishi mumkin. Lekin uslubning asosiy nomi publitsistik uslub bo’lib , ijtimoiy faoliyatga bog’liq degan ma’noni anglatadi. Nutqiy faoliyatimizda so’zlashuv va ommabop (publitsistik) uslubdan boshqa nutq uslublariga qaraganda ko’proq foydalanamiz. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida , ommaviy madaniy tadbirlarda , targ’ibot va tashviqot ishlarida publitsistik uslub ishlatiladi. Publitsistik uslubning bosh xususiyatlaridan biri aralash uslub ekanligidir. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazlilik, ta’sirchanlik , tasviriy vositalar ko’pligi bilan badiiy usluba yaqin. Masalan, ocherk, maqola, esse kabi janrlar badiiy uslubga juda yaqin turadi. Ayni paytda ixchamlik, aniqlik, lo’ndalik va atamalar ko’pligi bilan ilmiy uslubga o’xshashdir. Shuningdek, shevaga xos so’zlar, noestetik so’zlar, argo va jargonlari bilan so’zlashuv uslubiga mos kelishi mumkin. Lekin publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qilishi , targ’ibot va tashviqot ishlarida qo’llanishi, zamondoshligi , hozirjavobligi kabi xususiyatlari bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Shuning uchun bu uslub tilida ritorik murajaat, ritorik so’roq , undov kabi stilistik usullardan keng foydalaniladi. Masalan, ijtimoiy hayotdagi nuqson va kamchilikni ochib berish uchun publitsistikaning feleton janri juda qulaydir. Boshqa uslublarda bunday imkoniyat yo’q.Ijtimoiy-siyosiy voqelikka munosabatni ifodalash uchun esa maqola qo’l keladi. Masalan: Vaqt oily hakam deymiz . U voqea-hodisalar , ijtimoiy jarayonlar ustidan hamisha o’zining odil hukmini chiqaradi. Shu ma’noda mustaqilligimizning 29 yili mobaynida bosib o’tilgan yo’llarimizga bir nazar tashlasak, tarixan qisqa davrda taraqqiyatning qanday darajasiga erishganimiz ko’z o’ngimizda yaqqol namoyon bo’ladi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: “Jurnalist qalamining o’tkirligi” deganda nimani tushunasiz? O’ylab ko’ringchi siz gazetxonlik madaniyatiga rioya qilasizmi? Bloger so’zini qanday izohlaysiz? Bugungi kun ommaviy axborot vakillarining nutqi haqida o’z fikrlaringizni ayting. Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling