Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
- Mavzu : O’zlashma so’zlar uslubiyati
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
15- Mavzu : O’zlashma so’zlar uslubiyati
Reja: 1.Boshqa tillardan kirib kelga so’zlarning davriyligi. 2.O’zlashgan so’zlarni adabiy nutqda qo’llash me’yorlari. 3.O’zlashgan so’zlar uslubiyati. Tayanch so’z va iboralar:o’zlashma so’z, so’zlarning davriyligi, boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar. Boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, fe;l , manti, stol,shkaf) , ba’zilari singishmay turishi ham mumkin (restavratsiya, anonim, suflyor) . Shunga ko’ra , to’la o’zlashgan (kitob, daftar, stansiya) , nisbatan o’zlashgan ( vokzal, aeroport) va o’zlashayotgan (skaner, skotch), o’zlashmagan so’zlar ( ministr, oblast, rayon) farqlanadi. Ularning barchasini shartli ravishda o’zlashma so’zlar deyiladi. So’zlashuvga xos o’zlashma so’zlar , ko’pincha, kitobiy uslubga xos bo’lmaydi. Ilmiy uslubda o’zlashma so’zlar , asosan, termin sifatida ko’p qo’llanadi. O’zbek tili o’tmishda qardosh bo’lmagan juda ko’p tillar bilan aloqada bo’ldi va bu tillardan o’zbek tiliga ma’lum miqdorda so’zlar o’zlashdi. Bu jarayonda o’zbek tiliga , ayniqsa, fors-tojik , arab va rus tillari barakali ta’sir etdi. Bu tilardan o’zlashgan so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida salmoqli miqdorni tashkil etadi: Tojikcha so’zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, shamol, mirob, dasta, bemor, g’isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, serob, shirin, mard, mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, balki, agar, ham kabi; Arabcha so’zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq , soat, avlod, savol ; Ruscha-internatsional so’zlar: partiya, agronom, traktor, kino, ekskavator, televizor, kosmos, kosmonavt, aktiv, passif, konsert, teatr, radio, sport va b. Mustahkamlash uchun savollar: Fan-texnika taraqqiyoti o’zlashma so’zlar soni va sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Barcha olinma so’zlar tilimizga to’liq o’zlashishi kerakmi? O’zlashma so’zlarning muqobilini topish , ommalashtirish va nazorat qilish ishlarini yurtimizda qaysi tashkilot olib boradi? Quyida berilgan juftlikdagi o’zlashma so’zlar o’rning o’zgarishi natijasida gap mazmunida qanday o’zgarish yuz berayotganini izohlang. Tushdan so’ng fermada traktorda yuk olib borgan Anvar shaharga tezda qaytish uchun yo’lga chiqdi. – Tushdan so’ng shaharga yuk olib borgan fermaga tezda qaytish uchun traktorda yo’lg a chiqdi. Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling