Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-Mavzu: Omonim so’zlar uslubiyati. Talaffuzdosh so’zlar uslubiyati
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
13-Mavzu: Omonim so’zlar uslubiyati. Talaffuzdosh so’zlar uslubiyati
Reja:
1.Omonimlarning nutqiy qo’llanishi. 2. Shakldoshlikning nutqdagi xususiyatlari. 3. Talaffuzdosh so’zlarning xususiyatlari Tayanch so’z va iboralar:omonim, shakldosh so’z, paronim, talaffuzdosh so’z, tuyuq, tajnis san’ati. Aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlar shakldosh so’zlar deyiladi. Shakldosh so’zlar (omonimlar) bir qarashda ko’p ma’noli so’zlarga o’xshab ketadi. Ularni bir –biridan farqlash kerak. Ko’p ma’noli so’zlar bir so’zni o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llashdir. Masalan: tut, yut, oq, yot, et, uch. Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari o’rtasida bog’liqlik , umumiylik bo’ladi, shakldosh so’zlarning ma’nolari o’rtasida esa hech qanday umumiylik, yaqinlik yo’q. Ba’zi omonimlar ko’p ma’noli so’zlar ma’nolari o’rtasidagi bog’liqlikning uzilishi natijasida ham paydo bo’lgan. Bunday omonimlar bir paytlar ko’p ma’noli so’zlar bo’lgan. Keyinchalik ma’nolari o’rtasidagi bog’liqlik uzilib, ma’nolari bir-biridan uzoqlashgan va hozirda omonimlarga aylangan. Maslan, dam ( hordiq, nafas, bosqon ma’nolarida ularni nafas tushunchasi umumlashtirib turgan, gap ( og’zaki nutq birligi va ziyofat ma’nolarida ularni gaplashish tushunchasi birlashtirib turgan, ya’ni oldingi gap – ziyofatlarda faqat suhbatlashib o’tirilgan bo’lsa , hozirda dasturxondagi hashamdorlik birinchi o’ringa chiqib qolgan) omonimlari shular jumlasidandir. Shakldoshlik bir yoki bir necha turkum doirasida uchrashi mumkin. Agar shakldosh so’zlar bitta o’z turkumi doirasida uchrasa, ularga Grammatik qo’shimchalar qo’shilsa ham , shakldoshlik munosabati saqlanadi. Masalan: ( lug’atlarda omonimlar rim raqamalari orqali beriladi) Suz I – suvda suzmoq - fe’l, Suz II – oshni suzmoq – fe’l, Suz III – sigir suzmoq – fe’l .Ushbu so’zlarga Grammatik ko’rsatkichlar qo’shilsa ham, ular shakldosh hisoblanaveradi. Suvda suzibdi, oshni suzibdi, sigir suzibdi misollaridagi suzibdi so’zlari shakldoshdir. Bir turkum doirasidagi shakldoshlik ko’proq fe’l va ot turkumida uchraydi. Yozmoq I – xat yozmoq – fe’l, Yozmoq II – dasturxon yozmoq – fe’l. Chopmoq I – yugurmoq – fe’l, Chopmoq II – yer chopmoq - fe’l. Qovoq I – poliz ekini – ot, Qovoq II – inson a’zosi – ot. Sir I – davlat siri – ot, Sir II – idishning siri – ot. Agar shakldoshlik bir necha turkum doirasida uchrasa , ularga Grammatik qo’shimchalar qo’shilsa, shakldoshlik saqlanmaydi. Ko’pincha ot va fe’llarda shakldoshlik uchraydi.: Yoz I – fasl – ot : yozda ta’tilga chiqamiz. Yoz II – xat yozmoq – fe’l : Salima xatni yozib pochta qutisiga tashladi. Ushbu gaplardagi yozda va yozib so’zlari shakldosh bo’lolmaydi. Omonim so’zlar , odatda, lug’atlardagina ( nutq tarkibiga kirmagan holatda) omonim bo’lib turadi. Ular shaklan bir xil bo’lsa-da, bitta so’z emas.Omonim so’zlarning har biri nutqda biror grammatik shakllarni qabul qiladi va shundagina ularning qaysi ma’noni ifodalashi ayon bo’ladi. Agar shunday bo’lmasa, omonimlarning ma’nosini anglab bo’lmay qolar va bu ayrim fikrni tushunishda chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. She’riyatda omonim so’zlar turkiy tuyuq janri uchun xizmat qiladi. Paronimlar faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi , lekin bir xil talaffuz qilinadigan so’zlardir. Masalan: afzal – abzal, fol – pol, bob – bop, tub – tup. Abzal – ot-ulovni egarlash yoki aravaga qo’shish uchun zarur asboblarning jami. Afzal – yaxshi, a’lo, ortiq so’zlarining ma’nodoshi. Daho – kuchli zehn va iste’dod. Daha – shahar tarkibidagi ma’muriy birlik. Amr – buyruq, farmon. Amir – o’tmishdagi davlat rahbari. Paronimlar orfografiya (to’g’ri yozish) va orfoepiya (to’g’ri talaffuz qilish) bilan bog’liq. So’zlarning imlosini yaxshi bilmaslik natijasida poronimlar bilan bog’liq xatolar yuzaaga keladi. Masalan: Ziyoda yodsirab uuularga qaradi. Bu yerda yodsirab emas, yotsirab bo’lishi kerak edi. Paronimlarga misollar: Jayron nega ko’zing to’la yosh? – Jiyron tog’dan tog’ga o’tib qayerga borishini bilmasdi. Soda tabobat va kulinariyada ishlatiladigan bikorbonatdir. Suvga soda qo’shib chayib yuborishni unutmang. – Sodda – jo’n , oddiy: Sodda yoqimli liboslar o’ziga yarashgan qizlar tabassum bilan qarab turardi. Siqim – sig’im, sirop – serob, sudxo’r – sutxo’r, soliq – solih, so’kmoq – suqmoq, tang – tong, uzuk – uzik, urish – urush, undash – undosh, ana – ona. Odatda, og’zaki nutqda talaffuzi bilib-bilmay aralashtiriladigan so’zlar paronimlar deyiladi. Ba’zan ular yozma nutqqa ham ko’chib, nutqiy g’alizlikni yuzaga keltiradi, jumla ma’nosiga putur yetkazadi. Demak, paronim so’zlar savodxonlikka kuchli salbiy ta’sir ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ularning maxsus lug’atlari yaratilgan. Paronim so’zlar talaffuzida ehtiyotkorlik shart. Mustahkamlash uchun savollar: 1.Omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlardan qanday farq qiladi?
Nima niyating bor? Dedim: Haj niyatim bor. Dedi: Onang bormi? Dedim: Bor. Dedi: Bor, qaytib onang xizmatiga bor! Bu so’z menga xush kelmas edi. Dedi: Nega to’lg’onasan ? Men boshyalang, oyoqyalang, yolg’iz va ozuqasiz ellik marta haqilganman. Barchasining savobini senga ato qildim. Sen onanagning ko’ngil shodligini menga ber! Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling