Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


Download 127.06 Kb.
bet1/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


  1. Mavzu : Nutq uslublari . So’zlashuv uslubi

Reja:



  1. Nutq uslablari haqida tushuncha.

  2. So’zlashuv uslubi.

  3. So’zlashuv uslubining turlari.

Tayanch so’z va iboralar: til materiali, uslub, so’zlashuv, oddiy so’zlashuv uslubi, adabiy so’zlashuv uslubi.
Nonvoy bir xil undan turli ko’rinishdaginonlar yopganidek, yoki quruvchi qurilish materiallari – g’isht, qum, ohak, sement kabilardan foydalanib turfa ko’rinishdagi imoratlar qurganidek, so’zlovchi yoki yozuvchitil materialidan turli yo’nalishdagi nutq hosil qiladi. Ba’zi nutqda qo’llanilgan so’z, gap, harakat kabi til birliklari boshqa nutqlarda nisbatan kam ishlatiladi. Boshqa bir nutqning qurilishi, yozilishi, ohangi esa uchinchi nutqdan farq qiladi. Ana shu foydalanish nutqning uslubiy shakllari hisoblanadi. Demak, til birliklaridan ma’lum maqsad yo’lida tanlab foydalanish natijasida nutqimizda hosil bo’ladigan yo’nalishlar nutq uslublari deyiladi. Nutq uslublari tilning aloqaviy mohiyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir. Nutq uslublari nutqiy muomala jarayonida yuzaga keladi. O’zbek tilida nutq uslublari quyidagilar:

  1. So’zlashuv uslubi.

  2. Publitsistik uslub.

  3. Rasmiy-idoraviy uslub.

  4. Ilmiy uslub.

  5. Badiiy uslub.

Har bir uslub o’ziga xos leksik, fonetik, morfologik, sintaktik xususiyatga ega bo’lib , bir – biridan farq qiladi. Shu jihatdan olib qaraganda , har bir uslubning o’z ichki tartib-qoidasi bor.
So’zlashuv uslubi. Bu uslub nutq uslublari ichida eng ko’p ishlatiladigan uslubdir. U asosan og’zaki ko’rinishda bo’ladi. So’zlashuv uslubida nutq birliklaridan erkin foydalaniladi. Aksariyat hollarda Grammatik talab buzilishi mumkin. Asosiy e’tibor mazmunni tinglovchiga yetib borishi hisoblanadi.
Bu uslub ikki turga bo’linadi:

  1. Oddiy so’zlashuv uslubi.

  2. Adabiy so’zlashuv uslubi.

Oddiy so’zlashuv uslubi xalq orasida keng ishlatiladigan og’zaki nutq uslubidir. Unda so’zlovchi talaffuz erkinligiga ( obke-olib kel; zaril-zarur; na’lat-la’nat), Grammatik shaklga amal qilmaslik ( Bordim kecha-kecha bordim) huquqiga ega. So’zlashuv uslubida obrazli ifodalar (oppoq, lo’ppi-lo’ppi paxtalar; shirasi chak-chak tomadi-ya), frazeologik ifodalar (ammamning buzog’iga o’xshaydi, bo’shashgan; og’zi qulog’ida, eshak mingan mulla; qo’rqqanga qo’sha ko’rinar va boshqa), maqollar (avval iqtisod, kiyin siyosat; sabrli bo’lsang, o’sarsan, sabrsiz bo’lsang, to’zarsan) so’roq olmoshi (Kim?, Nima?, Qachon?, Qayerda?), so’roq ohangi (Borganmidi? Borku?), so’roq yuklamasi(-mi, -ku) va so’roq gaplari to’liqsiz gaplar (Olmadim, ko’rdim xolos; Bo’pti, ertaga olarman ), so’z galar (aytdi, ertaga, ancha va hakozo), soda gaplar( Men borib keldim, Magazindan oldim), shevaga xos so’zlar( narvonni oldi-shotini oldi; manga ayttti-menga aytdi, apke-olib kel, ishni chayib qo’ydi-ishni buzib qo’ydi), takror so’zlar ( kelib-kelib sanga aytdimi; yurib-yurib sheka keldi; turib-turib qayttim) qarg’ish, haqorat, kamsitish kabi noestetik so’zlar (la’nati, yer yutgur, ahmoq)dan ko’p foydalaniladi. Bu uslubda nutq asosan dialog shaklida bo’lib , muhit, imo-ishorakabi tildan tashqari(paralingvistik) vositalar ham keng qo’llaniladi.
Oddiy so’zlashuv uslubidagi mazkur xususiyatlar badiiy adabiyotda, kino va sahna asarlarida qahramonning xarakterini ochish maqsadida ular tilidan aytiladi. Misol uchun, Olmas Umarbekovning “Yoz yomg’iri” nomli qissasidan olingan parchaga diqqat qilaylik:
“- Topiladi, - dedi bittasi og’zidagi nosvoyni na’matakka tupirib. – Odam o’ldirarmishu topilmaydimi?
Melisani o’zi bo’lib gapirasan-a, Chilton ?!-e’tiroz bildirdiikkinchi yoshrog’i. –Kecha o’lgan bo’lsa , o’ldirgan odam shu paytgacha mana man deb turadimi? Allaqachon juftakni rostlagan la’nati!
Bo’nidan orqon solib sho’tga bog’lab qo’yish kerak. Shu joyni ko’raverib ko’r bo’lsin. Boshqalar ham ko’rsin. Yaponlar shunaqa qilarmish, men senga aytsam…”
Adabiy so’zlashuv uslubi xalq adabiy tilining keng tarqalgan turi bo’lib barcha sohalarda undan keng foydalaniladi. U adabiy til normalariga mos ishlangan , tartibga solingan tildir. Kundalik o’qish, ish, ta’lim-tarbiya joylarida shu uslubga murojaat qilinadi. Bu uslub ham og’kzaki shaklda uchraydi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Til birliklari ta’sirchanlik imkobyatlarini qaysi nutq uslubida kengroq namoyish eta oladi?

  2. Uslublarning qay birida nutqiy ohang katta ahamiyatga ega?

  3. Publitsistik va badiiy uslublarning qanday o’xshash tomonlari bor?




Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling