Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-Mavzu: Urg’u talaffuzi. Qo’shib yoki ajratib yozish


Download 127.06 Kb.
bet22/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi

23-Mavzu: Urg’u talaffuzi. Qo’shib yoki ajratib yozish

Reja:
1. Urg’u talaffuzi. O’z va o’zlashma so’zlarda urg’u haqida ma’lumot.


2. Qo’shib yoki ajratib yozish. Qo’shma va juft so’zlar imlosi.
3.Ajratib va qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlarhaqida ma’lumot.
Tayanch so’z va iboralar: urg’u talaffuzi, o’z va o’zlashma so’z, qo’shib va ajratib yozish, qo’shma va juft so’z.
Til sohibida o’z qatlam so’zlarining talaffuzi muammo tug’dirmaydi. O’zlashma so’zlarning talaffuzi esa birmuncha murakkab.Uni tinglash , lug’at asosida mashq qilish bilan o’zlashtirish mumkin. So’zlarni urg’usiga rioya qilib talaffuz qilish – madaniy nutq belgisi.
Urg’u ta’sirida yozuvda aks etmaydigan tovush o’zgarishi sodir bo’ladi: direktor - direktr, metod-metd. O’zlashma so’zda urg’u qaysi bo’g’inda bo’lishidan qat’i nazar , urg’u oladigan o’zbekcha qo’shimcha qo’shilganda , urg’uning joyi o’zgaradi: direktor-direktorni, metod-metodga kabi.
Qo’shma so’zlar imlosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

  1. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar: olibsotar, uchburchak, sassiqpopishak. Chunki bunday qo’shma so’zda so’z urg’usi bitta bo’ladi;

  2. Ajratib yoziladigan so’zlar qismining har birida alohida so’z urg’usi bo’ladi: O’zbekiston Respublikasi, boshdan oyoq, olib kelmoq, xarid qilmoq.

Qo’shma so’zlar so’z birikmasidan hosil bo’ladi. Butunlay qo’shma so’zga aylangan so’z birikmalari qismlari qo’shib, endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi: so’zboshi , temir yo’l, osma ko’prik.
Ba’zi qo’shma so’zlarni qo’shib ham ,ajratib ham yozish hollari uchraydi: soch siypatar-sochsiypatar, beshikto’y-beshik to’yi kabi. Juft so’zlar ham ikki xil yoziladi: katta-kichik – katta-yu kichik kabi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Nima uchun urg’u talaffuzi kishisaviyasining oynasiga qiyoslanadi?

  2. O’zlashma so’zlarda urg’uni qanday aniqlash mumkin?

  3. Urg’u ma’no farqlaydigan 5 juft so’z toping va gaplar tuzing.



Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling