Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
- mavzu: Nutqda o’zgaruvchi unlilar. Nutqda o’zgaruvchi undoshlar
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
22- mavzu: Nutqda o’zgaruvchi unlilar. Nutqda o’zgaruvchi undoshlar.
Reja: 1.Nutqda o’zgaruvchi unlilar. 2.Nutqda o’zgaruvchi undoshlar. 3.Imlo va talaffuz nomuvofiqligining sabablari. Tayanch so’z va iboralar: Unlilar, undoshlar, adabiy til, og’zaki nutq, yozma nutq, imlo lug’ati. Adabiy tilning og’zaki nutq va yozma nutq me’torlari farqlanadi. Ilmiy asoslangan adabiy til me’yorlarida talaffuz va imlo qat’iy qoidalari mavjud. Og’zaki ayrim unli harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: kompyuter- kampyuter, mobil-mabil, kino-kiyno. Bunday so’zlardagi unli harflarni yozilganidtk talaffuz qilish og’zaki nutq me’yorlaridan chetka chiqish sifatida baholanadi. Shuningdek, ba’zi unli tovushlar esa aytilganidek yozilmaydi: boho (talaffuzda)-baho (imloda), unuqqan( talaffuzda)-uniqqan (imloda), partret(talaffuzda)- portret( imloda). Ammo vahshiy, falokat, ravshan so’zlarini voxshiy, polakat, rovshan deb talaffuz qilish yoki qanday aytilsa, shunday yozish to’g’ri emas. Og’zaki va yozma nutqdagi bunday muammolarga duch kelganda “O’zbek tilining talaffuz lug’ati”, “O’zbek tilining imlo lug’ati” ga asoslanish kerak. Adabiy tilda barcha so’zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so’zning o’zini ham turlicha yozishga to’g’ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo’lmas, savodsizlik kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko’ra ayrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og’zaki nutqda ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: masxaraboz- masxaravoz, shanba- shamba, pedagog- pedagok. Og’zaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti so’zlarini iqdisod, shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, noto’g’ri emas. Ammo imloda so’zlardagi bu undoshlarning qanday yozilishi imlo qoidalari va lug’atlarda me’yorlashtirilgan. Mustahkamlash uchun savollar: Nima uchun aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar va yozilganidek aytilmaydigan unli harflar “aldoqchi tovushlar” deb yuritiladi? Mumkin, muhim, tuyilmoq kabi so’zlarda ikkinchi bo’g’indagi “i” unlisining “u” ga moyil aytilishini izohlang. Aytilganidek yozilmaydigan undosh tovushlar va yozilganidek aytilmaydigan undosh harflarning talaffuz va imloviy nomuvofiqligi qanday sabablar orqali yuzaga keladi? Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling