Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


– Mavzu: Qo’shimchalar tanlovi


Download 127.06 Kb.
bet29/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi

32 – Mavzu: Qo’shimchalar tanlovi.
Reja:
1. Qo’shimchalarning variantliligi.
2. Variantlarning o’z o’rniga egaligi
3.O’rinli variantni tanlash nutqiy madaniyat belgisi.
Tayanch so’z va iboralar: qo’shimchalar variantliligi, kelishik qo’shimchasi, egalik qo’shimchasi, omonim qo’shimchalar, ma’nodosh qo’shimchalar.
Bir qo’shimcha turli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Masalan, jo’nalish kelishigi ko’rinishlari:-ga, -ka, -g’a, -qa, -a, chiqish kelishigi ko’rinishlari: -dan, -din. Ular qo’shimchalarning variantlari deyiladi. Variantlar o’z qo’llanish o’rniga ega. O’rinli variantni tanlash - nutqiy madaniyat belgisi.
Qo’shimchalarning variantliligini omonimlikdan farqlash kerak.
Nutqiy vaziyatlarda qo’shimchalar ma’nodoshligi ham kuzatiladi. Bunday holda bir necha kelishik shakllari o’zaro sinonim bo’ladi: kelganiga xursand- kelganidan xursand, gapingizga tushunmadim- gapingizni tushunmadim.

Mustahkamlash uchun savollar:


  1. QAysi qo’shimchalar variantlariga ega , qo’shimchalarning variantini o’rinli tanlash nutqiy uslubga qay darajada bog’liq?

  2. Gap juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlardagi qoshimchalar yuzasidan fikringizni bildiring. Labing qirg’og’idan oqqan zaharni Ko’z yummayin ichgum, beshubha. (Shekspir) – Ichgim keldi zilol suvingdan.

  3. Ilon so’zini qaratqich kelishigi shaklida qo’llasangiz, gap mazmunida qanday o’zgarish yuz beradi? Valijon – ilon yog’ini yalagan yigit.



33-Mavzu: Nutqda shakl va mazmun mosligi

Reja:
1. Gaplarning shakl va mazmunan mosligi.
2.Gaplarni ixchamlashtirish
3.Matn mazmunini qisqa ifodalash. Madaniy nutq mezonlaridan biri ekanligi
Tayanch so’z va iboralar: madaniy nut, matn,tugal fikr.
Fikrni ixcham ifodalash – madaniy nutq belgisi. Shuning uchun ilmiy matndagi so’zlar , gaplar miqdorining yuqori chegarasi belgilab beriladi, quyi chegara ko’rsatilmaydi. Fikrni uzun yoki ko’p jumlalar bilan ifodalash madaniy nutq mezonlaridan hisoblanadi.
Boshlab qo’yilgan , uzilib qolgan jumlani mantiqan va usluban to’g’ri davom ettirish ham so’zlovchining mahorati hisoblanadi.
Matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning uzil-kesil, tugal fikr anglatishidir. Matn bayon qilingandan keyin tinglovchida Kim? Qachon? Qayerda? Qanday? kabi qo’shimcha savollarga o’rin qolmaydi. Har qanday matn fikrlar yig’indisi bo’lib , o’zaro uzviy bog’langan mulohazalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Matnning chegarasina yaratuvchi (ya’ni yozuvchi, bayon qiluvchi) belgilaydi. Matn o’z oldiga qo’ygan amaliy maqsadiga ko’ra turlarga bo’linadi.Masalan: yozma va og’zaki matnlar. Ular o’z navbatida yana turlarga ajratiladi. Og’zaki matnlarga diolog matnlar , suhbatlar kiradi. Lekin barcha hollarda ham matnda shakl va mazmun birligi bo’lishi talab qilinadi.

Mustahkamlash uchun savollar:




  1. Matn mazmunini qisqa ifodalashda gaplarni ixchamlashtirishning qanday yo’llari bor?

  2. Har qanday inson zotida qahriga, samimiyatga ehtiyoj bor gapidagi ortiqcha so’zni olib tashlansa , fikr mazmuni qanday o’zgaradi?

  3. Berilgan nasriy bayondagi fikrni she’riy jumlaga aylantirishga harakat qiling. Do’stlik shunday bir daraxtki, urug’i vafo, shoxlari umid, yaproqlari saodatdir. Do’stlik bir shahardirki, kaliti ishonch, aholisi vafodorlardir.

Do’stlikni o’z hayotingizdan haydab solish – zaminni quyoshsiz qoldirish bilan barobar.


Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling