Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
Asliga to’g’ri (muhr)
Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’ibor berish lozim: Xat qisqa bo’lishi, qoidaga ko’ra bir betdan oshmasligi kerak. Fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart. Matnda ko’chma ma’noli so’z va iboralar ishlatilmasligi zarur. Gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik yoki ko’plik sonda shakllantirilishi lozim. Matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi , “to’g’risida” yoki “haqida” ko’makchilari orqali tugatilishi kerak. Matnda xizmat xatining turi , nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur. Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi , yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi zarur. Zarur hollarda o’rinli taklif yoki e’tiroz bildirilishi mumkin.Amo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi , murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko’ra ikki turli bo’ladi. Kundalik turmushda , asosan, oilaviy yoki do’stona munosabatlarni ifodalovchi xat , maktub keng qo’llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi , matn mazmunining ichki kechinmalarga , hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy so’zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari , do’stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo’lib , ularda davlat boshliqlari , diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg’a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish , rasmiy uchrashuvlarda ko’satilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me’yoriga to’la amal qilinadi. Mustahkamlash uchun savollar: Shaxs hayotida xatlarning o’rni haqida gapiring. Xatlarning turini sanang. Rasmiy xat xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz? Rasmiy xat turlarini ayting. Shaxsiy xat turlarini bilasizmi? Yaqin kishingizga ijtimoiy mazmunga ega bo’lgan xat yozing. Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling