Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-Mavzu: Nutqdagi taqiqlar. Yumshoq va qattiq ifodalar


Download 127.06 Kb.
bet24/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi

25-Mavzu: Nutqdagi taqiqlar. Yumshoq va qattiq ifodalar
Reja:
1. Nutqdagi qo’rquv, andisha, hurmat asosidagi taqiqlarhaqida ma’lumot.
2.Yumshoq va qattiq ifodalar.
3.Muloqot madaniyatidagi taqiqlar.
Tayanch so’z va iboralar: nutqdagi taqiqlar, yumshoq va qattiq ifodalar, muloqot madaniyatidagi taqiqlar.
Madaniy nutqning o’z qoidalari bor. Nutqda ayrim tushunchalarni jamiyat madaniy me’yorlariga ko’ra ochiq aytish mumkin emas. Bu nutqiy “taqiq” ( u fanda polineziya tilidan oilngan “tabu” so’zi bilan nomlanadi) deyiladi. Ular o’rniga “yumshoq”, “qog’ozga o’ralgan”, ya’ni madaniy ifodalar qo’llanadi. Nutqdagi “taqiq”larqo’rquv asosida ( chayon so’zi o’rnida gajak, o’lmoq so’zi o’rnida ketmoq so’zlari qo’llanishi), uyat asosida (tug’moq-farzandli bo’lmoq, hurmat asosida (sen-siz, bor-boring kabi) bo’ladi. Masalan:

  1. Ko’r ko’rni qorong’ida topadi.

  2. Dardingni vaqti o’tsa ,

Tabibdan o’pkalama.

  1. Bukrini go’r to’g’rilaydi.

  2. Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi.

  3. It izzatni bilmas ,

Eshak – tarbiyatni.

  1. Olmaning tagiga olma tushadi.

Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib ifoda etadi. Fikrni og’ir botmaydigan , tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash vositalari evfemizm (grek tilida bu so’z “yumshoq gapirmoq ma’nosida qo’llangan.) deyiladi. Maslan , yomon bo’libdi degandan ko’ra yaxshi bo’lmabdi deyish , kasal ifodasidan ko’ra mazasi yo’q deyilsa, kishi ko’ngliga qattiq botmaydi. Evfemizmni o’rinli qo’llash kishining madaniyatliligini bildiradi.Turmush o’rtog’ining ismini aytmaslik (masalan , dadasi, dadajonisi, oyisi deyish yoki katta farzandining ismi bilan chaqirish ), sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin.
Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so’z “qo’pol gapirmoq ‘ ma’nosida qo’llangan ) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi tushunchasi uchun qo’llangan rasvo bo’libdi, kasal tushunchasi uchun qo’llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga misol. Nutqda disfemizmni ko’p qo’llash kishining madaniyatsiz ekanini ko’rsatadi.
Demak , disfmizm va evfemizm ikki chekkada , betaraf ifoda esa ular o’rtasida turadi: joni chiqdi-o’ldi-uzildi kabi.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Taqiq” so’zlar til odobi uchun qanday ahamiyatga ega?

  2. “Taqiq” lardagi “parda” lab gapirish va qo’pol ifodalash xususiyati hayotdagi qanday vaziyatlarda uchraydi?

  3. Quyidagi rivoyat bilan tanishib, o’z fikringizni bildiring.

Husayn Boyqaro safardaligida sevimli xotini vafot qiladi. Xabarchi shohga borib : “Xotiningiz o’ldi”, deya olmasligini aytib, Navoiyga maslahatga keladi. Navoiy: “ Sarvigulning soyasida so’ldi gul, netmoq kerak?”jumlasi bilan murojaat qilishni o’rgatadi. Xabarni eshitgan shoh osoyishtalik bilan “Sarvdin tobut yasab , guldin kafan bichmoq kerak” degan nozik va yumshoq javobni berib, buni Navoiyga yetkazishni topshiradi.


Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling