Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti. R va MA fakulteti Mabil aloqa kafedrasi Mobil aloqa tizimlarida radiouzatish va radio qabul qilish qurilmalari Muallif: Islomqulov Abrorbek Mavzu: Raqamli tizimlarda raqamli signallarni detektorlash usullari Raqamli signallar Analog signallarni raqamli signallarga almashtirish ko‘p hollarda bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bular qatoriga ularni uzatish, xotirada saqlash, ishlov berish kabi jarayonlar kiradi. Raqamli signallar uzluksiz (analog) signallarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bulardan biri ularning yuqori darajada xalaqitbardoshligidir. Uzluksiz signalga kuchsiz xalaqit ta’sir etgan bo‘lsa ham uni asl holida aniq tiklash mumkin emas. Chunki uzluksiz signal va unga ta’sir etayotgan xalaqit bir-biridan shaklan farqlanmaydi. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Analoq va raqamli signallarning farqi va grafik ko’rinishi Detektorlash usullari Detektorlash jarayoni modulyatsiyaga teskari jarayon bo‘lib, detektorlash natijasida modulyatsiyalangan signaldan uning modulyatsiyalangan informatsion parametri ajratib olinadi, ya’ni xabar ajratib olinadi. Detektorlashni amalga oshiradigan qurilma detektor deb ataladi. Detektorlash xarakteristikasi kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisini tashuvchining axborot parametriga bog‘liqligi hisoblanadi. AMda axbrot parametri amplituda, ChMda chastota, FMda faza hisoblanadi Detektorning asosiy xarakteristikasi uning detektorlash xarakteristikasi hisoblanadi: 1. Amplitudasi modulyatsiyalangan signallar detektori (AD)ning detektorlash xarakteristikasi deb, detektor chiqishidagi tok doimiy I0 matini uning kirishidagi yuqori chastotali signal amplitudasi Uw ga bog‘liqligi,I0 = F(Uw) ga aytiladi. 2. Chastotasi modulyatsiyalangan signallar detektori (ChD)ning detektorlash xarakteristikasi deb, uning chiqishidagi kuchlanish Uch ni signal chastotasi o‘zgarishi ∆w ga bog‘liqligi Uch=F(∆w) ga aytiladi. 3. Fazasi modulyatsiyalangan signallar detektori (FD)ning detektorlash xarakteristikasi deb, uning chiqishidagi kuchlanish Uch ni signal fazasi o‘zgarishi ∆f ga bog‘liqligi Uch=F(∆f) ga aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |