Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-MAVZU: Nazorat ishi. Insho va uning tahlili
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-MAVZU: Mustaqilo’qilgan asarlar muhokamasi. Takrorlash Reja
- Tayanch so’z va iboralar
44-MAVZU: Nazorat ishi. Insho va uning tahlili
Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: Oquvchilar savodxonligini oshirish. 2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar ongida she’riyatga muhabbat uyg’otish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Darsning usuli: yozma nazorat, suhbat Darsning jihozi: darslik, adib kitoblari. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: II. Yangi mavzu bayoni. Imlo xatolar ustida ishlash. Uslubiy xatolar ustida ishlash. Ishoraviy xatolar ustida ishlash. O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning bayonida uchragan imlo xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi. O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi. Imlo xatolar ustida ishlab bo’lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy qoidalar takrorlanadi. Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan bo’lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar takrorlanadi. 45-MAVZU: Mustaqilo’qilgan asarlar muhokamasi. Takrorlash Reja: 1.Mustaqil o’qilgan asarlar ro’yxatini tuzish. 2.Mustaqil o’qilgan asarlar qahramonlari ro’yxatini tuzish. 3.Mustaqil o’qilgan asarlar mavzusi va g’oyasini aniqlash Tayanch so’z va iboralar: Badiiy adabiyot, so'z san’ati, asarlarning mavzu va g’oyasi, asar qahramonlari. Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so‘zdir. O‘zi ko‘zga ham ko‘rinmaydigan so‘z yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalar, balki boshdagi o‘ylar, ko‘ngildagi sezimlargacha ifodalash mumkin. Shuning uchun ham san’at turlari orasida adabiyot alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘y-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda to‘laroq aks ettiriladi. Respublikamiz Prezidentining “Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak” degan so‘zlari bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, badiiy adabiyotda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, siz «Alpomish» dostonini o‘qiyapsiz. Bilasizki, asardagi voqealar bundan minglarcha yillar oldin qayerdadir, kimlar bilandir ro‘y bergan, ehtimol, hech qachon bo‘lmagandir ham. Asar qahramonlari sizga qarindosh ham, yaqin ham emaslar. Lekin ularning taqdiri sizning taqdiringizga, ularning tuyg‘ulari siznikiga qo‘shilib ketadi, o‘zingizni ulardan ayri tasavvur qilolmaysiz. Doston qahramonlari taqdirining, umuman, badiiy asarning tuyg‘ularingizga bunchalar qattiq ta’sir ko‘rsatishi, sizning sezimlaringizni bezovta qilishi sababi haqida beixtiyor o‘ylab qolasiz. O‘zbek tilida funksional omonimlarning ko‘pligi tilimizning tag ma’nolarga to‘lib-toshuvini ta’minlagani, agar bir so‘zni bir necha ma’noda qabul qilish imkoni bo‘lmaganda, hozirgina sizni o‘ylantirgan timsol yaratilmasligi haqida o‘ylaysiz. Shoirning so‘zni tuyish qobiliyatiga tan berasiz. Faxriyor chizgan she’riy manzarada ilm-fan beradigan xulosalarda bo‘lmagan insoniy sezimlar, kechinmalar borligini anglaysiz. Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan birgalikda tuyg‘u, hissiyot qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkorning betaraf bo‘lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar yaratiladigan holat inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so‘ng paydo bo‘ladi. Adibning tuyg‘ulari nechog‘lik kuchli, ko‘zi qanchalar o‘tkir, tili qanchalik boy bo‘lsa, o‘quvchi uning asari ta’siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta’sirchan bo‘lishi uning obrazliligiga bog‘liq. Adabiyot keng ma’noda ilmiy va badiiy singari ikki turga bo‘linadi. Ilmiy adabiyot tushunchasi inson aqlining mahsuli bo‘lmish ijtimoiy ahamiyatga ega har qanday yozma asarni o‘z ichiga oladi. Texnikaviy, ilmiy, ma’rifiy, publitsistik, memuar, tarixiy, ensiklopedik, lug‘atshunoslik va boshqa yo‘nalishdagi adabiyotlar ilmiy adabiyot tushunchasiga kiradi. Ilmiy adabiyot kishining aqlini o‘stirib, uning bilimlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Badiiy adabiyot tushunchasi esa o‘z ichiga olamni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lmish badiiy asarlarni oladi. Bu xil asarlar nimanidir o‘rganish, bilib olish uchun emas, balki inson qalbining tovlanishlarini tuyg‘ularining ranginligini his etish, uning quvonchu iztiroblarini tuyish uchun o‘qiladi. Shu bois kishilar tomonidan o‘qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko‘zda tutilib yaratilgan bitiklar badiiy adabiyot bo‘ladi va adabiyot atamasi asosan shu ma’noda qo‘llaniladi. Olimlarning ko‘rsatishlaricha, badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga (kuylash uchunmi, sahnada ko‘rsatish uchunmi yoki o‘qish uchunmi) va nimani ifoda etishiga (tuyg‘uni, tuyg‘uning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan voqeani yoki obrazlarning bevosita harakatlarini) qarab lirik, epik, dramatik kabi turlarga bo‘linadi. Bu adabiy turlarning har biri ham, o‘z navbatida, bir qancha janrlarga bo‘linib ketadi. Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli — xalq og‘zaki ijodi (folklor) bo‘lib, uning o‘zi ham dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar, maqollar, topishmoqlar singari qator janrlarga ajraladi. Og‘zaki adabiyot, nomidan ham anglatib turganidek, og‘zaki ravishda yaratilgan bo‘ladi va uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlab bo‘lmaydi. Muallifining noma’lumligi, yillar mobaynida turli aytimchilar tomonidan sayqallanib, takomillashib, mukammal shaklga ega bo‘lish xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilardir. Og‘zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajargan. Yozuvchilar ijod sirlarini aytimchilardan(og‘zaki adabiyot) qolgan asarlar asosida o‘rganishgan. Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki milliy adabiyot milliy ruhni aks ettiradi. Milliy ruhni to‘laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa birorbir vosita badiiy adabiyotga teng kelolmaydi. Shuning uchun ham adabiyoti bo‘lmagan millat unutilishga mahkumdir. Bilasizki, badiiy adabiyotning quroli so‘zdir. Turli bosqinchilar uzoq yillar mobaynida turkiy millatlarni o‘zlariga qo‘shib, singdirib olish yo‘li bilan yo‘qotib yuborishga urindilar. Ular chegaralarni, saltanatlarni yo‘qota oldilar. Lekin tilimizni yo‘q qilolmadilar. Chunki turkiy ota tilimiz faqat o‘zaro so‘zlashuv vositasigina bo‘lib qolmay, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Fuzuliy, Maxtumquli, Ogahiy, Abay singari adiblarning asarlari yaratilgan til ham edi. Turkiy tilda yaratilgan bu asarlarda turkiy xalqlarning otashin ruhi ham aks etgandi. Ma’lumki, ruh abadiydir. Milliy ruhi saqlab qolingan millat esa yashayveradi. Negaki, millat o‘z adiblari va ularning asarlariga tayanib, o‘z milliy ruhini tiklab olaverdi. O‘z ruhiyatiga ega millat hech qachon o‘zligidan voz kechmaydi. Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling