Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-Mavzu: Nazorat ishi va tahlili. Insho
Download 130.51 Kb.
|
Nutq uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-Mavzu: Madaniy nutqning grammatik va punktuatsion me’yorlari. Ortiqcha qo’shimchalar
30-Mavzu: Nazorat ishi va tahlili. Insho
Reja: 1.Insho yozish qoidalari bilan tanishtirish. 2.Insho rejasini tuzish 3. Nazorat ishi tahlili. Aziz o’quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga e’tibor bering: Tuzilayotgan jumlalarning lo’nda va aniq bo’lishiga alohida e’tibor berib borish kerak. Insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan chambarchas bog’liq ekanligini hech qachon unutmang. Insho mavzusi bilan bog’liq materiallarni bayon qilayotganingizda izchillikka qattiq rioya qiling. Insho mavzusiga aloqador shaxslarning nomlarini , badiiy asarlardan olingan parchalarni , tarixiy faktlarni , toponimik atamalarni yozishda amaldagi imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko’ring. Inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling. Tinish belgilarining ishlatilish o’rniga diqqat qiling. Ularning shakllari aniq va ko’rinarli bo’lsin. Insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilsin. 31-Mavzu: Madaniy nutqning grammatik va punktuatsion me’yorlari. Ortiqcha qo’shimchalar Reja: 1. Qo’shimchalarning ortiqchaligi va takroriyligihaqida ma’lumot. 2. Ortiqcha qo’shimcha ortiqcha “yuk ” ekanligi 3.Tejam qo’shimcha qo’llashda muhimligi. Tayanch so’z va iboralar: qo’shimchalarning ortiqchaligi, ortiqcha qo’shimchalar, grammatik me’yor, punktuatsion me’yor, tejam qo’shimcha. Qo’shimchalarning ortiqchaligi nutq madaniyatiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, o’nta o’quvchilar birikmasida ko’plik qoshimchasi ortiqcha. Ko’plik qo’shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tashqari turli qo’shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodlashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko’rsatilgan holatlarda bu qo’shimchaning qo’llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o’nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko’plikni ifodalovchi –lar qo’shimchasi noto’g’ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to’g’risi o’nta kitob bo’lishi kerak. Qo’shimchalarning takroriyligi , ortiqcha qo’shimcha nutq uchun ” yuk” hisoblanadi. Qo’shimchalarni qo’llashda ham nutqiy tejamkorlikka rioya qilish lozim. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar: Qo’shimchalarni ba’zan takrorqo’llashning o’ziga xosligi nimada? Sizningcha , bu to’g’rimi yo noto’g’rimi? Qo’shimchalarning tejalishi , asosan , qaysi nutq uslubida ko’proq uchraydi? Quyidagi jumlada qaysi qo’shimcha bir marta ishlatilsa, uslubiy jihatdan to’g’ri bo’ladi? O’zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 1- bosqich talabasi Muhayyo Usmonovaning amaliyot ishlari uchun tutgan daftari. Download 130.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling