Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


Download 130.51 Kb.
bet27/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

Tayanch so’z va iboralar:maqol, matal, ixchamlik, nutq vaziyati.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Masalan, Shamol bo’lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta tushguncha to’nka dam olar.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi , donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo’ladi.
So’zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi.
Maqollar fikrni ta’sirchan , bo’yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan o’rinli foydalanish so’zlovchining mahorati sanaladi.
Maqol – xalq og’zaki ijodi janri, shu bilan birga , til birligi ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko’lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo’ladi, shuning uchun , ko’pincha , bir-birini inkor etadi. Yaxshilik qil, umidvor bo’l. – Yaxshilik qil – unut.
Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi.
Matallar .Grammatik jihatdan gap bo’lagi holida shakllangan, to’g’ri ma’noda qo’llaniladigan , xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.Masalan,
Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’.
Qimirlagan qir oshar.
Hikmatli so’zlar. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa , obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so’zlar (aforizmlar) deyiladi.
Masalan,
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
(A.Navoiy)
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Nutq jarayonida maqollar va hikmatli so’zlarni qo’llash qanday ahamiyat kasb etadi?

  2. Ular nutq vaziyatini yumshatishga qay darajada xizmat qiladi?

  3. Mumtoz adabiyotda maqol qo’llash bilan bog’liq qanday she’riy san’at yaratiladi?


29- Mavzu: Tasviriy ifoda – ko’tarinki nutq vositasi
Reja:
1.Tasviriy ifoda nomning bo’yoqdor varianti ekanligi.
2.Tasviriy ifodaning uslubiy chegarasi.
3. Tasviriy ifodaning so’zga tengligi va teng emasligi, shakldosh tasviriy ifodalar.
Shaxs , narsa-buyum, voqea-hodisalarni tasvirlash yo’li bilan bildiradigan so’z birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi.Tasviriy ifodalar so’zning ma’nosini oydinlashtirish , matnni badiiylashtirish , takrorning oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. Masalan:
Mexanik-haydovchilar – po’lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari;
Pomir – dunyo tomi;
Bunker – po’lat etak;
Farg’ona – yashil vodiy;
Prezident – xalq oqsoqoli;
Traktor - po’lat ot;
Pilla – kumush tola;
Ekinning qoni – suv;
Zangori olov – gaz alangasi;
Oq oltin tog’lari – paxta uyumlari;
Ilm kaliti – kitob;
Dala malikasi – makkajo’xori;
Mo’yqalam sohiblari – rassomlar.
Tasviriy ifoda-narsalar nomining bo’yoqdor muqobili bo’lgan birikma.U uslubiy chegaralangan, ko’proq publitsistikaga xos:1.Yoshlarning aql gimnastikasiga qiziqishlari ortib bormoqda.2. Oltin qanot qushlar uchsin. Tasviriy ifoda tushunchani bildirishi bilan so’zga teng,lekin bo’yoqdorligi bilan farqlanadi.
Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Nutq jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini yaratishda tasviriy ifoda qanday ahamiyatga ega? Odatda , qaysi so’z turkumlarida ko’proq tasvirlab ifodalash uchraydi?

  2. “Osmonning ko’z yoshlari qalbimga tomchilaydi” gapi misolida tasviriy ifodaning inson ruhiyati bilan bog’liq jihatini izohlashga urining.

  3. Quyidagi tasviriy ifodalar qatorini davom ettiring.

Yaylov bahhodirlari, spotimiz malikalari, asr vabosi.


Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling