Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-MAVZU:”Devoni lug’otit - turk” izohli lug’at va qomusiy asarsifatia
Download 130.51 Kb.
|
Nutq uslublari
49-MAVZU:”Devoni lug’otit - turk” izohli lug’at va qomusiy asarsifatia
Reja: 1.”Devoni lug’otit - turk”asarida badiiy durdonalarning o’ziga xos tarzda ifoda etilgani . 2. Mehnat va marosim qo’shiqlari. 3. “Alp Er To’nga” marsiyasi. Tayanch so’z va iboralar:”Devoni lug’otit - turk”, “Alp Er To’nga”, marsiya, marosim qo’shiqlari «Devonu lug‘ot at-turk»dagi ko‘pgina qo‘shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan – turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan. Qo‘shiq atamasi ham ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan. Muallif unga she’r, qasida deb izoh bergan. Xalq qo‘shiqlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Unda shodlik va g‘am, o‘yin-kulgi va qayg‘u-hasrat, ko‘tarinkilik va tushkunlik, turli marosimlar: to‘y, farzand tarbiyasi (alla), o‘tganlar yodi tasvirlanishi mumkin. Tabiiyki, inson mehnati ham ularning yetakchi mavzusidir.Yana bir turkum qo‘shiqlar bevosita farzandlar va, umuman, jamiyat a’zolarining ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan. Munozara o‘ziga xos adabiy janr bo‘lib, u asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi. Munozaradagi ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo‘ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning «Bang va Chog‘ir», Yaqiniyning «O‘q va Yoy», shuningdek, Nishotiyning «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang» munozaralari bu janrning o‘zbek adabiyotidagi go‘zal namunalaridir. «Qish va Bahor » munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Mahmud Koshg‘ariy «Qish va Bahor» munozarasiga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning izohiga dalil tarzida keltirilgan. Tabiatdagi bu jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks etgan. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik istagi kabi insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat berilmoqda. Adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi jonlantirish deyiladi. Mahmud Koshg‘ariy keltirgan «Qish va Bahor» munozarasida ana shu tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi. Har ikki fasl to‘la «tilga kiradi». Ular bir-biriga tegishli bo‘lgan xususiyatlarni go‘yo «fosh etadi». Bunda biroz bo‘lsa-da, kuzatuvchi-muallif nuqtayi nazari ham ko‘rinib qoladi. Ayniqsa, «Qish yayg‘iru savlanur» («Qish Bahorga qarab maqtanadi»), «Yay qish bila qarishti» (Bahor Qish bilan qarshilashdi») misralari bilan boshlanadigan to‘rtliklarda shu holat mavjud. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»idagi she’riy parchalarning asosiy qismi xalq og‘zaki ijodi mahsulidir. Ular shakliga ko‘ra, asosan, ikkilik, to‘rtliklardan tashkil topgan. To‘rtliklar, asosan, a-a-a-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega. Ular orasida a-b-a-b ko‘rinishidagi qofiyalar ham uchraydi. To‘rtliklarning hamma misrasi o‘zaro qofiyadosh bo‘lgana-a-a-a namunalar ham mavjud. Murabba’ shakli a-a-a-b ham asarda keng qo‘llangan.«Alp Er To‘nga marsiyasi», «Qish bilan Bahor» munozarasi shu shakldadir. «Devon»dagi she’riy parchalar, asosan, barmoq vaznida Ayrim namunalar aruzning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xildir.O‘xshatish, sifatlash, qarshilantirish, jonlantirish vaqiyoslar ularda tez-tez ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina ifodalar sodda, ixcham, lekin quyma va ta’sirchan. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...» («Yomg‘ir va seldan qoq yerlarning barchasi ko‘l bo‘ldi...») to‘rtligi boshdan oxirgacha jonlantirishga tayanadi. «Qish bilan Bahor» munozarasida ham xuddi shunday tasvirni ko‘ramiz. «Bulnar meni ulas ko‘z...» [«Xumor ko‘zli (go‘zal) meni asir qiladi...»] to‘rtligida esa sifatlash asosiy o‘rin tutadi. Ko‘z, mengiz (xol), yuz o‘ziga xos sifatlashlar (ulas, qara, qizil) bilan ziynatlangan. Boshqa to‘rtliklarda esa o‘xshatish, mubolag‘a, ta’did, tazod,tanosub singari badiiy tasvir vositalari tez-tez qo‘llanganini ko‘rish mumkin. She’rlarda qofiyalarga katta e’tibor berilgan. «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligida she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan unsurlardan biri ham qofiyadir. Undagi o‘ldimu– qaldimu–aldimu so‘zlari to‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan ajralib turadi. Bular qadimgi xalq qo‘shiqlarining takrorlanmas badiiyatiniyuzaga chiqargan omillardir.Bu an’analar keyingi asrlarda yanada takomillashgan, rivojlangan holda davom etadi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: “Devon”dagi badiiy parchalar qaysi davrga mansub? “Devon”dan kektirikgan she’riy parchalar qanday mavzularda ekanligini ayting va misollar bilan izohlang. “Devon” dagi she’rlarning janrlarini aniqlashga harakan qiling. Download 130.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling