Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
Download 130.51 Kb.
|
Nutq uslublari
3-Mavzu: Rasmiy uslub
Reja:
Rasmiy-idoraviy uslub haqida tushuncha. Leksik xususiyat. Grammatik xususiyat. Uslubning hujjatchilik xarakteri. Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy-boshqaruv tizimi, ish qog’ozlari, Grammatik xususiyat, ish qog’ozlari leksikasi, atamalar. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi deb ham ataluvchi bu uslub ma’muriy-boshqaruv tizimi(Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, Oliy Majlis, boshqarma, hokimiyat va boshqa tashkilotlarning ma’muriyati , soliq, miloya, huquq-tartibot organlari hamda boshqa joylar )da ko’p ishlatiladi. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi hozirgi o’zbek adabiy tilining ma’muriy va yuridik ishlarda amal qiiadigan bir ko’rinishidir. Qonunlar matni , prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, hokimliklar qarorlari, tashkilotlar buyruq, farmoyish va qo’llanmalari , shartnomalar, dalolatnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, yuridik xarakterdagi og’zaki axborotlar , ma’lumotlar rasmiy-idoraviy uslubda tayyorlanadi. Mazkur uslubning asosiy xususiyati ,eng avvalo, hujjatchilik xarakterida ko’rinadi. Ya’ni bu uslubdagi matnlar ma’lum yuridik hujjat asosida tayyorlanadi. Masalan, oddiy ariza matnini olib ko’raylik. Uning yo’naltirilgan qismida ariza bilan kimga murojaat qilayotganimiz ko’rsatiladi:Farg’ona shahar kasb-hunar maktabi direktoriN.To’xtasinovaga oshpazlik yo’nalishi 55-guruh o’quvchisi R.Sobirovdan .Mazkur gapdagi barcha til birliklaridan anglashiladigan mazmun yuridik hujjatga asoslanadi. Shuningdek, rasmiy uslubda fikr aniq ifoda qilinadi, bir xil qolip va tayyor sintaktik birliklardan ham keng fodalaniladi, Masalan, deyarli barcha ariza, bildirishnoma, tushuntirish xati va tilxatlarning dastlabki qismi o’xshash bo’lishi mmkin. Masalan, “ … ga …dan “ (ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma va hakozo). Fikrni sodda , qisqa, aniq ifoda etilishi rasmiy ish qog’ozlari uslubining asosiy talablaridir. “ Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirishga ruxsat olgan ishchi va xizmatchilarga ish haqlari saqlanmagan holda ta’til beriladi. Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirishga ruxsat olganlar 15 kalendar ish kuni davomida ish haqlari va joylari saqlanadi. O’quv yurti joylashgan yerga kelish va qaytib ketish vaqti bu hisobga kirmaydi.”(Mehnat kodeksi, 223-modda). Rasmiy ish qg’ozlari uslubi vazifaviy uslublari doirasidagi boshqa uslublardan lug’aviy va Grammatik xususiyatlari jihatidan ham farqlanadi. Ushbu uslub leksikasi asosan kitobiy va xolis (neytral) so’zlardan iborat bo’lishi bilan birga shu uslub bo’yog’iga ega bo’lgan “yuqorida ko’rsatilganlar”, “quyida imzo chekuvchilar”, “…ga yo’llanadi”, “bajarish maqsadida”, “qabul qilib oluvchi”, “yetkazishingiz so’raladi”, “…ga asosan”, “bajarishni ta’minlash”, “vazifasini bajaruvchi”, “…ruxsat berishingizni so’rayman” kabi so’z va turkum birikmalarni ham o’z ichiga oladi. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi leksikasining yana bir xususiyati unda (yuridik-diplomatik , ma’muriy va boshqalar) atamalarning mavjudligidir. Bular quyidagilardir: farmon, qaror, farmoyish, buyruq, aloqa xati, dalolatnoma, bildirishnoma, ma’lumotnoma ,bayonnoma va hakozo. Mazkur uslubdan ko’proq ma’muriy-boshqaruv , huquq-iqtisod va adliya sohalarida qo’llanilgani uchun u ko’p janrli uslub sanaladi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Rasmiy-idoraviy uslub haqida ma’lumot bering. Unda qanday so’z va qoliplar ishlatiladi? Rasmiy ish qog’ozlarida ko’proq qaysi so’z turkumidagiso’zlar ishlatiladi? Download 130.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling