Ma'lumotlar modeli bo'yicha tasniflash
Misollar: Ierarxik, Ob'ektli va ob'ektga yo'naltirilgan, Ob'ektli-relyatsion, Relyatsion, Tarmoqlik, Funktsional.
Doimiy saqlash muhiti bo'yicha tasnifi
Ikkilamchi xotirada yoki odatdagi turda (conventional database): doimiy saqlash vositasi periferik xotira (ikkilamchi xotira) - odatda qattiq disk.
Operativ xotiraga: MBBT faqat joriy qayta ishlash uchun ma'lumotlarni keshga joylashtiradi.
Operativ xotira ichida (in-memory database, memory-resident database, main memory database): bajarish bosqichidagi barcha ma'lumotlar operativ xotirada joylashtiradi.
Uchinchi darajali xotirada (tertiary database): bu odatda magnit lentalar yoki optik disklarga asoslangan serverdan ajraladigan ommaviy saqlash qurilmasi.
Tarkibni bo'yicha tasnifi
Misollar: Geografik, Tarixiy, Ilmiy, Multimediali, Mijozlar uchun.
Tarqatish darajasi bo'yicha tasniflash
Markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi (centralized database):: bitta kompyuterda to'liq qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumotlar bazasi.
Tarqatilgan ma'lumotlar bazasi (distributed database) - uning tarkibiy qismlari ba'zi bir mezonlarga muvofiq kompyuter tarmog'ining turli tugunlarida joylashgan.
Bir hil emas (heterogeneous distributed database): turli tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining qismlari bir nechta MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi.
Bir hil (homogeneous distributed database): turli xil tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining fragmentlari bir xil MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi.
Parchalangan yoki bo'lingan (partitioned database): ma'lumotlarni tarqatish usuli vertikal yoki gorizontal ravishda parchalanadi.
Replikatsiya qilingan ma'lumotlar bazasi (replicated database): ma'lumotlarni tarqatish usuli replikatsiya (tirajlash) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |