O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
Download 186.55 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid qonun hujjatlari va ulardan foydalanish tartibi
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarKirish : 1.Mulkiy munosabatlar hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslari2.Fermerlik harakatiga oid munosabatlarni tartibga solishda foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati3.Fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid qonun hujjatlari va ulardan foydalanish tartibi4. “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun mohiyati5.Fermerlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichlariXulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida oʻzining iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari bilan yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bugun mamlakatimizda islohotlarning yangi davri 2017-2021-yillarga moʻljallangan Xarakatlar strategiyasi doirasida jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlab oʻtganidek, “... biz iqtisodiyotimizni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish va shu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam oʻrin egallashga asosiy eʼtibor qaratmoqdamiz. ...”1 Bugungi va ertangi taraqqiyotimiz bevosita bogʻliq boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasidagi tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qoʻllab-quvvatlash bilan birga, paxta va gʻalla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha izlanishlarimizni davom ettiramiz”2. Ayniqsa, qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishda anʼanaviy yondoshuvlardan voz kechib, dehqonlar daromadini koʻpaytiradigan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni yetishtirishga investitsiyalar jalb qilinmoqda. XX asrning soʻnggi choragiga kelib qishloq xoʻjaligida qadim anʼanalarga, boy tajribaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining agrar sohasida keskin muammolar mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq “Yer toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa normativ aktlar asosida qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer maydonlarini uzoq muddatga ijoraga berish boshlandi. Yerni uning egasi boʻlgan dehqonga berish, fermer xoʻjaliklarini barpo etish orqali qishloq xoʻjaligida tub oʻzgarishlar amalga oshirila boshlandi. Xususan, “Yer kodeksi”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Shirkat xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi (1998y 30-aprel)hamda “Yer kadastri toʻgʻrisida”gi, “Yer toʻgʻrisida”gi qonunlarning qabul qilinishi qishloq xoʻjaligidagi islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “2016—2020-yillar davrida qishloq xoʻjaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bu boradagi islohotlarning uzviy davomi boʻldi. Unga koʻra, 2016—2020-yillar mobaynida 170,5 ming gektar paxta va 50ming gektar gʻalla maydonlari oʻrniga oziq-ovqat ekinlari eqilishi belgilanib, joriy yilning oʻzida paxta maydonlari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Sohada olib borilayotgan tub islohotlar samarasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 99,0 foizdan ortigʻi fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilmoqda. Qishloq xoʻjaligida yutuqlar bilan birga koʻplab muammolar ham mavjud. Xususan, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tizimga bozor mehanizmlarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini barqaror oshirib borish va yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar uchramoqda. Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling