O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun mohiyati
Download 186.55 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
4. “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun mohiyatiOʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga asosan paxta va gʻallachilikga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari shakllandi. 2004-yil 26-avgustda qonunga oʻzgarishlar kiritilib yanada takomillashtirildi. 2018-yil 18-aprelda qonunga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi. Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Fermer xoʻjaligi bank muassasasida hisob-kitob varagʻi va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli; 11-moddaning matni quyidagi tahrirda Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi. Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari oʻtkazilgan tanlov yakunlariga koʻra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xoʻjaligining boshligʻi va tuman hokimi tomonidan imzolanadi. Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. 13-moddaning yettinchi qismiga Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul qilingan, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini oʻzining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga koʻra ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin. 17-modda:mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi; ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi; Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qoʻyilganda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan uning tashqiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin deb amaldagi qonunga oʻzgartirishlar kiritildi. 5.Fermerlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichlariQishloq xoʻjaligini bozor munosabatlari sharoitidarivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda ularning mustaqilligini taʼminlash boʻyicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Islohotlarning dastlabki bosqichida fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularni yetakchi kuchga aylantirish boʻyicha huquqiy asoslar yaratildi. Natijada fermer xoʻjaliklarining rivojlanishiquyidagi bosqichlarda amalga oshirib borildi.1991-1998-yillarda fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va faoliyat yuritishining asosiy meʼyoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi.1999-2002-yillarda zarar bilan faoliyat koʻrsatayotgan shirkat xoʻjaliklarini tugatilib, ularningnegizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish jarayoni rivojlandi. 2003-2008-yillardaqishloq xoʻjaligi sohasidagi subyektlarga qaragandafermer xoʻjaliklari har tomonlama ustuvorlikni taʼminlab samaraliyoʻnalish sifatida oʻz rivojlanish yoʻlini tanlab oldi.2008-2012-yillarda fermer xoʻjaliklari faoliyat olib borayotganer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni amalga oshirilib, ularning iqtisodiy barqaror faoliyat koʻrsatish jarayoni boshlandi. 2012-yildan boshlab esa fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish uchun shart-sharoitlar yaratish davri boshlandi. 2017-yilda 75,0 mingdan ortiq koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritgan boʻlsa, 2018-yilga kelib bu koʻrsatkich 96,0 mingtadan ortib ketdi. Bu koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklar asosan fermer xoʻjaliklari baʼzasida tashkil etilib ularni rivojlantirsh uchun koʻplab meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi va hayotga joriy etib kelinmoqda. Natijada koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari sifat va iqtisodiy jihatdan barqaror taraqqiyot bosqichiga kirib bormoqda. Qabul qilingan "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi qonun yerning haqiqiy egasi sifatida fermer xoʻjaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi. Hamda ularni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy subyektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini taʼminladi. Bundan tashqari fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash va ularning rivojlanishini ragʻbatlantirishning moliyaviy-iqtisodiy mehanizmlarini ishlab chiqildi. Paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari boʻyicha mahsulot yetishtirish barqarorlashdi, bu oʻz navbatida qishloq aholisining daromadini koʻpaytirishga va turmush farovonligini oshishiga olib keldi. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilayotgan dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining samaradorligi oshishi, fermerlarga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmalarga bogʻliqdir. Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish asosan fermer xoʻjaligini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida rivojlantirildi. Istiqbolda ishlab chiqarish kooperatsiyaga asoslangan boʻlib, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berildi. Buoʻz navbatida iqtisodiy-moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanish manbasiga ega boʻlgankoʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini shakllantirishga zamin yaratadi. Fermer xoʻjaliklarining mamlakatmiz iqtisodiyotiga qoʻshayotgan xissalari kundan-kunga oʻsib bormoqda. Hozirgi jarayondagi qishloq xududlarining obodligi,qishloq aholisi bandligi muammosini xal qilish kabi murakkab vazifani yechishdafermer xoʻjaliklarining oʻrni va ahamiyati nihoyatda yuqoridir. Fermer xoʻjaligini tarmoqda yuzaga kelishi qishloq xoʻjaligida mulkchilik masalasiga yaʼni, iqtisodiy munosabatlarga asos soldi. Fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish orqali qishloqqa sanoatning kirib kelishini taʼminlashga, qishloq xoʻjaligi iqtisodiy samaradorligini yanada oshirishga zamin yaratiladi. Bu orqali qishloqdagi ortiqcha ishchi kuchini ish bilan bandligini taʼminlashga, yangi ish oʻrinlarining koʻpayishiga olib keladi. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan. Ularni rivojlantirishningmeʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi,(1998y.) “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, (1998y.) “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (2000y.) qonunlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar fermer xoʻjaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda qishloqda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Respublikada fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha Prezident tomonidan qaror farmon va qarorlar chiqarilgan boʻlib ayrimlari quyida berilgan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2008-yil 20-oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2022-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda 15-sentyabrdagi “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishningprognoz hajmlari toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori; Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-yanvardagi “fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qoʻshimcha daromad olishni tashkil qilish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va hokozalar. Mazkur farmon agrar sohada fermerlik harakatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishni, ularning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishini, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishini ragʻbatlantirish fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz farmonida belgilab berilgan barcha masalalar qonun loyihasida qoʻz aksini topgan. Asosiy maqsad koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda fermerlar faoliyatining moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishga oid huquqiy normalar kiritilgan. Bunday choralar, shubhasiz, mamlakatimizda fermerlik harakati istiqbolini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda hukumat tomonidan quyidagi imtiyozlar berildi: fermer xoʻjaliklari tashkil etilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga yagona yer soligʻi toʻlashdan ozod etildi; fermer loyiha asosida oʻz hisobidan oʻzlashtirgan yer uchun besh yil davomida yagona yer soligʻi toʻlashdan ozod qilindi: Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsatisiz fermerlar faoliyatini tekshirishga chek qoʻyildi; xorijiy texnologiyalarni olib kirgan dehqon va fermer xoʻjaliklari bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi; yangi tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga eng kam ish haqining 150 baravari, fermer xoʻjaliklariga esa 300 baravari miqdorida boshlangʻich sarmoyalarni berish yoʻlga qoʻyiladi; fermer xoʻjaliklariga lizing asosida texnikalar berila boshlandi; davlat ehtiyoji uchun don va paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga beriladigan avans mablagʻlarini oldindan kredit tarzida berilishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Uyushma tomonidan tashkil etilgan va qishloq xoʻjalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni tashkil etilgan vaqtdan boshlab, besh yil muddatga daromaddan olinadigan soliqdan ozod etildi. Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling