O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar


Download 186.55 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1501534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar

Birinchidan iqtisodiy asoslangan loyiha, yaʼni biznes-reja ishlab chiqishi va unda tashkil etiladigan qoʻshimcha tarmoq turi, talab etiladigan mablagʻ hajmi, shu jumladan, tijorat bankidan olinadigan kredit miqdori, loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki koʻrsatiladigan xizmat turi va hajmi, yangi ish oʻrinlarini yaratish, erishiladigan samaradorlik kabi koʻrsatkichlar aks ettirilishi;
Ikkinchidan fermer xoʻjaligi boshligʻi koʻp tarmoqli faoliyatni tashkil etish boʻyicha ishlab chiqqan biznes rejasiga asosan, loyihaning asosiy parametrlarini yaʼni, tashkil etiladigan qoʻshimcha tarmoq turi, talab etiladigan mablagʻ hajmi, shu jumladan, fermer xoʻjaligining oʻz mablagʻi va tijorat bankidan olinadigan kredit miqdori, yaratiladigan yangi ish oʻrinlarini soni kabi koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda, tumandakoʻptarmoqlifyermyerxoʻjaliklarinitashkiletishboʻyicha dasturgakiritishyuzasidantumanfyermyerlarKyengashigamurojaat qilishi lozim;
Uchinchidan fermer xoʻjaligining tuman fermerlar kengashiga taqdim etgan maʼlumotlari tumanda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha dasturga kiritilishi lozim. Mazkur Dastur tumandagi qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, tijorat banklari rahbarlari tomonidan imzolanib tuman fermerlar kengashi bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi;
Toʻrtichidan fyermyer xoʻjaligi tomonidan amalga oshiriladigan loyihaning asosiy koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Ryespublikasi va viloyatlar miqyosida tumanlar kesimida umumlashtirilgan holda, hududlardagi qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, Er ryesurslari va davlat kadastri boshqarmasi, tijorat banklari rahbarlari tomonidan imzolanib, Oʻzbekiston fyermyerlari kengashi va Qoraqalpogʻiston Ryespublikasi Joʻqori Kyengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan koʻp tarmoqli fyermyer xoʻjaliklarini tashkil etishda turiga kiritilishi lozim.
Ushbu dasturga kiritilgan fermer xoʻjaliklari oʻz faoliyatida qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Fermer xoʻjaligida koʻp tarmoqli faoliyatni tashkil etish boʻyicha iqtisodiy asoslangan holda ishlab chiqilgan biznes-reja loyihani amalga oshirish uchun xoʻjalikning oʻz mablagʻi yetarli boʻlmagan hollarda xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidan kredit olish uchun ham asos boʻlib hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun bajariladigan ishlarning aniq muddatlari koʻrsatilgan holda tarmoq jadvalini ishlab chiqilishi lozim va u tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, xizmat koʻrsatuvchi tijoratbankitumanboʻlimirahbarlari,fyermyerlarkengashiraisi tomonidan imzolanibtuman hokimitomonidan tasdiqlanadi.
Fermer xoʻjaliklarida asosiy tarmoqqa qoʻshimcha ravishda tashkil etish koʻzda tutilgan sohaning faoliyati xoʻjalikning asosiy tarmogʻiga shuningdek, hududi boʻyicha qoʻshni joylashgan fermer xoʻjaliklari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
Fermer xoʻjaliklarida asosiy tarmoqqa qoʻshimcha ravishda tashkil etish koʻzda tutilgan sohaning faoliyati xoʻjalikning asosiy tarmogʻida yetishtiriladigan mahsulotlar sifati pasayishi, inson sogʻligi uchun zararli moddalar bilan ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.
Fermer xoʻjaliklarida asosiy tarmoqqa qoʻshimcha ravishda tashkil etish koʻzda tutilgan sohaning faoliyati mavjud qonunlar bilan taʼqiqlanmagan boʻlishi lozim. Qoʻshimcha tarmoqni tashkil etish uchun fermer xoʻjaligi ixtiyorida zarur shart-sharoitlar (bilim, tajriba va malaka) va resurslar (yer, suv, bino va joylar, ish kuchi, texnik vosita kabilar) yetarli darajada mavjud boʻlishi maqsadga muvofiq. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarishning qoʻshimcha tarmogʻi asosiy tarmoq bilan bogʻliq holda tashkil etilishi tashqiliy- iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirilishi lozim. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari doimiy ravishda oʻzlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish hisobiga oʻz faoliyat turlarini kengaytirib boradi.

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling