O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar


Download 186.55 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1501534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar

Shaxsiy mulk - xususiy mulkdan daromad topishga xizmat qilmasdan, shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. Unga isteʼmol buyumlari, yani oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport vositalari shaxsiy mulk obyekti boʻlib xizmat qiladi. Ular pul topishga emas, shaxsiy hayot kechirishga qaratiladi. Bu mulkning oʻsish manbai istemolga ajratilgan daromad hisoblanadi. Shaxsiy mulkning koʻpligi jamiyat boyligini bildiradi.
Aralash mulk-
Respublikada mulkiy islohotlar asosan quyidagi yoʻnalishda olib borilmoqda:dehqonlarga individual xoʻjalik yuritish uchun qoʻshimcha yer berish asosida dehqon xoʻjaliklari tashkil etilib, ular ichki bozorni istemol tovarlari bilan taminlash vazifasini bajardi. Mulkni xususiylashtirish asosida davlat va jamoa xoʻjaliklari negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etildi. Bunda yerni ijaraga olib ishlatuvchi qishloq xoʻjaligida haqiqiy mulkdor paydo boʻladi. Istiqbolsiz jamoa mulkiga asoslangan xoʻjaliklar tugatilib toʻlaligicha fermer xoʻjaliklarigaaylantirildi.Bugungi kundagi asosiy masalalardan biri avvalo dehqonni xususiy mulkga boʻlgan munosobatini batamom, mahsulot yetishtirish natijalariga haqiqiy egalik hissini shakllantirishbilan bogʻliq. Agar ishlab chiqarish vositalari va natijalarini oʻzlashtirish, egalik qilish va foydalanish jarayoni bilan bogʻlik barcha munosabatlar yigʻindisi oʻzgartirilgan sharoitdagina dehqonning amalda mulk egasiga aylanishiga ishonch ortib boradi.Mulkiy munosabatlar xoʻjalik faoliyati subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini, xoʻjalik faoliyatining yoʻnalishi va natijalarning oʻzlashtirilishini belgilab beradi. Mulk shakllarining rivojlanishi iqtisodiy tizimning koʻnikuvchanligi, uning oʻzgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslanuvchanligining muhim omili boʻlib hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari har bir xoʻjalik yuritish shaklida oʻziga xos xususiyatlari orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakli,mulkchilik subyekti va xoʻjalik yuritish subyektini bir-biridan farqlay bilish kerak.Chunki, xoʻjalik yuritishning har qanday shakli oʻziga muvofiq mulkchilik munosabatlari asosida faoliyat koʻrsatgandagina tuliq va samarali ishlaydi.

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling