O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti
Download 0.67 Mb.
|
Hisobot Z.Ro‘ziqulova
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOT Bajardi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI Agrologistika va biznes fakulteti Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi Bitiruv-malakaviy ishi oldi amaliyoti bo‘yicha HISOBOT Bajardi: Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi VI kurs 4.97-guruh talabasi Ro‘ziqulova Zarina Tekshirdi: TOSHKENT – 2022 MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………… 3 1. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING TASHKILIY TUZILMASI VA XO‘JALIK YURITISH SHAKLI BILAN TANISHISH ……………………… 5 2. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING BUXGALTERIYASIDA HISOB OBYEKTLARI BO‘YICHA TUZILADIGAN DASTLABKI HUJJATLARNI O‘RGANISH ………………………………………………… 8 3. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING ISHLAB CHIQARISH VA MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISH .………………….. 16 4. XULOSA ………………………………………………………………..…. 23 5. ILOVALAR ……………………………………………...………………… 24 KIRISH Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l-yo‘riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko‘rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Auditorlik faoliyatni rivojlantirish huquqiy-meyoriy va amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish maqsadida 2000-yil 26-mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000-yil 22-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi qarori orqali mustahkamlandi. Hozirgi paytda auditorlik kasbi dunyoda eng obro‘li va eng daromadli kasblardan biriga aylandi. Shuning uchun hisob-kitob sohasida ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan va hatto ega bo‘lmagan mutaxassislar ham shu faoliyat yo‘nalishida o‘z kuchlarini sinab kurishga harakat qilmoqdalar. Lekin shu bilan birgalikda bu faoliyat yo‘nalishi o‘ta nozik va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatsiz tarzda ko‘rsatilgan auditorlik xizmati shu ishni amalga oshirgan kimsaga juda sezilarli ma’naviy va moddiy zarar etkazishi va hatto ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha olib borishi mumkin. Auditor kasbiga malakaviy hamda axloqiy talablar mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, professional auditor bo‘lib yetishishni maqsad qilgan kadrlar auditor kasbiga oid qanday malakaviy talablarga amal qilishlari, auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasida qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilingan, auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladigan imtihon qanday talablarni o‘z ichiga olishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Auditorlik faoliyati bo‘yicha shug‘ullanish uchun yuridik shaxslar uchun qanday talablar o‘rnatilgan, auditorlik faoliyatini litsenziyalash qaysi vakolatli organ tomonidan qay tarzda amalga oshirilishi, litsenziyaga ega bo‘lish uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi haqida tushunchaga ega bo‘lish muhim hisoblanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling