2. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING BUXGALTERIYASIDA HISOB OBYEKTLARI BO‘YICHA TUZILADIGAN DASTLABKI HUJJATLARNI O‘RGANISH
Barchamizga ma’lumki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi axborotlar shakllanadi. Har bir xo‘jalik muomalasi va mablag‘lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirishni hujjatlashtirish yordamida kuzatib boradi.
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari haqida mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya qilingan holda hujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi.
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida “FIDUCIAL AUDIT” auditorlik tashkiloti buxgalteriyasida hisob obyektlari bo‘yicha tuziladigan dastlabki hujjatlari bilan tanishdim va to‘lg‘azishni o‘rgandim. Quyida o‘rgangan dastlabki hujjatlarimdan namunalar keltirib o‘taman.
Kassa muomalalari hisobi, hisobda qo‘llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to‘ldirishni o‘rganish
Xo‘jalik yurituvchi sbyekt kassasidan naqd pulni olish va xarajat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deyiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassa muomlalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” ga muvofiq olib boriladi.
Kassa kirim orderi
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi.
Kassa kirim orderi kassaga pul mablag‘larini kirim qilishni rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. U bir nusxada buxgalteriya xodimi tomonidan to‘lg‘azilib, kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnaliga ro‘yxatga olinadi. Kassa kirim orderining kvitansiya qismi pul topshiruvchiga beriladi, order esa kassada qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |