Mavzu : ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari reja: kirish asosiy qism
Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik
Download 0.84 Mb.
|
OCHIQ IQTISODIYOTDA PUL KREDIT SIYOSATINING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniyada Yevro hudud miqyosida qabul qilingan choralarga qo‘shimcha ravishda
Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik
Italiya hukumati tomonidan qabul qilingan asosiy chora-tadbirlar paketi doirasida ba’zi uy-xo‘jaliklari va kichik va o‘rta biznes vakillari uchun kreditlarni to‘lashga, shu jumladan, ipoteka va overdraftlar bo‘yicha qarzlarni qaytarishga moratoriy e’lon qilindi. Kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha davlat kafolatlari taqdim etilmoqda. Moliya va nomoliya kompaniyalarga soliq to‘lovlarini kechiktirish shaklida imtiyozlar berildi. Shuningdek, davlat taraqqiyot bankiga (Cassa Depositi e Prestiti) 0,5 mlrd. yevro miqdorida davlat kafolati taqdim etildi. Davlat kafolati tijorat banklariga kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun kredit berish va likvidliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Ispaniya hukumati firmalar va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlagan shaxslar uchun 100 mlrd. yevrogacha bo‘lgan miqdorda davlat kredit kafolatlarini taqdim etdi. Shuningdek, hukumat tomonidan eksportyorlar uchun Ispaniya eksport sug‘urta-kredit kompaniyasi orqali 2 mlrd. yevrogacha davlat kafolatlari hamda maxsus 2017 yil qurg‘oqchilik kredit liniyalaridan foydalangan holda fermerlarga kredit muddatini uzaytirish kafolatlari taqdim etildi. Boshqa chora-tadbirlar qatoriga Instituto de Credito Oficial (ICO) kredit liniyalari uchun qo‘shimcha moliyalashtirish (10 mlrd. yevro), turizm sohasi uchun maxsus kredit liniyasini joriy etish (400 mln. yevro), aholining eng zaif qatlami, shu jumladan uy xo‘jaliklari, o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaganlar va garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulklarini ijara bergan mulkdorlar uchun ipoteka to‘lovlarini to‘lashga uch oylik moratoriy berish va boshqalar kiradi. Germaniyada Yevro hudud miqyosida qabul qilingan choralarga qo‘shimcha ravishda: banklar uchun kontrsiklik kapital buferi 0,25 foizdan nolgacha tushirildi; Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin? 2) KfW davlat taraqqiyot banki orqali tijorat banklari bilan hamkorlikda kompaniyalarga 100 mlrd. yevro miqdorida qo‘shimcha qisqa muddatli likvidlik taqdim etildi; 3) zarar ko‘rgan yirik kompaniyalarning aksiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish va ularning kapital mavqeini mustahkamlash uchun 100 mlrd. yevro ajratildi. Rossiya Federatsiyasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari Rossiya Markaziy banki (RMB) asosiy foiz stavkasi yillik 6 foiz darajada o‘zgarishsiz saqlab qolgan bo‘lsada, COVID-19 ta’sir ko‘rsatayotgan sohalarga yordam berish maqsadida banklar uchun moliyaviy tartibga solish talablarini vaqtincha yengillashtirdi va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga berilgan valyuta kreditlari uchun yanada qulay sharoitlarni joriy etdi. Shuningdek, RMB tizimli ravishda muhim bo‘lgan kredit tashkilotlari uchun likvidlik qoidalarini yengillashtirish, aholi uchun to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlash, onlayn savdo maydonchalarini rivojlantirish va pandemiyadan aziyat chekayotgan chakana qarz oluvchilarni himoya qilish choralarini tasdiqladi. RMB kichik va o‘rta biznesni kreditlash bo‘yicha qayta moliyalash dasturini kengaytirdi va kredit tashkilotlariga 500 mlrd. rubl miqdorida kreditlarni yiliga 4 foiz stavkasi bilan 1 yil muddatga taqdim etdi. Bunda, yuqori kredit reytingiga ega bo‘lgan kredit tashkilotlari tomonidan garovsiz kreditlar taqdim etilishi va bunday reytingga ega bo‘lmagan kredit tashkilotlari tomonidan esa «Korporatsiya «MSP» kafolati bilan kreditlar ajratilishi belgilandi. Avvalgi qayta moliyalash dasturi bo‘yicha taqdim etilgan 175 mlrd. rubl miqdoridagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini 6 foizdan 4 foizgacha pasaytirdi hamda qarz oluvchi uchun kreditlar foiz stavkasi 8,5 foizdan oshmasligi kerakligini belgilab qo‘ydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling