Mavzu : ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari reja: kirish asosiy qism


- Pandemiya davrida pul kredit siyosatining modeli


Download 0.84 Mb.
bet9/14
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1548590
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OCHIQ IQTISODIYOTDA PUL KREDIT SIYOSATINING XUSUSIYATLARI

4- Pandemiya davrida pul kredit siyosatining modeli
Koronavirus inqiroziga qarshi kurashishda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlarida koronavirus inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi COVID-19 jahon hamjamiyati uchun eng katta muammoga aylanib turibdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Jamg‘arma ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, koronavirus inqiroziga qarshi kurashish “urush davrida”gi chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda
Shundan kelib chiqib, mamlakatlar koronavirus inqiroziga qarshi innovatsion va noodatiy usullar bilan kurashishmoqda. Ko‘plab mamlakatlar tomonidan virusning tarqalishini cheklash maqsadida o‘quv dargohlari, ko‘ngilochar maskanlar, sport inshootlari yopilib, tugash muddati noma’lum karantin e’lon qilindi. Muhim bo‘lmagan korxona va tashkilotlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, odamlarning uyda qolishlari talab etilmoqda. Bunday og‘ir sharoitda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik vakillarini qo‘llab-quvvatlash doirasida soliq-byudjet va pul-kredit siyosati sohalarida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda va COVID-19 ta’siridan eng katta aziyat chekayotgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida (Italiya, Ispaniya va Germaniya) hamda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istonda koronavirus inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.
O‘zbekistonda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
O‘zbekistonda koronavirus inqiroziga qarshi kurashish doirasida aholi va iqtisodiyotni COVID-19 ta’siridan himoya qilish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi va mazkur jamg‘armaga 10 trln. so‘m (1 mlrd. AQSh dollaridan ko‘proq yoki YaIMning 1,5 foizi) miqdoridagi mablag‘lar jalb qilinishi e’lon qilindi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling