Mavzu : O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro muloqoti Mundarija


-§ Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi muloqotini tashkil etish


Download 131.5 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi131.5 Kb.
#207563
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 - mavzu

2 Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi muloqotini tashkil etish

Pedagogik texnika o’qituvchiga o’quvchilar bilan muloqotda bo’lishda to’g’ri muomala tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, o’quvchilar bilan munosabat uslubi, diktsiya, mimika, imo-ishorani to’g’ri tanlash, bularning barchasi pedagogik texnikaning tarkibiy asoslarini tashkil etadi.

O’qituvchi darsga kirib kelganida sinfda o’quvchilar tezda o’rinlaridan turib, salomlashish uchun chog’lanadilar. Bunda ularning harakatlari notekis, kimdir oldin turgan kimdir keyin, ba’zi o’tirg’ichlarning tovushi chiqib, ma’lum darajada shovqinli vaziyat hosil bo’lishi mumkin. Salomlashish jarayonini to’g’ri izga solish uchun o’quvchilar bilan “O’qituvchi bilan salomlashish” mashqini amalga oshirish mumkin. Buning uchun kirib kelish va salomlashishni toki u ma’lum me’yorga tushmaguncha, ya’ni o’quvchilar bu faoliyatni shovqinsiz, birgalikda, jadal, engillik bilan, tashkilllashtirilgan holda bajarmaguncha davom ettirish lozim.

O’qituvchi o’zining pedagogik kompetentligi, intellekti va madaniyatiga doimo jiddiy e’tibor berishi va pedagogik mahoratini, kasbiy vazifalarini bajarish qanchalik darajada qo’lidan kelishini doimo tekshirib borishi, ta’lim oluvchilar ongi hamda qalbiga kirib borishning maqbul yo’llarini muntazam izlashi zarur.

Zero, o’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirish orqali kifoyalanmasdan, ularga o’zining hatti-harakati bilan ham ta’sir etadi. Uning intellekti va madaniyati, haqgo’yligi va insoniyligi, ma’naviy sifatlari o’quvchilar tomonidan etalon sifatida qabul qilinishi kerak. O’qituvchi faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri tavsifnomasini tuzishgagina emas, balki o’quvchilar jamoasi va uning har bir a’zosining rivojlanish istiqbollarini ham belgilash imkoniga ega bo’lishi darkor.

Pedagogik muloqot jarayonida zarur bo’lgan, emotsional holatlarni taqozo etuvchi vaziyatlarni modellashtirgan mashqlarni bajarish mumkin.

Ushbu vazifalarni yechishda o’zini oqlaydigan vaziyatlarni keltirish maqsadga muvofiq. Muhimi, ushbu reaktsiyalar sherikda qanday oqibatlarni namoyon qilganini aniqlash orqali ma’lum vaziyatlarda zarur bo’lgan mimika variantlari ustida ishlash mumkin.

Pedagogik kompetentlikka ega bo’lish uchun o’qituvchi o’quvchini rivojlantirish va shakllantirishning hozirgi bosqichida nimalarga erishmoqchi ekanligini aniq tasavvur qilishi lozim.

Avvalo, bo’lajak o’qituvchi aynan oliy o’quv yurtida tizimlashtirilgan zaruriy ilmiy bilimlarni puxta egallab olishi zarur. Pedagogik kompetentlikni egallashda pedagogika, umumiy psixologiya va pedagogik psixologiya kabi fanlarga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. O’qituvchi chet tillaridan birini, kompyuter texnikasini mukammal bilishi maqsadga muvofiq. Pedagogik kompetentlikni egallash uchun faqat o’z predmeti yuzasidan bilimlarga ega bo’lish kifoya qilmaydi, balki yuqorida ta’kidlab o’tilgan fanlarni ham ma’lum darajada egallash muhim omillardan biridir.

O’quv mashg’uloti jarayonida ovoz va nutqdagi uchraydigan ayrim kamchiliklar: monoton, zerikarli, ya’ni bir xil, o’zgarmas ohangda mavzu bayonini amalga oshirish, auditoriya talabidan baland tovushda yoki aksincha, juda past ohangda gapirish, gapirish tonining aytilayotgan masala mohiyatiga mos bo’lmasligi (ba’zan juda yuqori tonlarda yoki aksincha past tonda gapirish), nutqning ba’zan hayotiy emasligi, mavzu bayonida pauzalar, ohangni o’zgartirib turish, urg’u berish, ta’kidlash kabilarga etarlicha amal qilmaslik, ifodali o’qish malakasining pastligi (diktsiya), so’zlarni aniq talaffuz qilmaslik kabilardan iborat.

Ushbu kamchiliklar o’qituvchi uchun o’quvchilarga samarali ta’sir etishga xalaqit berishi mumkin. Ushbu nuqsonlarga o’qituvchi o’z pedagogik faoliyati davrida asta sekinlik bilan barham berishi ahamiyatlidir. Bunga mustaqil ravishda maxsus mashqlarni takrorlash orqali erishish mumkin.

O’qituvchining estetikasi uning yuz ifodasida, ochiq ko’ngilligida, harakatidagi vazminlik va ixchamligida, imo-ishorasining haqiqiyligi va o’quvchiga e’tiborliligida, o’z gavdasini qanday tutishida bilinib turadi.

Yuz ifodasini tirishtirish, harakatlardagi pala-partishlik, muloqot jarayonidagi imo-ishoraning ba’zan sun’iyligi, sinf jamoasini boshqarishdagi bo’shanglikka yo’l qo’yilishi mumkin emas.

Hatto, o’qituvchining xonaga qanday kirib kelishi, bolalarga qanday nigoh bilan qarashi, salomlashishi, sinf xonasida qanday tempda yurishi - bularning barchasi o’quvchiga o’ziga xos (ijobiy yoki salbiy) psixologik ta’sir ko’rsatadigan kuchga ega. Vazmin, xushmuomala, bilimlarni o’quvchiga sodda tarzda etkaza oladigan, har bir o’quvchining o’zlashtirish dinamikasini sezib turadigan va hissiy holatini yaxshi tushunadigan o’qituvchi o’ziga ishongan, kuchli o’qituvchidir.

O’qituvchi va o’quvchi muloqotini tashkil etishda fanlararo aloqaning roli muhimdir. Shu bois, darslarni tashkil etishda badiiy adabiyot, tarix, geografiya, tabiatshunoslik va biologiya fanlaridan izchil foydalanish lozim. Demak, ilmiy tushunchalar borasida fikr yuritganimizda, ushbu davr voqea-hodisalari ko’z oldimizda gavdalanadi.

Bugungi kunda, ta’limda mavjud ilmiy-uslubiy muammolarni hal etishda zamonaviy yondashuvlar, yangi ishlanmalar va texnologiyalarni qo’llash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lib, bu o’qituvchining omilkorligi, tashabbusiga bog’liqdir.

O’qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega bo’lib, dars materialini turli variantlarda o’quvchilarga etkazish murakkab faoliyatlardan biri sanaladi. Ta’lim jarayonini amalga oshirib, shaxs sifatida rivojlanishning yuqori darajasini namoyon etish barobarida, o’qituvchi tomonidan psixik jarayonlar – iroda, sezgi, diqqat, idrok, tafakkur, xotira hamda xayol orqali emotsional va jismoniy harakatlarning muvofiqligi ta’minlanadi. Agar o’qituvchi etarli darajadagi pedagogik texnikaga ega bo’lmasa, u yuqori natijalarga erisha olmaydi, ya’ni, o’z fikr va hissiyotlarini o’quvchilarga talab darajasida yetkaza olmaydi.

Intellektual harakatlarni amalga oshirishda ikki asosiy metod – eshitish va harakat metodlari muvaffaqiyat bilan qo’llaniladi. Muhimi, o’quvchini faqatgina faoliyat tomon yo’naltiradigan va uning natijasini aniqlashga imkon beradigan muhim jihatga o’rgatish lozim. Tinglab nazorat qilmasdan biron-bir harakatni amalga oshirmaslik, biron o’quvchini eshitmasdan u haqda qaror qabul qilmaslik kerak, bu asosiy qoida bo’lib, unga rioya etish orqali pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati ta’minlanadi.

P.Ya.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan “Aqliy harakatlarning bosqichli shakllanishi nazariyasi” orqali yuqoridagi muammolarni tahlil qilib aytish mumkinki, yakuniy natijaga qaratilgan mo’ljalli harakatlar aniq va maqsadga muvofiq natijani kafolatlay olmaydi. Bu sharoitda o’quvchi ortiqcha mehnatni amalga oshiradi va qaysi ma’lum bir yo’nalishda mashq qilish nima uchun samarali ekanligini tushunib yetmaydi. Harakatlarning haqiqiy shart-sharoitlari ma’lum darajada yopiqligicha qoladi. Bir maqsadga turli yo’llar orqali erishish mumkin. Biroq, ularning biri qisqa va qulay, boshqasi uzoq va ko’p kuch sarflashni talab etishi mumkin.

Ushbu keltirilgan ko’pgina misollar orqali anglash mumkinki, o’qituvchi maqomiga ega bo’lish, o’quvchilarga fan sohasi borasida ma’lum bilimlarni talab darajasida berish uchun kasbiy kompetentlikka ega bo’lish, buning uchun pedagogik texnika usullaridan xabardor bo’lish, pirovard natijada o’quvchida boy bilim va tasavvurlarni shakllantirishga erishish muhimdir.

Umuman, darsda muloqotga tayyorlanish, tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, pedagogik texnika shakllanishi yaxlit jarayon bo’lib, o’qituvchida pedagogik kompetentlikni yuzaga chiqarishning tarkibiy qismlari sifatida xizmat qiladi.



Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling