Mavzu : O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro muloqoti Mundarija


-§ O'qituvchining boshqarish usullari


Download 131.5 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi131.5 Kb.
#207563
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 - mavzu

3 O'qituvchining boshqarish usullari

O’qituvchining dars jarayonidagi umumiy faoliyatlari - pedagogik-psixologik, metodik, tashkilotchilik va muloqotmandlik jihatidan tayyorgarligi darajasi uning pedagogik ishi sifatini belgilaydi.

Bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari darajasi, qanday oilada tarbiyalanayotganligi va boshqa ko’pgina jihatlar kompleks tarzda nazarda tutilishi zarur. Mazkur barcha ijtimoiy va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda o’quvchilar bilan muomala va muloqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyati pedagogik kompetentlik orqali bajariladi.

O’qituvchi har bir darsda o’quvchilarni bilim olishga o’rgatish bilan birga, ularda fanga qiziqishni tarbiyalab borishi maqsadga muvofiq. Bu esa, o’qituvchining muloqotmandligi, uning o’z fikrlarini o’quvchilarga sodda, qiziqarli, o’ziga rom etadigan va yo’naltiradigan tarzda yetkazib berishi juda ham muhimdir.

O’qituvchi kommunikativ jarayonni (muomala, muloqot) amalga oshirishda har bir o’quvchining individualligini nazarda tutgan holda, turli mimika va pantomimika elementlarini qo’llagan holda, fikrlarni bayon etishda ularning ko’ziga qarab, ijobiy emotsiyalar orqali va ushbu emotsiyalarni bolalarga “yuqtirib” tashkil etishi maqsadga muvofiq.

Darsda turli mavzu va mazmundagi materiallarni o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan o’qituvchi o’zlashtiriladigan dars mavzusining mazmuni va uni idrok etish imkoniyatlarini o’z yuz ifodasi, emotsiyalarida aks ettirishi zarur. Shunda o’rganiladigan mavzu borasida o’quvchilarning bilim va tasavvurlari hajmi kengayadi hamda qiziqishlari ortadi.

O’quvchilar bilan pedagogik muomalani amalga oshirishda o’qituvchining ruhiy holati va ushbu ruhiy holatni qay darajada boshqarishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o’qituvchi hech qachon yomon kayfiyat bilan, nisbatan bo’lsada, salbiy emotsiyalarni o’z yuz ifodasida zohir etgan holda darsga kirishi mumkin emas.

Darsning sifati o’quvchilarning kayfiyatiga bevosita bog’liq. O’quvchilar kayfiyatining ijobiyligi esa – dars samaradorligini ta’minlash omilidir. Shu munosabat bilan darslarda o’qituvchi ijobiy kayfiyatda bo’lishi va o’quvchilarga ham ushbu ijobiy kayfiyatni yuqtirgan holda pedagogik faoliyatni amalga oshirishi ayni muddaodir.

O’qituvchining o’quvchilar bilan pedagogik muomalani talab darajasida tashkil etishida uning shaxsiy sifatlari ham muhim o’rin tutadi, ular quyidagilardan iborat.

1. O’zini axloqiy-irodaviy jihatdan namoyon etishi.

2. O’qituvchi shaxsidagi umumiy ichki va tashqi madaniyat.

3. Кasbiy pedagogik yo’nalganlik, qobiliyatlar, takt sifatlarining yaqqol namoyon etilishi.

O’qitish va tarbiyalash jarayonida yosh avlod ijtimoiy tajribaning asosiy elementlarini o’zlashtiradi. Bular bilim, faoliyat usullari, ijodiy faoliyat tajribasi va emotsional qadriyatli munosabat mazmunidir. Tajriba kitoblar, o’quv dasturlari, zarur metodik adabiyotlar orqali o’zlashtiriladi. Ushbu o’quv materiallari mukammal bo’lishi mumkin, biroq ular o’qituvchi bilan jonli pedagogik muloqot o’rnini bosa olmaydi. Barcha zarur o’quv vositalari bilan o’quv jarayoni tashkil etilishi o’zining yuqori samaradorligiga faqatgina o’qituvchi va o’quvchining psixologik interaktiv hamkorligi, jonli, konstruktiv muloqoti natijasida erishadi.

O’qituvchi shaxsining imkoniyatlari, ta’sir doirasi qanchalik keng bo’lsa, o’z tarbiyalanuvchisining shaxs sifatida shakllanishiga shunchalik ko’p ijobiy ta’sir qiladi. O’qituvchi faoliyati uchun didaktik va kommunikativ qobiliyatlar muhimdir. Didaktik qobiliyatlar ma’lum fan doirasidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazishda namoyon bo’ladi. Predmetni bilish va uni qanday qilib o’quvchiga etkazishni bilish bir-biridan farq qiluvchi sohalardir.

Samimiylik, emotsionallik, tovushning boy intonatsiyasi, ifodali harakatlar va mimika – bularning barchasi ushbu qobiliyatning namoyon bo’lishi uchun asos vazifasini bajaradi.

O’quv mashg’ulotini samarali, natijador qilib amalga oshirishda o’qituvchining pedagogik texnikasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnika pedagogik kompetentlikning tarkibiy qismi sanalib, o’qituvchining o’quv jarayonini samarali tashkil etishida namoyon bo’ladi. Pedagogik texnika – bu bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi bo’lib, o’qituvchi tomonidan dars materialini o’quvchilarga yuksak talablar darajasida etkazib berishda qo’llaniladi.

Bunga: o’quv faoliyatida muloqot san’ati; dars jarayonida o’quvchilarning diqqatini boshqara olish; tashqi ko’rinishiga qarab o’quvchining hissiy holatini aniqlash; o’quv faoliyatida harakatlar, kechinmalar, kayfiyatni ifodali ko’rsata olish qobiliyati; mimika orqali kommunikatsiyani amalga oshirish; pantomimika imkoniyatlaridan foydalanish va mavzu g’oyasini ifodalashda nutq texnikasi imkoniyatlari mavjudligi kiradi.

O’qituvchi kommunikativ jarayonni (muomala, muloqot) amalga oshirishda har bir o’quvchining individualligini nazarda tutgan holda, turli mimika va pantomimika elementlarini qo’llagan holda, fikrlarni bayon etishda ularning ko’ziga qarab, ijobiy emotsiyalar orqali va ushbu emotsiyalarni bolalarga “yuqtirib” tashkil etishi maqsadga muvofiq.

Darsda turli mavzu va mazmundagi materiallarni o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan o’qituvchi o’zlashtiriladigan dars mavzusining mazmuni va uni idrok etish imkoniyatlarini o’z yuz ifodasi, emotsiyalarida aks ettirishi zarur. Shunda o’rganiladigan mavzu borasida o’quvchilarning bilim va tasavvurlari hajmi kengayadi hamda qiziqishlari ortadi.

O’quvchilar bilan pedagogik muomalani amalga oshirishda o’qituvchining ruhiy holati va ushbu ruhiy holatni qay darajada boshqarishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o’qituvchi hech qachon yomon kayfiyat bilan, nisbatan bo’lsada, salbiy emotsiyalarni o’z yuz ifodasida zohir etgan holda darsga kirishi mumkin emas.

Darsning sifati o’quvchilarning kayfiyatiga bevosita bog’liq. O’quvchilar kayfiyatining ijobiyligi esa – dars samaradorligini ta’minlash omilidir. Shu munosabat bilan darslarda o’qituvchi ijobiy kayfiyatda bo’lishi va o’quvchilarga ham ushbu ijobiy kayfiyatni yuqtirgan holda pedagogik faoliyatni amalga oshirishi ayni muddaodir.

O’qituvchining umumiy ichki madaniyatiga: yuqori intellekt; qiziquvchanlik; nutq madaniyati; barqaror ma’naviy qiziqishlar va; mantiqli tafakkur nazarda tutiladi. Tashqi madaniyat deganda esa: tashqi ko’rinish (kiyim, o’zini tutish); mimika hamda pantomimika kiradi.

Bundan tashqari, o’qituvchi uchun pedagogik qobiliyatlarning majmuasi bo’lishi unda kasbiy pedagogik kompetentlik shakllanishining asosini tashkil etadi, o’quvchilar bilan muomala o’rnatishga qaratilgan kommunikativ qobiliyatlarga: empatiya, o’quvchining ma’naviy dunyosini birgalikda his etish; o’qitiladigan fan mazmuni hamda o’z sezgi va kayfiyatlarini aniq ifodalay olish kiradi.

O’quvchilar bilan muomala o’rnatishga qaratilgan kommunikativ qobiliyatlarga: empatiya, o’quvchining ma’naviy dunyosini birgalikda his etish; o’qitiladigan fan mazmuni hamda o’z sezgi va kayfiyatlarini aniq ifodalay olish kiradi

Maxsus psixologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, o’quvchining dars materialini o’zlashtirishi ko’p hollarda uning o’z–o’zini baholashiga bog’liq. O’quvchining o’z-o’zini baholashi yuqori (lekin me’yordan ortiq darajada emas) bo’lsa, u jamiyat va atrofdagilar uchun ma’lum ahamiyatga egaligini his etsa, darslarni o’zlashtirishiga ijobiy ta’sir etadi. Bu esa kasbiy kompetentlikning natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, o’qituvchi darsda ta’limiy jarayonni amalga oshirib, o’quvchilarga bilimlarni singdirish barobarida ularda fanga mehr uyg’otadi, ilm cho’qqilarini egallash yo’llarini ko’rsatib beradi. Bunda aktyorlik va rejissyorlik mahorati elementlari o’qituvchining kasbiy pedagogik kompetentliligini yuksaltirishda muhim omil bo’ladi.

Mamlakatimizda o’z kasbining ustasi, yuksak zamonaviy kasbiy bilimlarga ega bo’lgan, tashabbuskor, davr va jamiyat talablarini nozik va zukko tushuna oladigan, muxtasar qilib aytganda kasbiy jihatdan kompetentli pedagog kadrlarga katta ehtiyoj mavjud.

Pedagogik kompetentlik o’qituvchidagi ijodiy imkoniyatlarning yanada kengroq tasarruf etilishi, kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilarga etkazish, ular bilan pedagogik muloqotga kirishish mahorati bo’lib hisoblanadi.

Pedagogik faoliyat birinchidan iqtisodiy ustqurmaga bog’liq. Shuning uchun, bu kasb egalari jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari, kuchlari, ijtimoiy - madaniy va davlat ehtiyojlaridan xabardor bo’lishi, o’z faoliyati jarayonida ularga tayanishi lozim. Zero, u jamiyat hisobidan ta’minlanib, uning ijtimoiy buyurtmasini bajaradi, yoshlarning jamiyat boyligini asrab – avaylashga, ko’paytirishga va shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirishga rahbarlik qiladi.

O’qituvchining kasbiga xos xislatlari sirasiga: milliy istiqlol g’oyasi va mustaqil davlat mafkurasini tushunishi; maktabda olib boriladigan o’quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi; o’qituvchining kuzatuvchanligi; o’z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi; unda pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanganligi; o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi; turli ekstremal vaziyatlarda o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olish; pedagogik takt; nutqning emotsional ifodalanishi va boshqalarni kiritish mumkin. Milliy ta’lim tizimi pedagogik jarayonning mazmuni, shakli va usullarini insonparvarlashtirish hamda demokratiyalashtirishni, tarbiyaning maqsadi, shakli va usullarini milliy asosda qayta qurishni bosh maqsad qilib oldi. Bunday sharoitda yangicha fikrlaydigan, o’z ishining ustasi, pedagogik kompetentli o’qituvchi chinakam fidoiy o’qituvchi, avvalo bilimdon inson bo’lmog’i zarur. Bunday o’qituvchi-pedagoglar faqatgina uzoq davom etadigan mashaqqatli pedagogik faoliyat jarayonida shakllanadi. Chunki, har qanday oliy pedagogika ta’lim muassasasi bo’lajak o’qituvchiga pedagogik ilmning, kasbning yo’nalishlari, sirlari to’g’risida faqat ma’lumot beradi, xolos.

Chinakam pedagogik kasbning ustasi, yuksak pedagogik kompetentlikka ega bo’lgan mutaxassis ta’lim muassasasida, bevosita va bilvosita mehnat jarayonida, o’z kasbiy malakasi ustida tinmay ishlash orqali shakllanadi.

Pedagogik faoliyat – interaktiv intellektual faoliyat bo’lib, o’qituvchidan o’rganiladigan o’quv materialining ijodiyligi, uni o’rganishda ma’lum me’yorlarga rioya etishni talab qiladi. Jumladan, darsda o’quvchilarga o’quv materialini o’zlashtirish usullarini o’rgatish talab etiladi.


Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling