Mavzu : O`zbekiston respublikasi hududlarini kadastr bo`yicha bo`lish tarkibi va prinsiplari


Download 93.04 Kb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi93.04 Kb.
#1785879
1   2   3   4   5
Bog'liq
K O n s p e k t l a r

RAQAMINING TARKIBI VA ULARNI
SHAKLLANTIRISh TARTIBI
9. Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni O`zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip bo`yicha quriladi, unga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan.
Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O`zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro`yxatdan o`tkazilgan huquqning yagona ob’ekti sifatida mavjud bo`lguniga qadar saqlanib qoladi.
10. Kadastr bo`yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olishning yagona tizimiga integratsiya qilinadi.
11. Quyidagilar yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy еlementlarini tashkil еtadi:
mintaqa (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ning raqami;
mintaqa tarkibidagi ma’muriy tuman yoki viloyat bo`ysunishidagi shaharning raqami;
kadastr zonasi raqami;
kadastr massivi raqami;
kadastr mavzesi raqami;
er uchastkasi raqami;
bino, inshootning raqami;
bino, inshoot bir qismining raqami.
12. Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga еga:
AA : VV : SS : DD : YEE : FFFF : GGGG : HHH,
bunda: AA mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o`nli son;
VV mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo`ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o`nli son;
SS kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o`nli son;
DD kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o`nli son;
EE kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o`nli son;
FFFF kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to`rt razryadli o`nli son;
GGGG yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to`rt razryadli o`nli son;
NNN bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o`nli son.
13. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr bo`yicha bo`lish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari, odatda, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning ma’muriy chegaralariga to`g`ri keladi. Keyinchalik, ma’muriy chegaralar o`zgarganda, kadastr bo`yicha bo`linish sxemasiga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi.
14. Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish yer uchastkasi ko`chmas mulk ob’ekti sifatida shakllantirilgan va uning chegaralari tuman (shahar) navbatchi indeksli kadastr xaritasi (rejasi)ga kiritilganidan keyin boshlanadi.
15. Yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolarning, inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari berish tuman (shahar) yer-kadastr daftarini to`ldirishda hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 93.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling