OHAK — qurilish materiali. Ohaktosh, boʻr va b. karbonatli jinslarni 900° dan yuqori t-rada kuydirib, ishlov berib olinadi: SaSO3 <=t SaO + SO2 T. Kalsiy oksid SaO — soʻndirilmagan Ohak, kalsiy gidroksid (SaON)2 esa soʻndirilgan Ohak deb yuritiladi (q. Kalsiy). Ohak qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Mil. av. 3000—2500-y. dayoq Ohakning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va gʻishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi.
Ohak boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha mikdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna i. ch. da, shuningdek, suvni tozalash va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |