Mavzu : O`zbekiston respublikasi hududlarini kadastr bo`yicha bo`lish tarkibi va prinsiplari


Bino, inshootning kadastr raqami binolar va inshootlarning yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. 17


Download 93.04 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi93.04 Kb.
#1785879
1   2   3   4   5
Bog'liq
K O n s p e k t l a r

16. Bino, inshootning kadastr raqami binolar va inshootlarning yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
17. Bino, inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino, inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
18. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro`yxatga olish, yangi kadastr xarita (reja)larini tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil еtuvchi majburiy еlementlari o`zgartirilmaydi.
19. Yer uchastkasiga, bino, inshootga еgalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq еgasiga o`tishi va (yoki) huquq turining o`zgarishini davlat ro`yxatidan o`tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o`zgartirilmaydi.
Er uchastkalari bilan, mavjud chegaralarning o`zgarishi va yangi uchastka(lar)ning shakllantirilishi bilan bog`liq ravishda mazkur uchastkani bo`lish yoki uning boshqa(lari)si bilan qo`shilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularga belgilangan tartibda yangi kadastr raqamlari beriladi.
Ilgari berilgan kadastr raqamlari yo`qotilgan hisoblanadi va ulardan qayta foydalanilishi mumkin еmas.

Mavzu : Havoda quriydigan qurilishbop ohak :ishlab chiqarish,
qo’llanish sohalari va tashish saqlash.
Mineral bog‘lovchilar haqida asosiy ma’lumotlar va ulaming sinflari .
Mineral bog'lovchi moddalar deb, sun’iy ravishda hosil qilinadigan kukunsimon mayda dispersiyali materiallarga aytiladi. Ulami suv (suv eritmasi) bilan qorilganda plastik qorishma olinadi. Fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida qorishma qotadi, ya’ni toshga o‘xshash holatga o‘tadi. Mineral bog‘lovchi moddalaming bu xossasi qurilish qorishmalari va beton tayyorlash uchun, shuningdek, pishirilmaydigan sun’iy tosh materiallar, buyumlar va detallar, yelimlovchi va b o ‘y o v c h i tarkiblami ishlab chiqarish uchun keng ko‘lamda foydalanishga imkon beradi. 4 — Qurilish inalcriallari - J $ X Mineral bog‘lovchi moddalar havoiy va gidravlik bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Havoiy bog‘lovchilar — o'zining mustahkamligini faqat havoda uzoq vaqt saqlash va oshirish hamda qotish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Havoiy bog'lovchilar jumlasiga havo ohagi, gips va magnezial bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi. Gidravlik bog'lovchilar deb, qotish hamda o‘zining mustahkamligini faqat havoda emas, balki suvda ham uzoq muddat saqlash va oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarga aytiladi. Gidravlik bog‘lovchilar jumlasiga gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning turlari, glinozem sement, suv o‘tkazmaydigan kengayuvchi va kirishmaydigan sement va boshqalar kiradi.
Havoda quriydigan qurilishbop ohak Havoda quriydigan qurilishbop ohak tarkibida ko‘pi bilan 6% gilli aralashmalar bo‘lgan, ohaktoshni mo‘tadil pishirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalardir. Pishirish natijasida oq rangli bo‘lakchalar ko'rinishidagi mahsulot hosil bo‘ladi va u so‘ndirilmagan ohak (kipelka) deb ataladi. Foydalanilishiga qarab, havoda quriydigan ohakning quyidagi turlari mavjud: so‘ndirilmagan, maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi, ohak suti.
Havoda quriydigan ohak ishlab chiqarish. Bu ohakni ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ohak-magnezit karbonatli tog‘ jinslari: ohaktosh, bo‘r, dolomit mineraliga ega ohaktosh va boshqalardan foydalaniladi. Bu tog‘ jinslari asosan kalsiy karbonat CaC03 dan, shuningdek, ozgina qo‘shimchalar — dolomit, gips, kvars va gildan iborat bo‘ladi. Havoda quriydigan ohak ishlab chiqarish texnologik jarayoni ochiq kondan karbonat jinslarini (ohaktosh yoki bo‘r) qazib chiqarish, uni maydalash va navlarga ajratish hamda shaxtali yoki aylanma o‘choqlarda kuydirishdan iborat. Xomashyo sifatida zieh ohaktoshdan foydalaniladigan bo‘lsa, ular odatda uzluksiz ishlab turadigan shaxtali o'choqlarda kuydiriladi. Shaxtali o'choqlar ag‘darma va gaz o‘choqlardan iborat bo'ladi. Ag‘darma shaxtali o‘choq (47-rasm) ish balandligi 20 metrgacha bo‘lgan yumaloq kesimli shaxtadan iborat bo‘lib, uning devorlariga sopol g‘isht terilgan va o‘tga chidamli shamot g‘isht qoplangan. Tashqi tomondan o‘choq atrofi po‘lat g‘ilof bilan himoyalangan. Ustki yuklash qurilmasi orqali shaxtaga bo‘lak qatlamlar — ohaktosh va qattiq yoqilg‘i (antratsit) solinadi. 0 ‘choq shaxtasi balandligi bo‘yicha shartli ravishda uchta bo‘limga bo'lingan: ustki — isitish, o‘rta — kuydirish va pastki — sovitish bo‘limlari. Xomashyo shaxtada yuqoridan pastga harakatlanib, awal isitish bolimiga, so‘ngra kuydirish bo‘limiga tushadi, bu yerda yoqilg'i yonishi hisobiga harorat 1000 — 1200°C gacha ko‘tariladi va ohaktosh parchalanadi (dissotsiyalanadi): CaC03= C a0 + C 0 2. Ohaktosh tarkibidagi magniy karbonat M gC03 ham kuydirish jarayonida parchalanadi. Sovitish bo'limiga tushganda kuydirilgan ohak cho‘qqi (greben) orqali beriladigan havo bilan sovitiladi, so‘ngra pastki o'choqqa maxsus mexanizm yordamida tushiriladi. Lekin ohaktosh shaxtali ag‘darma o'choqlarda kuydirilganda ohakka kul aralashadi. Shaxtali gaz o‘choqlarida kuydirishda bunday bo'lmaydi. Bundan tashqari, gaz o'choqlaridan foydalanish qulayroq, ularda kuydirish jarayonini oson mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin. Aylanadigan o‘choqlardan foydalanib istalgan karbonatli jinslardan, shu jumladan, mayda ohaktosh va uvalanib ketadigan nam bo‘rdan ham ohak olish mumkin. Ulami shaxtali o‘choqlarda kuydirib bo'lmaydi. Yuqori sifatli donador ohak olish uchun ohaktoshdan C 0 2 butunlay chiqarib yuborilmaguncha bir me’yorda kuydiriladi. Kuydirishdan keyin qolgan kalsiy va magniy oksidlari (CaO+MgO) ohakning faol tashkil etuvchilari hisoblanadi; ulaming miqdori materialning bog‘lovchilik sifatini belgilaydi. Bundan tashqari, donador ohak tarkibida, odatda, biroz chala kuygan va o‘ta kuygan ohak bo‘ladi. Chala kuydirish parchalanmagan kalsiy karbonat o‘choqqa ohaktoshning haddan tashqari katta bo‘laklari solinganda yoki kuydirish harorati yetarli darajada yuqori bo‘lmaganda hosil bo‘ladi. Chala kuydirilgan ohak qariyb bog'lash xossalariga ega bo‘lmaydi va shu sababli ballast (to‘shama) hisoblanadi. 0 ‘ta kuydirügan ohak haddan yuqori harorat ta’siri ostida kalsiy oksidining aralashmalari qumtuproq, giltuproq va ternir oksidi bilan qovushishi natijasida hosil bo‘ladi. 0 ‘ta kuydirilgan ohak donalari juda sekin so‘nadi. Ohakni o‘ta kuydirish xavfli, chunki undagi so‘ndirilmagan zarrachalar qotib qolgan ohak qorishmasida so‘nishi sababli suvoqda, silikat buyumlarda darzlar hosil qilishi mumkin. So‘ndirilmagan donador ohak zichligi 900—1100 kg/m3 bo‘lgan g‘ovakli bo‘laklardan iborat bo'ladi va yarim mahsulot hisoblanadi. U so‘ngra maydalanadi yoki mahsulotga aylantirish uchun so‘ndiriladi. Donador kukun-ohakning oldindan maydalangan bo‘laklari sharli tegirmonda tortilganda so ‘ndirilmagan tuyilgan ohak olinadi, u so'ndirilgan ohakdan tez tutib qolishi va qotishi bilan farq qiladi. Donador kukun-ohakni tortish jarayonida ohak sifatini yaxshilaydigan va uning tannarxini pasaytiradigan turli qo'shimchalar: shlaklar, kullar, qum, pemza, ohaktosh kiritish mumkin. Ushbu usul yordamida 30—40% so‘ndirilmagan ohakdan va 70—60% o‘tga toblab qizdirilmagan ohaktoshdan iborat karbonat ohagi olinadi. Bu ohakdan qish sharoitlarida ishlatiladigan o‘z-o‘zini isituvchi qurilish qorishmalari tayyorlash uchun foydalaniladi. Ohakning so‘nishi. So‘ndirilmagan donador ohakni suvga aralashtirishda kalsiy oksidi quyidagi ifodada gidrat (biror kimyoviy moddaning suv bilan birikmasi)ga aylanadi: 47-rasm. Ohak pishiriladigan shaxta o‘choq: 1 — shaxta; 2 — yuklash qurilmasi; 3 — qizdirish bo‘- limi; 4 — pishirish bo‘limi; 5 — sovitish bo'limi; 6 — gaz beriladigan greben; 7 — pishitilgan ohakni chiqarib oluvchi mexanizm. C a0+H 20 t ; Ca(OH)2 +1564 kkal (65,5kJ). Ushbu jarayon «ohakni so‘ndirish» deb ataladi va ayni bir vaqtda ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi hamda intensiv bug‘ hosil bo‘ladi (aynan shu sababli so‘ndirilmagan donador ohak, odatda, kukun-ohak deb ataladi). So‘ndirishda olingan suv miqdoriga qarab gidrat ohak (pushonka), ohak qorishmasi yoki ohak suti hosil qilinadi. Gidrat ohak (pushonka) kukun-ohakni so‘ndirish uchun 60—70% suv qo‘shilganda hosil bo'ladi. Bunda suvning 32%i kimyoviy reaksiyada qatnashadi, qolgan qismi esa so'ndirish jarayonida bug‘lanib ketadi. So‘ndirish natijasida ohak hajmi dastlabki hajmga nisbatan 2—3 marta ortadi. Hosil bo'lgan gidrat ohak kalsiy gidroksidining juda mayda zarrachalaridan tashkil topgan oq kukundan iborat bo‘ladi. Uning yumshoq holatdagi zichligi 400 — 450 kg/m3, zichlangan holdagisiniki 500 — 700 kg/m3 dir. Ohakni so'ndirish uchun ohak so‘ndiruvchi barabanlar yoki kurakli moslamalar ishlatiladi. Kukun-ohakni so‘ndirishda ohak qorishmasida suv sarfi massasi bo‘yicha 1 qism ohakka 2—3 qismgacha oshiriladi. Suvdan ko‘proq qo‘shilsa ohak suti hosil bo‘ladi. Hosil qilingan ohak qorishmasining hajmi dastlabki kukun-ohak hajmidan 2—2,5 marta ortiq bo'ladi. Ohak hajmining ortishi ohak qorishmasining chiqishi bilan belgilanadi. U 1 kg ohakni so‘ndirib hosil qilingan qorishma hajmiga (litr hisobida) teng. Olinadigan ohak qorishmasining miqdori kukun-ohak tarkibidagi kalsiy oksidi va boshqa aralashmalaming miqdoriga hamda pishirish sifatiga bog‘liq. Ohak xamiri oq rangli plastik massadan iborat bo‘lib, zichligi 1400 kg/m3 gacha bo‘ladi.
Ohakning qotishi. Ohak, odatda, qurilishda qorishma ko‘rinishida, ya’ni qum bilan aralashtirib ishlatiladi. Ohak qorishmasi havoda sekin-asta qotib, sun’iy toshga aylanadi. So‘ndirilgan ohakdan tayyorlangan ohak qorishmasi qotayotganda bir yo‘la bir necha jarayonlar sodir bo‘ladi. Ohak qorishmasidan ortiqcha nam bug'lanishi natijasida juda mayda zarrachalar Ca(OH)2 bir-biriga yaqinlashadi, kristallanadi, so’ngra mustahkam kristallik o‘siqlar hosil bo‘ladi, qum donalarini bog'lab yaxlit jism hosil boladi. Bu bilan bir qatorda kalsiy gidroksidining havodagi karbonat angidrid gazi bilan o‘zaro ta’siri natijasida quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: Ca(0H)2+C 02+H20=C aC 03+H20. Bu jarayon barcha ohakli moddalarda ro‘y berib, karbonlanish jarayoni deyiladi. Bu reaksiya natijasida yuqori mustahkam kalsiy karbonat hosil bo‘ladi. Lekin karbonlanish jarayoni juda sekin boladi, chunki ohak qorishmasi qatiamining yuzasida karbonat angidrid gazi qorishma ichiga kirishini qiyinlashtiradigan zich qobiq hosil bo‘ladi. Ohakli qorishmalar mustahkamligining juda sekin oshishini shu bilan tushuntirish mumkin. So‘ndirish tezligiga qarab donador ohak tez so‘ndiriladigan (so‘ndirish vaqti 20 minutgacha) va sekin so‘ndiriladigan (so‘ndirish vaqti 20 minutdan ortiq) ohaklarga bo‘linadi. Ohakning faolügi qancha yuqori bo‘lsa, uning so‘nishi shunchalik tez sodir bo‘ladi va olinadigan ohak qorishmasining miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tuyilgan so'ndirihnagan ohakning to'kma zichligi 800—1200 kg/m3 ga teng. Ohakning maydaliligi 02 va 008 raqamli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Ular ko‘pi bilan 1 va 15% bo'lishi kerak. n y Gidrat ohak-pushonkaning namligi, nam moddaga nisbatan qayta hisoblanganda, 5% dan ortmasligi kerak. Qoilanilish sohasi. Havoda qotadigan ohak g‘isht terish va suvashda, silikat buyumlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ohak-qum va aralashtirilgan qurilish qorishmalari tayyorlash uchun, shuningdek, bo‘yoqchilikda bo‘yoq tarkibidagi bog‘lovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, havoda qotadigan tuyilgan va pushonka ohak gidravlik xossalarga ega bo‘lgan ohak-putssolan va ohak-shlak sementlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi. Havoda qotadigan ohakdan tayyorlangan qorishma va buyumlami nam xonalarda va poydevorlar qurishda ishlatib bo‘lmaydi, chunki ular suvga chidamli emas. Tuyilgan so‘ndirilmagan ohakdan tayyorlangan suvoq qorishmalaridan tashqi havo haroratiga bog'liq bo'lmagan holda ham foydalanish mumkin. Bu holda qorishmani tayyorlash va surtish vaqtida ko‘p issiqlik ajralib chiqishi tufayli ortiqcha nam buglanadi, qorishmaning o‘zi tez qota boshlaydi.
Tashish va saqlash. So'ndirilmagan donador ohak temir yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to'kma holida tashiladi. Bunda ohak namlanmasligi uchun avtomobil tepasini yopqich yordamida yopib qo‘yish kerak. Ohak-pushonka va tuyulgan ohakni tashish uchun jips yopiladigan metall konteynerlar va bitumlangan qog'oz qoplar xizmat qiladi. Ohak qorishmasi yukxona chetlari maxsus moslashtirilgan ag‘darma mashinalarda, ohak suti esa avtosistemalarda tashiladi. Qurilish maydoniga keltirilgan kukun-ohakdan qorishma tayyorlanadi, chunki ish hajmi kichik bo'lganda ulami shu joyning o‘zida uzoq vaqt saqlash mumkin. Ohakpushonka omborxonalarda qoplarga joylab qisqa vaqt saqlanadi. Tuyilgan ohakni bir oydan ortiq saqlab bo‘lmaydi, chunki u nam havo bilan asta-sekin so‘nib faolligini yo‘qotadi. Havoda qotadigan ohakni tashish, saqlash va ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak changi nafas a’zolari va teriga ta’sir qiladi.

Download 93.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling