Mavzu : O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari. Darsning maqsadi


O’zbekiston Respubliksining Konstitutsiyasi 98-moddasidan


Download 287 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi287 Kb.
#1542035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari

O’zbekiston Respubliksining Konstitutsiyasi 98-moddasidan



“…O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga , Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini , O’zbekiston Respubliksi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli …
Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O’zbekiston Respubliksi Prezidenti va O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisi oldida javobgar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o’z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.

Buyuk mutafakkir Ibn Sino: “ Har qanday jamiyat , ma’lum adolatni himoya etuvchi, huquqiy qonunlar asosida idora etiladigan , adolatsizlikka yo’l qo’yilmaydigan qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyat ta’minotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo’shadi “ – degan.




Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi:



  • Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;

  • Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

  • Yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • Madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekalogiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • Mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarni ko’radi;

  • Qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchlikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hukumat O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, boshqa normative-huquqiy hujjatlar asosida va ularni bajarish maqsadida O’zbekiston Respubliksining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarishi shart bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Prezident hukumat majlisida raislik qilish huquqiga ega.



Download 287 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling