Mavzu : pedagogika fan sifatida. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Download 0.52 Mb.
|
uzluksiz taʼlim mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya qoidalari
- Bixeviorizm
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy hamda ekologik tarbiya kabi yo’nalishlarni tashkil etadi.Tarbiya qoidalariTarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalaniladigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l – yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadiBixeviorizmBixevioristlar insonning shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy biologik omillar hal qiluvchi rol oynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod – ajdoddan o’tgan tug’ma xususiyatlar rivojlanadi. Bu nuqtai nazar pedagogikada biologic – bixeviorizm yo’nalishi deb nomlanadi. Bixeviorizm oqimiga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha barcha xususiyatlar, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o’tadi. Jon Brodes Uotson (John Broadus Watson) – amerikalik psixolog, qiyosiy psixologiya bo’yicha kitoblar muallifi Jon Broadus Watson (1878 yil 9 yanvar - 1958 yil 25 sentyabr) amerikalik psixolog bo'lib , bixeviorizmning ilmiy nazariyasini ommalashtirdi va uni psixologik maktab sifatida yaratdi. Uotson oʻzining 1913-yilda Kolumbiya universitetida “Psixologiya xulq-atvorchi sifatida qaraydi” deb nomlangan murojaati orqali psixologik intizomdagi bu oʻzgarishlarni ilgari surdi . 2002 yilda chop etilgan “Review of General Psychology” soʻrovnomasida Uotson 20-asrning eng koʻp tilga olingan psixologlari orasida 17-oʻrinni egallagan Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi: 1) Ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi; 2) Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi; 3) Bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish; 4) Bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling