Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Poydevorlarni qurish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Tasmali poydevorlar, yig‘ma tasmali poydevorlar, bog‘lovchi to‘sinlar, mayda va yirik shtichli opalubka, poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar
6-mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi Reja: 1.Umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni qurish texnologiyasi. 2.Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgizaladigan qoziq va shpuntlarni konstruksiyasi. 3.Qoziqlarni tushirish -kirgizish texnologiyasi. To‘ldiriladigan qoziqlarni qurish texnologiyasi. 4.Rostverklarni qurish texnologiyasi. Qoziq ishlarini qabul qilish. Sifatning nazorati . Tayanch iboralar: Tasmali poydevorlar, yig‘ma tasmali poydevorlar, bog‘lovchi to‘sinlar, mayda va yirik shtichli opalubka, poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar 1.Poydevorlar qurish texnologiyasining umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni qurish texnologiyasi. Sanoat binolari va inshootlari o‘z massasidan yuklanishini shu jumladan, foydali yuklanishini poydevorlar orqali tuproq (gruntli) asosga beradi. Asosning va unga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklanishning ko‘taruvchi yuklanishning ko‘taruvchi qobiliyatidan kelib chiqib, poydevorlarning konstruktiv echimlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik kam qavatli fuqarolik va sanoat binolari uchun tasmali poydevorlar to‘g‘ri keladi. Tasmali poydevorlar yuklanishini asos gruntlariga asosan tovoni orqali uzatuvchi mayda qo‘yilmali poydevorlar qatoriga kiradi. Bunday poydevorlar ochiq kotlovanlarda barpo etiladi. Tayyorlash sharoitlariga ko‘ra ular bevosita kotlavanda quriladigan monolit (yaxlit) poydevorlarga va zavodda tayyorlangan elementlardan montaj qilinadigan yig‘ma poydevorlarga bo‘linadi. Tasmali poydevorlar bino devorlari yoki ustunlar qatoridan jumladan yukni asosga uzatish uchun foydalaniladi. Rejada ular bittali (yakka) yoki kesishma tasmalardan iborat bo‘lmish mumkin; yakka tasmalar devorlar ostiga quriladi, kesishmalari esa ustunlar to‘ri ostiga quriladi. Bir qavatli, shu jumladan sanoat binolari uchun yaxlit poydevorlar o‘rniga ko‘pincha ustunli poydevorlar qo‘llaniladi, ular ustunlar orqali bino sinchidan yuklanishlarni va rand-to‘sinlar (bog‘lovchi to‘sinlar) orqali devorto‘sig‘i yuklanishlarini qabul qiladi. Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi kotlovanlarni binoning butun yuzi bo‘ylab ishlab berishga majbur qiladi. Odatda ishlov beriladigan gruntni (tuproqni maydondan olib chiqish va kozuxlarni yana to‘ldirish uchun tuproqni yana olib kelishga majbur qiladi.) Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni qurish chuqurligi ancha orttiriladi, bu esa tasmali poydevorlarni tayanch qismi rivojlangan xolda qurishga majbur etadi, bu esa o‘z navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib keladi. Ko‘p qavatli binolar qurishga o‘tilishi asosga tushadigan yuklanishlarning ortishiga olib keladi, bu esa yuqori yuklanishlarni qabul qilishga qodir poydevorlarning yangi konstruktiv echimlarini topishni yoki qoziqli poydevorlardan foydalanishni talab etdi. Qoziqlar turli xil binolar va inshootlar ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish uchun qo‘llaniladi, gruntli qoziqlar esa kotlovanlar devorlarini buzilishidan mustaxkamlashda qo‘llaniladi. Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi qazish ishlarini keskin kamaytiriga , poydevorlar va erto‘la devorlarini qurish uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton hajmini kamaytirishiga, ish muddatlarini va poydevorlarni qurish qiymatini qisqartirishga imkon beradi. Qoziqli poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik va ancha tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi. O‘ta yuqori qavatga ega binolar uchun, kuchsiz gruntlarda, asosning turlicha ko‘tarish qobiliyatida barpo etilayotgan binoning turli qismlari ostida va boshqa texnogen omillar ostida poydevor sifatida butun inshoot ostiga monolit plita (yaxlit poydevor) quriladi. Poydevor plitalari rejada faqat cho‘kish choklari bilan qirqiladi, plitalar binoning bikirligini (mustaxkamligini) va poydevorning hamda inshootning er usti qismining birgalikda ishlashini ta’minlaydi. YAxlit poydevorlar inshootning ayrim qismlarining notekis cho‘kishini keskin kamaytiradi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling