Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Tasmali poydevorlarni qurish texnologiyasi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Tasmali poydevorlarni qurish texnologiyasi
Monolit tasmali poydevorlar. Devorlar ostiga tasmali poydevorlar asosan monolit yoki yig‘ma bloklardan quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar quyi armaturalangan yoki kam armaturalangan poydevor devori ko‘rinishida quriladi, bino devorlari undan yuqori qilib quriladi Monolit temir betondan poydevorlar va devorlarni qurish jarayoni poydevorlar o‘qlarini yoyishni, opalubkalar qurishni, armaturani yig‘ishni va o‘rnatishni hamda betonlashni o‘z ichiga oladi. Poydevorlarni qurish texnologiyasini tanlash poydevorlarning va binolarning o‘zining konstruktiv echimlariga, shuningdek mavjud texnologik qurilmalar va mexanizmlarga bog‘liq bo‘ladi. Opalubkaning turini tanlashga batonlanayotgan konstruksiyalarning ko‘rinishi va ularning takrorlanuvchanligi ta’sir ko‘rsatadi. Opalubkalar imkoni bor variantlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob kitoblar asosida tanlanadi. Belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar – materiallar va mehnat sarflari, opalubkaning bir aylanmasi tannarxi. Uncha katta hajmda bo‘lmagan va oddiy shakldagi poydevorlarning ko‘p marta takrorlanishida joyiga kran yordamida o‘rnatiladigan inventar metall blok – shakllar qo‘llaniladi. Blok – shakllar ajralmaydigan, ajraladigan va transformasiyalanadigan qilib tayyorlanishi mumkin; troneformasiyalanuvchi blok – shakllar o‘z o‘lchovga shaklini elementlarini maxsus qurilmalar bilan surish, keyin qayd qilish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Ayrim hollarda fazoviy bloklardan yoki yirik shchitlardan qilingan po‘lat inventar opalubka, lesi yoki fazoviy temirbeton elementlardan ajralmaydigan opalubka, suvga chidamli fonerali palubasi bo‘lgan mayda va yirik shtichli opalubka qo‘llaniladi. Armaturani montaj qilish to‘r va fazoviy sinchlar ko‘rinishidagi yiriklashtirilgan elementlar bilan quriladi. Poydevorning quyi armatura to‘ri opalubkani montaj qilingunga qadar o‘rnatiladi. Ximoya beton qatlamini yaratish uchun 1m qadam bilan shaxtam tartibida qayd qilgichlar o‘rnatiladi keyin armatura karkaslari o‘rnatiladi va ular qayd qilgichlar bilan mahkamlanadi. Sinchlardagi vaqtincha mahkamlagichlar ular so‘ng olib tashlanadi. To‘r va sinchlarning alohida sterjenlari o‘rnatilgan joyida payvandlab biriktirish zarur. Opalubka ishlari tugagandan so‘ng qamrovda opalubkani o‘rnatishga kirishiladi. O‘zgarmas ko‘ndalang kesimli tasmali poydevorlar opalubkalari poydevorlarning balandligiga bog‘liq holda yig‘iladi. 2...2,5 m balandlikda shchitlar ularni o‘zaro qulflarda biriktirib, ketma-ket vertikal holda o‘rnatiladi, vaqtinchalik inventar podkoslar bilan mahkamalanadi. Ularga tutqichlar biriktiriladi, keyin esa opalubka tekisliklari tortqichlar bilan biriktiriladi. Ikkinchi yarus shchitlari pastkilari ustiga o‘rnatilgan opalubka rixtovka qilingandan keyin maxkamlanadi va ular gorizontal qilib joylashtiriladi. Tasmali poydevorning balandligi 2,5 dan ortiq bo‘lganda opalubkaning konstruksiv echimi texnologik xaritada taklif etilishi kerak. Ko‘ndalang kesimi o‘garuvchan tasmali poydevorlarning shchitli opalubkalari avval poydevorning pastki (quyi) qismi uchun yig‘ilishi mumkin, opalubkaning yuqori qismi poydevorning pastki qismi betonlanguncha va betonlangandan keyin o‘rnatilishi mumkin. Beton qorishmasini yotqizishdan yotqizishdan oldin grutni asosni sinchiklab tayyorlab olishi kerak. YUmshoq organik va shunga o‘xshash gruntlar olib tashlanishi kerak, grunt navlangan joylarni zichlashtirilgan qum yoki shag‘al bilan to‘ldirish lozim. Temirbeton poydevorlarning monolitligiga erishish uchun betonlashni uzluksiz choklar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan olib borish kerak. Beton qorishmasi 20...50 sm qalinlikdagi qatlamlar bilan yotqiziladi, xar bir keyingi qatlam avvalgisi zichlashtirilgandan so‘ng va odatda u tushishini boshlaguncha yotqiziladi. Tasmali poydevorlar konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda bir, ikki va uch bosqichda betonlanadi (6.1-rasm)Bir bosqichli qatlamli betonlash to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli tasmali poydevorlarni rasporda qurishda yoki ko‘ndalang kesim yuzi 3 m2 dan kam bo‘lganda o‘zgaruvchan kesimni qurishda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesim yuzi 3m2 dan ortiq bo‘lganda bosqichli (pog‘onali) tasmali poydevorlar ikki bosqichda betonlanadi: avval pog‘onalar, keyin devor. Sinchli binolara qo‘llaniladigan ustunostili tasmali poydevorlar uch bosqichda betonlanadi. Binoning er osti qismi devorlarini betonlashning xususiyatlari devorlarning qalinligi va balandligi shuningdek opalubkaning turiga bog‘liq olinuvchi – ko‘chiriluvchi shchitli opalubka ikki yo‘l bilan o‘rnatiladi: avval bir tomondan devorning butun balandligiga, armatura o‘rnatilganidan so‘ng ikkinchi tomoniga o‘rnatiladi. Devorning balandligi va qalinligi katta bo‘lgandaikkinchi tomonning opalubkasini betonlash jarayonida yaruslar bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar opalubka devorning butun balandligi bo‘yicha o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda opalubkada beton qorishmasini uzatish uchun teshiklar nazarda tutiladi. Qalinligi 0,5 m dan ortiq bo‘lgan devorlar opalubkasini butun devor bo‘yicha xartumlar yordamida yuqoridan beton qorishmasini uzatib qurish mumkin. Devorlarni betonlash texnologiyasi opalubkaning kostruksiyasiga bo0liq. Beton qorishmasini 400...600 mm balandlikka orttirib borilayotgan opalubkaning o‘shanday chegaralardagi yarusi balandligida yaruslab yotqizish nazarda tutilishi mumkin. Devorlarni ajratiluvchi ko‘chiriluvchi opalubkada betonlashda uzluksiz (tanaffussiz) bajariladigan uchastkalarning balandligi 3m ortiq bo‘lmasligi kerak. Ishchi choklarsiz betonlanadigan devorlarning uchastkalari balandligi undan ortiq bo‘lganda beton qorishmasining cho‘kishi va cho‘kma yoriqlar xosil bo‘lishining oldini olish uchun betonlashda 40...120 min davom etadigan tanaffuslar qilish kerak. 6.1-rasm Tasmali poydevorlarni betonlash: a) - beton qorishmasini uzluksiz uzatishda ustunli poydevorlarni betonlash; b)-o‘shaning o‘zi, pog‘onalab betonlashda: v- vibroxartumdan foydalanib betonlanadigan pog‘onali; 2- fundamentning konstruktiv echimi; 1-poydevor opalubkasi; 2-beton qorishmali bod’yalar; 3-ishchi maydoncha; 4-vibrator; 5-beton; 6-bo‘g‘inli xartum; 7- bo‘ylama armaturalash; 8-ko‘ndalang armaturalash; 9-betonli tayyorgarlik; 10-zichlashtirilgan grunt; 11- elimlanuvchi gidroizolyasiya. Devorning uzunligi 20m dan ortiq bo‘lganda u 7...10 m lik uchastkalarga bo‘linadi va uchastkalar chegarasida ajratuvchi to‘siq o‘rnatiladi. Poydevorlarni qurishda asosiy jarayon betonlash hisoblanadi, shuning uchun xar bir oqimdagi ishchilar soni (opalubkani o‘rnatish, armaturani joylash, betonlash, opalubkani ajratib olish) asosiy oqim bo‘yicha aniqlanadi. Barcha oqimlardagi ish bir xil me’yorda kechishi zarur. Oqimli ishlashli tashkil etish uchun poydevor va devorlar qamrovlarga ajratiladi, ular tarzida oraliq, oraliqning bir qismi yoki bir o‘qdagi poydevorlar xizmat qilishi mumkin. Yig‘ma tasmali poydevorlar hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma poydevor yostiqlaridan iborat bo‘lib, ulardan yuqori qilib devorlar bloklari o‘rnatiladi. Temir beton poydevor plita-yostiqlari va betonli devor bloklari bir xil shaklga keltirilgan, nomenklatura ularning to‘rtta guruhga ajratilishni nazarda tutadi, bu guruhlarning har biri qabul qilayotgan yuklanishi bilan farq qiladi. Inshootning mustahkamligini oshirish uchun kuchsiz gruntlarda qurishda cho‘kishlarni birxillashtirish uchun va zilzilaga qarshi tadbirlar sifatida yig‘ma poydevorlar armaturalangan choklar bilan yoki poydevor yostiqchalari ustidan quriladigan yoki devorli poydevor bloklari oxirgi qatori ustidan binoning butun perimetri bo‘yicha bir sathda quriladigan temir beton tasmalar bilan kuchaytiriladi. Qumli gruntlarda poydevor bloklaribevosita tekislangan asosga yotqiziladi, boshqa gruntlarda–qalinligi 10sm bo‘lgan qumli yostiqqa yotqiziladi. Poydevorlar tovoni ostida to‘kma yoki yumshatilgan gruntni qoldirib bo‘lmaydi, uni olib tashlash va uning o‘rniga qum yoki shag‘al yotqizish kerak. Gruntli asosdagi 10sm ortiq chuqurliklar monolit beton bilan to‘ldiriladi. Bloklar qumli yostiqdan osilib qolmasligi uchun. Qumli asosning eni va bo‘yini poydevor o‘lchashlaridan 20...30sm kattaroq qilinadi. Suv ta’minoti, kanalizasiya va boshqa kiritishlar quvurlarni yotqizish uchun uzilishlarni ta’minlash maqsadida. Poydevor bloklari loyihaga mos holda ularni joylashtirish sxemasi bo‘yicha joylashtiriladi (6.2.-rasm). Montaj qilishni devorlarning burchaklari va kesishish joylarida mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlaydilar. Poydevor bloki kran yordamida joylashtirishdan joyga uzatiladi, to‘g‘rilanadi va asos ustiga tushuriladi, loyiha xolatidan uncha katta bo‘lmagan chetlashishlar blokni montaj qilish lamchasi bilan tortib turilgan holdagi strapalarda siljitilib bartaraf etiladi. Bunda asos sirti buzilmasligi kerak. Blok rejada va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri vaziyatni egallagandan so‘ng bog‘langan arqonlar olinadi. Tasmali poydevor bloklari va yon ozuxalari orasidagi uzilishlar montaj qilish jarayonida qo‘m yoki qumli grunt bilanto‘ldiriladi va zichlanadi. Poydevorlarni ustunlar ostiga montaj qilishda o‘rnatilayotgan bloklarning asosiy o‘qlarga nisbatan holati sinchiklab nazorat qilinadi. Nivelirlar yordamida bloklarning holati balandligi bo‘yicha nazorat qilinadi, stakan turidagi bloklarda stakan tubi belgilab tekshiriladi, boshqalarida esa blokning yuqori tekisligi tekshiriladi. Erto‘la devorlarini (devor bloklarini) montaj qilish yotqizilgan poydevor bloklari (yostiqlari) ning holati tekshirilgandan so‘ng va gidroizolyasiya qurilgandan so‘ng boshlanadi. Agar loyihada aloxida ko‘rsatmalar bo‘lmasa u xolda izalyasiya sifatida poydevorlarning tozalangan sirti bo‘yicha 2...3sm qalinlikda qorishma yoyib chiqiladi; qorishma bir paytda tekislovchi qatlam vazifasini xam bajaradi. Montaj qilish sxemasiga muofiq poydevorlarda vertikal choklar o‘rnini belgilab, birinchi (pastki) qator devor bloklari vaziyati belgilab chiqiladi. Montaj qilish burchaklarda va devorlarning kesishishi joylarida bir-biridan 20...30 sm masofada mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. Mayoq bloklari o‘rnatilgandan so‘ng ularning ishlari satxida shnur prichalka tortiladi, unga ko‘ra qator bloklari o‘rnatiladi. Bloklarning keyingi qatorlari quyida joylashgan qatordagi bloklarni joylashtirishni belgilab, o‘shanday ketma-ketlikda montaj qilinadi. Dastlabki ikki qator bloklar yotqizilgan poydevor bloklaridan o‘rnatiladi, undan keyingilari inventar xavozalardan o‘rnatiladi. Bloklar montaj qilinadigan qorishma markasi loyihada ko‘rsatiladi. 6.2-rasm. Yig‘ma tasmali poydevorlarni montaj qilish: 1-poydevor yostiqchasi; 2-devor bloki; 3-qumli tayyorgarlik; 4- armaturali tasma; 5-qorishmadan to‘shak; 6-chokni monalit beton bilan yashash; 7-blokni bog‘lash. Montaj qilish kranini kotlavan chetiga joylashtirish mumkin, unda qamrov chegarasida avval barcha poydevor bloklari, keyin esa erto‘la devorlari bloklari montaj qilinadi. Agar kran kotlovan turgan bo‘lsa, u holda erto‘la poydevorlari va devorlari montaj qiluvchi kran zonaga ikkinchi marta kiralmosligidan kelib chiqib (u erda er satxidan balandroq qilib bloklar yotqizilgani uchun), alohida uchastkalar bo‘yicha o‘rnatiladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling