Mavzu : pul oqimlari tahlili reja


Pul oqimlari tahlilining asosiy maqsadi


Download 22.16 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2024
Hajmi22.16 Kb.
#1841568
1   2   3
Bog'liq
Xojanqulov Zohidjon IQT-4

Pul oqimlari tahlilining asosiy maqsadi Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari harakatiga to‘g‘ri, aniq va xolisona baho berish orqali uning sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash

2. OPERATSION, INVESTITSION VA MOLIYAVIY FAOLIYATDAN PUL OQIMLARI TAHLILI
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimini tahlil qilib o‘rganishda asosiy axborot manbai bo‘lib, “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” hisoblanadi.
Ushbu hisobot shakli 9 – sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli BHMS hamda “Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalari”da belgilangan talab va qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi.
Mazkur me’yoriy – huquqiy hujjatlarga ko‘ra pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda hisobot yili bo‘yicha pul mablag‘larining harakati operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat bo‘yicha guruhlangan holda aks ettirilishi lozim.
Xususan, operatsion faoliyat 9 – sonli BHMSda quyidagicha ta’riflanadi: “Operatsiya faoliyati – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek, subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati”.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati

Sharq” fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul
oqimining tahlili


Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Boshqacha aytganda, pul mablag‘larining investitsion faoliyat bo‘yicha harakati uzoq muddatli aktivlarni shakllantirish va qisqartirish hamda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish, sotish muomalalari natijasida yuzaga keladi

Investitsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati

Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi. Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda ularni quyidagicha tasniflash mumkin.


Download 22.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling