Mavzu : pul oqimlari tahlili reja
Download 22.16 Kb.
|
Xojanqulov Zohidjon IQT-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING PUL OQIMLARI TAHLILINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Mavzu : PUL OQIMLARI TAHLILI REJA: 1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlari tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari 2. Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari tahlili 3. Valyuta mablagʻlari harakatining tahlili 1.XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING PUL OQIMLARI TAHLILINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI 9-sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)ga muvofiq pul mablag‘lari - bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schotlaridagi mablag‘lardir. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy muammolaridan biri bu zarur miqdordagi pul mablag‘lariga ega emasligi va pul oqimlarini tahlil qilib o‘rganmasligi hamda boshqara olmasligidir. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt sotib olingan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun ularni yetkazib beruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bilan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat budjeti bilan, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan va boshqa hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshira olmaydi. Bularning barchasi kreditorlik qarzlarining ko‘payishiga, penyalar hisoblanishi va turli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli yomonlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati ko‘p jihatdan pul mablag‘larining mavjudligi va ularning harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, xo‘jalik yurituvchi subyektlar pul mablag‘lari manbalarini izlab topishi, mablag‘lardan samarali foydalanishi, pul mablag‘lari harakatini kuzatib borishi va umuman ularning harakatini to‘g‘ri boshqarishlari uchun pul oqimlarini tahlil qilib o‘rganishlari lozim. Pul oqimlari tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: “Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari; pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyot ma’lumotlari. Download 22.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling