Mavzu : pul oqimlari tahlili reja


Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati


Download 22.16 Kb.
bet3/3
Sana03.06.2024
Hajmi22.16 Kb.
#1841568
1   2   3
Bog'liq
Xojanqulov Zohidjon IQT-4

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati

Soliqqa tortish – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan to‘langan foyda solig‘i va boshqa soliqlar hamda majburiy to‘lovlar summasining chiqib ketishi natijasida yuzaga keladi

Soliqqa tortish bo‘yicha pul mablag‘larining harakati



Investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridagi pul oqimining tahlili

3. VALYUTA MABLAGʻLARI HARAKATINING TAHLILI

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobot davrida xorijiy valyuta ishtirokida operatsiyalar sodir bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot”ga ilova qilinib, “Valyuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma” ham taqdim etiladi.

Mazkur ma’lumotnomada xo‘jalik subyektining xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘larining harakati aks ettiriladi. Ya’ni, xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari kirimi va chiqimini quyidagicha tasniflash mumkin.


Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari oqimi tahlil qilib o‘rganilar ekan, birinchi navbatta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud bo‘lgan valyuta mablag‘larining yil boshiga qoldig‘iga jami valyuta tushumlarini qo‘shish va jami sarflangan valyuta mablag‘lari ayirish orqali hisobot davri oxiridagi valyuta qoldig‘iga tengligi
tekshiriladi.
Pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga qoldiqlari “Buxgalteriya balansi”ning 320-satrida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari summasiga ham o‘zaro muvofiqligini o‘rganiladi. Shundan so‘ng, xorijiy valyuta mablag‘lari qaysi manbalar hisobiga kelib tushganligi va qanday maqsadlarda sarflanganligiga baho beriladi. Tahlil yakunida xorijiy valyuta bo‘yicha sof pul mablag‘lari hajmini oshrish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.


Xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘larining harakati

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 9 – sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli BHMSda belgilangan qoidalarga muvofiq xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.
Xorijiy sho‘ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak.

Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.


Bu miqdor operatsiya, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimi, ya’ni operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushushi va sarflanishi o‘rganilib baho berilgandan so‘ng, pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga mavjud bo‘lgan tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi va dinamikasi o‘rganilgan holda baho beriladi.
Tahlilda mavjud pul mablag‘lari tarkibi nimalardan tashkil topganligi, jami pul mablag‘lari tarkibidagi hissasi va yil boshiga nisbatan o‘zgarishi o‘rganiladi. Tahlil natijalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati uchun o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini uzishga mavjud mablag‘larning yetarli yoki yetishmasligi, dividendlar to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi.
Pul mablag‘lari tarkibi

Sharq” fermer xo‘jaligi pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili




Download 22.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling