Mavzu : Pulning kelib chiqishi, mazmuni. Hozirgi zamon pullari tabiati va mazmuni Mundarija


Download 48.33 Kb.
bet9/12
Sana11.11.2021
Hajmi48.33 Kb.
#173436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
TU-52 Olimova Sevara. Iqtisod kurs iwi

Inflyatsiya sabablari  
Inflyatsiya  XVIII  asrning  o’rtalarida  muomalaga  ta’minlanmagan  juda  ko’p miqdorda  pul  chiqarishi  natijasida  pul  tizimidagi  inqiroz   holat  asosida  yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation»  so’zidan olingan va  shishish,  ko’pchish,  ko’tarilish  ma’nosini anglatad)  o’z  mohiyagiga  asosan  pulning kadrsizlanishi, 
tovar  va  xizmatlarga  bo’lgan  baholarning    muntazam    ravishda     oshib    borishi jarayonini    anglatadi.    Shuni  ta’kddlash    lozimki,     rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi    inflyatsiya    nisbatan    me’yor     darajasidagi    pul  massasi  holatida  ham  yuzaga chiqishi mumkin. 
Hozirgi    zamon  inflyatsiyasi  nafaqat  tovarlar  va    xizmatlarga     bo’lgan baholarni    muntazam  o’sishi  natijasida  pulning  sotib  olish   qobiliyatini  pasayishi  bilan  bir  qatorda  ishlab  chikarish  jarayonidagi nomutanosiblik,  pul  muomalasi,  moliya  xamda    kredit    sohasidagi    salbiy  omillar    Bilan    tasniflanadi.  Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma  va  iste’mol,  talab  va  taklif,  daalat  daromadlari  va  xarajatlari, xo’jaliklarning pul  massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda 
markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab  o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. 
Xalqaro  amaliyotda  ikgisodchi  olimlar  inflyatsiyaning  yuzaga   chiqadigan omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.   
1.    Ichki  omillarni  mohiyagiga  asosan  pullik  (monetar)  va  pulsiz   omillarga ajratish  mumkin.  Pullik  omillarga  davlat  moliyasining   inqirozi,  byudjetning taqchilligini  mavjudligi.  davlat  qarzdorligini   ortishi,  pul  emissiyasi,  kredit dastaklarining  aylanishini  ko’payishi,   pul  aylanmasining  tezligi  va  boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy  ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy  rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx  shakllantirishdagi  davlat  monopoliyasi,  markaziy  bankning  kredit  ekspansiya  va boshqa omillarni kiritish mumkin; 
2.  Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga  ta’sir etadigan  dunyoda  amalga  oshayotgan  jarayonlarni  aks  ettiradi.  Ushbu  omillarga dunyo  mamlakatlarida  yuzaga  chiqadigan  soha   inqirozlari  hisoblanadigan  xomashyo,  ensrgtetika,  neft,  valyuta   inkirozlarni  kiritish  mumkin.  Ushbu  omillardan tashkari   biron-bir  davlatning  boshka  davlatlarga  nisbatan  olib  boradigan  davlat 
miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini  ham  kiritish  mumkin.  Biz  quyidagi  chizmada   inflyatsiyani  yuzaga chiqish  shakllarini  taxlil  etamiz.    Ushbu    chizma    tahlilidan    ko’rinib    turibdiki,  ipflyatsiya    asosan    uch  yo’nalishda    yuzaga    chikadi.    Birinchi    yo’nalishda maxsulotlar,    ishlar    va   ko’rsatiladigan    xizmatlarga    bo’lgan    narxlarni    asossiz  
ravishda    o’sib  ketishi  tufayli    pul    qadrsizlana    bopshaydi.     Buning  natijasida milliy  valyutaning  xarid  kilish  kobiliyagi    tushib   ketadi.  

 Ikkinchi    yo’nalishda, xorijiy  valyutalarga  nisbatan  milliy  valyutaning  kursi  pasayib  ketadi.  Buning  natijasida    xo’jalik    yurituvchi    sub’ektlar    va    mamlakat    aholisi  erkin muomaladagi  xorijiy  valyutalari   (AQSh  dollari,  evro,    shveytsariya  franki    va  boshqalarni)  jamg’ara  boshlaydi. 

 Uchinchi  yo’nalishda  oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan  narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o’rtasida oltinning to’planib kolishi amalga oshadi. 
Odatda  inflyatsiyani  ikki  xilga  talab  inflyatsiyasi  va  taklif  inflyatsiyasiga ajratiladi. 

Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni 


ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda 
kelib  chiqadi.  Ya’ni,  to’liq  bandlilikka  yaqin  sharoitda   iqtisodiyotning  ishlab chiqarish  imkoniyatlari    o’sib  borayotgan   yalpi    talabni  qondirolmaydi.  Ortiqcha talab  esa  real  tovarlar   narxining  ko’payishiga  iqtisodiy  bosim  beradi  va  talab 
inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan  ziyod pullar haddan  kam  tovarlarni  ovlaydi».  Talab  inflyatsiyasini  keltirib  chiqaruvchi  asosiy sabablar  aholining  ish  bilan  to’liq  bandligi   va  ish  haqining  oshib  borishi hisoblanadi.  Demak,  inflyatsiya  talab,  taklif,  ish  bilan  bandlik,  narx,  ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.  Iqtisod  pasayish  holatida  bo’lganda  mamlakatda   jami  talab  oshsa,  ishlab chiqarish  hajmi  ko’payadi,  ishsizlik   kamayadi,  narx  darajasi  esa  deyarli o’zgarmaydi  yoki  kam  miqdorda  o’zgaradi.  Narx  o’zgarmasligining  sababi shundaki  katta  hajmdagi     bo’sh  turgan  mehnat  va  xom  ashyo  resurlarini  shu o’zgarmas  narxda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish 
haqini  oshirishni  talab  qilmaydi,  uning  uchun  ishga  yollanishning   o’zi  kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. 
Bundan  tashqari,  narx  ishchi  kuchini  to’la  ish  bilan  bandligiga  erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida  bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq  jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga,  taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada  narx yana osha boshlaydi.

4. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakartimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lishi hamda Umumjahon savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog’liq. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi.


Download 48.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling