Mavzu : Qipchoq lahjasi o'rganilishi Mavlonberdiyeva Mohinur
Download 1.92 Mb.
|
Mavzu Qipchoq-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qipchoq lahjasi
Qipchoq lahjasiUlarni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari, Navoiy tili — chig‘atoy yozma me’yori bo‘lgan. Bu uch lahjaga mansub shevalar qachondan boshlab bu hududlarda tarqalgani borasida har xil qarashlar bor, lekin keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazilmagan hisob. Bugungi tilshunoslikda qipchoq shevalarining Movarounnahrga kirib kelishi XVI asr, Shayboniyxon bilan bog‘liq degan fikr hukmron. Qipchoq lahjasiShayboniyxon hamda uning davomchilari bilan kirib kelgan qabilalarni e’tirof etgan holda, bu hududlarda qipchoqcha gapiruvchi qabilalar oldindan bo‘lganini tan olish kerak. Bu masalani aniq hal etish uchun, albatta, tadqiqotlar zarur. Hozir esa bir-ikkita diqqatga sazovor faktni keltiraman. Xorazmda hukm surgan Anushteginiylar sulolasi Saljuqiylardan ajralib chiqish maqsadida Mang‘ishloq yarimorolida istiqomat qiluvchi qang‘li-qipchoqlar bilan ittifoq tuzadi. Turkman-qipchoq ittifoqi natijasida Xorazm siyosiy mustaqillikka erishadi va hatto qisqa muddat musulmon Sharqining eng yirik davlatlaridan biriga aylanadi. Shu jarayonda qipchoqlar katta miqdorda Xorazmga va Movarounnahrga joylashadi. Ular Xorazm davlatining harbiy elitasi sifatida mo‘g‘ullarga qarshi janglarda qatnashadi. Masalan, O‘tror hokimi Inolchiq, Xo‘jand hokimi Temur Malik qang‘li-qipchoqlardan edi. Ular xorazmshoh Muhammadning onasi — Turkon xotunning qarindoshlari edi. Qipchoq lahjasiTurkon xotunning yana bir qarindoshi — Tog‘ayxon Samarqandda 30 ming kishilik qipchoq qo‘shini bilan Chingizxonni kutib oladi. O‘zaro urush tugagach, qipchoqlarning katta qismi Yevropaga va Kavkazga qochib ketadi, qolganlari esa mo‘g‘ullar bilan siyosiy birlikni tashkil etadi. Qipchoq shevalari asosan Surxondaryo va Qashqadaryoda tarqalgan degan qarash juda mashhur. Toshkent va Farg‘ona vodiysi qipchoq shevalaridan xoli hudud deb qaraladi. Bunday qarash nafaqat xalq orasida, balki filologlar orasida ham uchrab turadi. Vaholanki, qipchoq shevalari O‘zbekistonning hamma mintaqalarida bor. Aslida bu masala o‘z vaqtida ba’zi tilshunoslar tomonidan yaxshi o‘rganilgan, lekin ularning tadqiqotlari bugun unutilganday, ularga kam murojaat qilishadi. Taniqli o‘zbek tilshunosi, qipchoq shevalarining eng yirik tadqiqotchisi Xudoyberdi Doniyorov 70-yillardayoq qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasini juda to‘g‘ri tavsiflab bergan edi. Quyida uning tavsifini o‘z kuzatishlarim bilan omixtalashtirib, qipchoq shevalari qayerlarda qayd etilgan. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling