Mavzu : Qipchoq lahjasi o'rganilishi Mavlonberdiyeva Mohinur


Download 1.92 Mb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1452817
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Qipchoq-WPS Office

Qipchoq lahjasi


Ularni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari, Navoiy tili — chig‘atoy yozma me’yori bo‘lgan.

Bu uch lahjaga mansub shevalar qachondan boshlab bu hududlarda tarqalgani borasida har xil qarashlar bor, lekin keng miq­yosli tadqiqotlar o‘tkazilmagan hisob. Bugungi tilshunoslikda qipchoq shevalarining Movarounnahrga kirib keli­shi XVI asr, Shayboniyxon bilan bog‘liq degan fikr hukmron.

Qipchoq lahjasi


Shayboniyxon hamda uning davomchilari bilan kirib kelgan qabilalarni e’tirof etgan holda, bu hududlarda qipchoqcha gapiruv­chi qabilalar oldindan bo‘lganini tan olish kerak. Bu masalani aniq hal etish uchun, albatta, tadqiqotlar zarur. Hozir esa bir-ikkita diqqat­ga sazo­vor faktni keltiraman.

Xorazmda hukm surgan Anushteginiy­lar sulolasi Saljuqiylardan ajralib chiqish maqsadida Mang‘ishloq yarimorolida istiqomat qiluvchi qang‘li-qipchoqlar bilan ittifoq tuzadi.
Turkman-qipchoq ittifoqi natijasida Xorazm siyosiy mustaqillikka erishadi va hatto qisqa muddat musulmon Sharqining eng yirik davlatlaridan biriga aylanadi. Shu jarayonda qipchoqlar katta miqdorda Xorazmga va Movarounnahrga joylashadi. Ular Xorazm davlatining harbiy elitasi sifatida mo‘g‘ullarga qarshi jang­larda qatnashadi. Masalan, O‘tror hokimi Inolchiq, Xo‘jand hokimi Temur Malik qang‘li-qipchoqlardan edi. Ular xorazmshoh Muhammadning onasi — Turkon xotunning qarindoshlari edi.

Qipchoq lahjasi


Turkon xotunning yana bir qarindoshi — Tog‘ayxon Samarqandda 30 ming kishilik qipchoq qo‘shini bilan Chingizxonni kutib oladi.

O‘zaro urush tugagach, qipchoqlar­ning katta qismi Yevropaga va Kavkazga qochib ketadi, qolganlari esa mo‘g‘ullar bilan siyosiy birlikni tashkil etadi.
Qipchoq shevalari asosan Surxon­daryo va Qashqadaryoda tarqalgan degan qarash juda mashhur.

Toshkent va Farg‘ona vodiysi qipchoq shevalaridan xoli hudud deb qaraladi. Bunday qarash nafaqat xalq orasida, balki filologlar orasida ham uchrab turadi. Vaholanki, qipchoq shevalari O‘zbekistonning hamma mintaqalarida bor.
Aslida bu masala o‘z vaqtida ba’zi tilshunoslar tomonidan yaxshi o‘rganilgan, lekin ularning tadqiqotlari bugun unutilganday, ularga kam murojaat qilishadi. Taniqli o‘zbek tilshunosi, qipchoq shevalarining eng yirik tadqiqotchisi Xudoyberdi Doniyorov 70-yillardayoq qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasini juda to‘g‘ri tavsiflab bergan edi. Quyida uning tavsifini o‘z kuzatishlarim bilan omixtalashtirib, qipchoq shevalari qayerlarda qayd etilgan.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling