Mavzu : Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 0.93 Mb.
bet3/8
Sana14.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1702835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu qisqa muddatli kredit

Tijorat banklarida yosh oilalarni imtiyozli asosda kreditlash tartibi2. YOsh oila - er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).
Mikrokredit - yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag‘laridir.
Tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan yosh oilalarni quyidagi imtiyozli shartlar asosida kreditlaydi:
- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;
- yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
- yosh oilalarga beriladigan moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
YOsh oilalarga mikrokreditlarni berish tartibi. YOsh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
- mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki sarmoyasini shakllantirish uchun;
- yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi. Davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan yosh oilalarga imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha mikrokreditlar beradi3.
Davlat maqsadli jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tushuniladi.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ekt larini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lardir.
Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar:
- chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish;
- mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash;
- hunarmandchilikni rivojlantirish;
- kasanachilikni tashkil etish;
- xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:
- kam ta’minlangan oilalar a’zolari;
- tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari bo‘lgan oilalar;
- tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a’zolari bo‘lgan oilalar;
- boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a’zolari;
- yosh oilalarning a’zolari.
Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ariza;
- qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari prognozi ko‘rsatilgan biznes-rejasi;
- tegishli davlat soliq inspeksiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);
- 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari;
- kredit summasiga mos shartnoma (mol etkazib beriuvchi va pudratchilar bo‘yicha) nusxalari;
- kredit ta’minoti (mol-mulk garovi; bank yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati; uchinchi shaxs kafilligi; qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi kabilardan birini).
Mikrokredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu mikrokredit bo‘yicha o‘z qiymatining 80 foizi miqdorida garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining ta’minoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda, kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega
Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi o‘rtasida 3 nusxada tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur shartnomaning oxirgi varag‘iga kafillik qabul qilinganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling