Mavzu : Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 0.93 Mb.
bet4/8
Sana14.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1702835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu qisqa muddatli kredit

Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga doir ipoteka kreditlarini berish tartibi. Ipoteka krediti - yosh oilalarga sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kreditdir "Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizom".
Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
- yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
Ipoteka kreditlari yosh oilalarga 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Bunda, yosh oilalar vositachilik haqini to‘lamasdan kreditni muddatidan oldin qaytarishi hamda unga hisoblangan foizlar to‘lovini muddatidan oldin amalga oshirishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qat’i nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
- yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;
- yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi. Kichik tadbirkorlik sub’ekt lari ya’ni, sifatida yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob’ekt lari hisoblanadi4.
Kichik tadbirkorlik sub’ekt larga kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
- qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha.
Kichik tadbirkorlik sub’ekt lari ham boshqa korxonalar singari bankka yuqoridagi (kredit paketi) hujjatlarni taqdim etiladi.
Mijozlar kredit olish uchun kredit bo‘limiga belgilangan tartibda hujjatlar paketini topshiradi. Kredit bo‘limi mijozning kredit paketi o‘rganib chiqib, uning to‘lov qobiliyatini tahlil etadi. To‘lov qobiliyati talabga javob berganda, kredit olish uchun ijobiy xulosa yozadi va uni kredit qo‘mitasiga taqdim etadi. Kredit qo‘mitasi tuzilgan komissiyasi tarkibida ushbu masalani ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. Agar kredit ajratish uchun qaror qabul qilinganda, ushbu qaror kredit bo‘limiga beriladi.
Kredit bo‘limi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma bank huquqshunosi tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, ikki tomonlama imzolanadi va muhr qo‘yiladi.
Tomonlar o‘rtasida tuzilayotgan kredit shartnoma shartida kreditlash yo‘li oldindan kelishib olinadi.
Kredit yo‘li deganda - bu mijoz bilan bank o‘rtasida belgilangan summada qarzlar turkumini berish to‘g‘risida tuzilgan kelishuvidir.
Kredit yo‘lini ochishda bank tomonidan kreditlash limiti belgilanadi. SHu limit doirasida kredit berishda bank bilan qo‘shimcha muzokaralar olib borish talab qilinmaydi. Kredit yo‘lining ochilishi shuni bildiradiki, mijozga etkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank kredit summasi doirasida mijozning hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha pul to‘laydi. SHu bilan birga, bank pulni hujjatlar topshirilgan kuni to‘lashga majbur. Kredit o‘z vaqtida berilmaganligi va mijozning tovar etkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni kechikib amalga oshirilganligi uchun bank javobgar hisoblanadi.
Kredit shartnomasida kredit yo‘li ikki usulda: ochiq liniyali va yopiq liniyali tarzda tuziladi.
Agar ochiq liniyali kredit shartnomasi orqali mablag‘ berilganda, mijoz tomonidan so‘ralgan kredit summaning ma’lum qismi uchun mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnoma nusxalari bankka taqdim etiladi va kredit shartnomasidagi summa bankdan bo‘lib-bo‘lib (mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnoma nusxalari topshirilgan vaqtda) chiqariladi. Kredit uchun hisoblangan foizlar ham bankdan berilgan kundagi summalar bo‘yicha alohida hisoblanadi. Bunday hisobvaraqdan kredit berish bir necha marta kredit berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar yopiq liniyali kredit shartnomasi orqali mablag‘ berilganda, mijoz tomonidan so‘ralgan kredit summa uchun to‘liq shartnoma nusxalari (mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuzilgan) bankka taqdim etiladi va o‘sha kunning o‘zida kredit shartnomasidagi summasi to‘liq bankdan chiqariladi. YOpiq liniyali kredit shartnomasida foizlar bir vaqtda to‘liq hisoblab boriladi. Bunday hisob varaqdan kredit berish bir marta kredit berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday kreditning har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi.
Kredit bo‘limi tomonidan bosh buxgalterga ssuda hisobvarag‘ini ochish va kredit berish (summasi, muddati va foiz stavkasi), qarzdorning majburiyati va kredit ta’minotini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga kirim qilish bo‘yicha farmoyish beradi. Farmoyishga muvofiq, mijozga alohida maxsus ssuda (kredit) hisobvarag‘i ochiladi.
Ayrim holatlarda kredit olish uchun alohida kredit yo‘lini ochmasdan kreditlashning boshqaa usullaridan foydalaniladi. Ular overdraft yoki kontokorent shaklda namoyon bo‘ladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling