Yelin o‘lchamlar quyidagidan kam bo‘lmasligi shart, sm:
Sigirlarni baholashda ularning podani to’ldirish hisobga olinadi, unda sigirlar hayoti davomida olingan buzoqlar soni bilan belgilanadi. Bu esa xo’jalikda sut va go’sht yetishtirishni ko’paytirish muhim omil bo’lib hisoblanadi. Sigirlarni avlodlarining mahsuldorligi bo’yicha baholash naslchilik xo’jaliklari, tovar xo’jaliklarining naslchilik fermalarida hayvonlar qator va oilalar bo’yicha urchitganda shart hisoblanadi. Ayniqsa buqa olish uchun ajratilgan sigirlarni baholashga alohida e’tibor berish kerak. Unda sigirlarning kelib chiqishi,mahsuldorligi va otalarning avlodlarining mahsuldorligi bo’yicha baholanganligi e’tiborga olinadi. Bunday sigirlarga alohida buqalar bilan maqsad asosida juftlanadi. Juftlash natijasida ma’lum mashxur qatorlarga xos buqachalar olinishi maqsad qilib qo’yadi. Bunday buqachalar maxsus eleverlarda o’stirilib to’liq tekshirishdan o’tkazilgandan keyin kochirishda keng foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |